|
Mavzu: Abdulla Qahhor hikoyalarida xalq tasviri mundarija kirish kurs ishining umumiy tavsifi I bob abdulla qahhor XX asr adabiyotining yirik vakili
|
bet | 5/7 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 52,21 Kb. | | #160700 |
Bog'liq 1111111111 vvvhar yurakning bir bahori bor,
har bir qalbga ishq bo‘lar mehmon.
har yurakda gullar muhabbat,
Bo‘ston etar uni begumon.
Lekin Layli boshiga kelgan
Qora kunlar bizga yot bugun.
Bizga yotdir Shirin baxtini
Ko‘rinadiki, har bir qalbda ishq gullarkan, yurak bo‘stonga aylanadi. Shuning uchun ham Layli boshiga kelgan, Shirin baxtini paymol etgan qora kunlar o‘tmishga aylangan, degan fikrni Xodi Toqtosh asaridan keltirilgan parcha yanada ta’sirdor qiladi, ishonchni oshiradi. “Yozuvchi yolg‘onni to‘qiydi-yu, haqiqatni yozadi”, - degan hikmatni guyo isbotlaydi.
3. Lirik chekinish. San’atkor asarida yaratayotgan syujet voqealaridan ba’zida o‘zi ham ta’sirlanib ketadi, qalbida tug‘yonlar, hislar, fikrlar quyulib kelaveradi. Shu jarayonda syujet voqealarini to‘xtatadi-da, ana shu kechinmalarni ifodalaydi. Bu holat – lirik chekinishni keltirib chiqaradi. Lirik asar – shoir kechinmalarining ifodasi, dramatik asarda muallif nutqi ishtirok etmasligini hisobga olsak, lirik chekinishlar liro-epik asarlarda uchraydi. Jumladan, hamid Olimjonning “Zaynab va Omon” dostonida Omon o‘z qismatini, tarixini so‘zlar ekan, dunyo ona mehri bilan to‘liq va ulug‘ligini, ona va farzand o‘rtasidagi sevgining buyukligini ta’kidlaydi. Ana shu tushunchalarning beg‘uborligini, samimiyligini, jonga jon solib asrashligini ta’kid qilish, unga yana bir isbot keltirish uchun shoir lirik chekinishga yo‘l qo‘yadi:
Gul ochilar bahor chog‘ida
Va to‘lishar ona bog‘ida.
Ona sevmas farzand topilmas,
Farzand yo‘qdir onani sevmas.
Farzand guldir, ona bir bo‘ston,
Shuning bilan jahon guliston.\
Ana shundan so‘ng Omon qismati – uning onasiz yolg‘iz o‘tgani, zaqqumlar yutgani, ona allasiga intizor bo‘lgani, ona tovushiga zorligi tasvirlanadi. Bu tasvirni lirik chekinish yanada aniqroq va to‘liqroq his etishga kitobxonni tayyorlaydi va shu xislati bilan asar g‘oyasini ta’sirchanligiga hissa qo‘shadi, asardagi olamni – busbutun bo‘lishiga kichkina, lekin zarur ko‘makni (“Arqonga qil quvvat”dir) beradi.
Lirik chekinishning yana bir ko‘rinishida – san’atkorlar personajlarning xatti-harakatlari va xarakterlariga beriladigan baholarini ochiq ifoda qiladilar. Bunda ham ob’ektivlik qonuni saqlanadi, ya’ni ularning faoliyatiga yozuvchi aralashmaydi. Faqatgina bergan bahosi orqali qahramonlar qalbidagi hokim kuch (g‘oya)ni eslatish (ta’kid etish) orqali – kitobxonni yangi voqealarga tayyorlaydi, voqealar mazmuniga alohida diqqat qilishga yetaklaydi. Buning isboti “O‘tgan kunlar”dagi Otabek-Kumush-Zaynab munosabatlarida ham ko‘rish mumkin:
“Birinchisini tavsif qilib ko‘rsatish nechukkim biz shu o‘ringacha ko‘p qog‘ozlarni qoralab kelamiz, o‘qug‘uchini ham zeriktirmay orqamizdan ergashtirgandek bo‘lamiz, chunki Otabek va Kumush ishqlarida samimiyat, yana to‘g‘risi she’riyat bor edi. Ikkinchi masala ustiga o‘tib tahlil qilmoqchi bo‘lsaq, Otabekda majburiyatdan boshqa hyech gap topolmaysiz, topqan bilan o‘qug‘uchig‘a qiziqarliq bir narsa chiqmaydir. Qahramonimizning hozirgi “majburiyati” sabablarini muhtaram o‘qug‘uchilar yaxshi his etsalar ham biz bir daraja o‘z tomonimizdan ularni sanab ko‘rsatamiz...” (“O‘tgan kunlar. Mehrobdan chayon”, 339-bet).
Ushbu chekinish ham qahramonlarda mujassamlashgan iroda yo‘nalishini yanada aniqlashtiradi, oldingi voqealar bilan keyingi voqealarni o‘zaro bog‘laydi, kitobxonga ma’lum muddat dam beradi va qiziqishini yana bir bahya ko‘paytiradi. Bularning barchasi – yaxlit olam (roman)dagi g‘oyaviy maqsadni sezadigan darajada jonlantiradi (badiiylashtiradi). Lirik chekinish ham kompozitsiyada zarur vosita ekanligini – yaratuvchan qudratga egaligini isbotlaydi.
4. Qistirma epizod. Syujet yo‘nalishiga bevosita aloqador bo‘lmagan, ammo asar g‘oyaviy mazmunini ko‘p tarmoqli qiladigan, uni bilvosita chuqurlashtiradigan va yangi taqdirlar misolida ta’kidlaydigan qo‘shimcha voqea – qistirma epizod sanaladi. “O‘tgan kunlar”dagi usta Alim va Saodat, Toshkandning mashhur Qovoq devonasi bilan bog‘liq voqealar – qistirma epizodlardir.
Jumladan, romandagi “o‘z zamonasining mashhur devonasi” – Qovoq devona “qiziq harakatlari va tutal so‘zlari” bilan hammani o‘ziga qizziqtiradi. Kalaka qilg‘uvchi ermakchalar “uning yoshi mishig‘iga, mishig‘i tupigiga qo‘shilib yig‘lashi”ni tomosha qilardilar. Ayni paytda “Xon zamonlarida och qoringa sorimsoq yeb, ko‘kchoy ichishdan zerikkan kishilar choyxonada o‘tirar ekanlar, devonaning qovoqlari kasbini ayttirish orqali davrdan, davrning ulug‘lari ustidan kuladilar:
“Qovoq devona belidagi qovoqlardan bitta egri maymog‘ini ko‘rsatib: - Manov Musulmon cho‘loq, - dedi, uning yonidagi kichkina tomosha qovoqni turtib : - Bunov, Xudoybachcha (Xudoyorbachcha), - dedi. Suv qovog‘ini erkalab “Nor kalla” - (Normuhammad Qushbegi), - dedi. Qolgan ikkita silliq qovoqchalarni “nos qovoq, yupqa tomoq”, - deb qo‘ydi. Ermakchilar kulishdilar”(154-bet).
Birinchidan, xalqning bunchalik abgorligini Qovoq devona hayoti, holati, u harakat qilayotgan sharoit isbotlab, u davrning eng kir, qora kunlar ekanligiga sha’ma qilsa, ikkinchidan, Qovoq devona va uning to‘ydan olgan belbog‘i voqeasi orqali “ko‘z og‘rig‘i”, “qorategin”, “yuziga chechak chiqqan” odam (homid) Otabekning yolg‘iz o‘g‘il ekanini, toshkandlik qizga uylanganini bilab oladi, ana shu g‘oyaviy yukni bajargandan so‘ng Qovoq devona roman sahnasida boshqa ko‘rinmaydi.
5. Badiiy qoliplash. Bosh voqea doirasi ichida, unga g‘oyaviy mazmun va kompozision jihatdan bog‘lab turli mustaqil voqealarni tasvirlash usuli – badiiy qoliplash deb yuritiladi. Mashhur “Ming bir kecha”, A.Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostoni, A.Muxtorning “Chinor” romani bu usulning yaqqol misollaridir.
Jumladan, Alisher Navoiy dostonidagi bosh voqea – shoh Bahrom va uning sevgilisi Dilorom sarguzashti. Uning qisqacha syujeti shunday:
Shoh Bahrom go‘zal Diloromga ishq qo‘yadi. Ishq va mayga beriladi. Bir ohuni kamon bilan otib yiqitadi. Uning ustaligiga (mahoratiga) tahsin o‘qimagani uchun Diloromni kiyiklar uyasiga tashlaydi... hushyor tortgach, qilgan ishiga pushaymon bo‘ladi, Diloromni istab biyobonga boradi, biroq uni topolmasdan, o‘zidan ketadi. Dilorom hajrida devona bo‘ladi. Uning savdoyiligini daf qilish uchun yetti go‘zal qasr bino qiladilar. haftaning har kuni Bahrom bir qasrda bir musofirning afsonasini tinglaydi. (I- kecha: Farruh va Axiy qissasi; II- kecha: Zayd qissasi; III- kecha: Sa’d qissasi; IV- kecha: podshoh Jo‘na va Ma’sud qissasi; V- kecha: Navdar va Mehr qissasi; VI- kecha: Muqbil va Mudbir qissasi; VII- kecha: Xorazmlik sozanda qissasi). Oxirgi qissadan Dilorom Xorazm mamlakatida ekanini bilgach, uni chaqirtiradi, o‘luk tanga ruh kiradi. U murodiga yetgach, shunday katta ov uyushtiradiki, “yuz ariq qon oqib, har bir ariq yer yuzini balchiqqa, ot oyog‘i esa, u yerlarni botqoqqa aylantirib turganda, osmondan yomg‘ir ham quyaversa, yoqqanda ham shunday yog‘saki, yomg‘irni olam xalqi ustiga daryo” kabi oqizsa-da, falak undan hijolatga qolsa, odam qayerda qimirlasa, o‘sha yer cho‘kadigan bo‘lsa, bu paytda el ulus o‘z hayotidan ko‘zini yumsa ayb emas. Nihoyat, shu aytganlarimizning hammasi bir bo‘lib, bir damda ov qilayotgan odamlarning barchasini yer yutib, nobud qildi-qo‘ydi”. Shoh Bahrom fojeasi shunday ajablanarli tugadi.
6. Asar annotasiyasi (lat. Annotacio-xabar ma’lumot). Unda asarning qisqacha xarakteristikasi beriladi: uning mazmuni, ahamiyati juda siqiq tarzda bayon qilinadi. Ba’zida asarning qaysi kitobxonlarga mo‘ljallangani ham aytiladi.
Asar annotasiyasi, asosan, muayyan asar titul varag‘ining ikkinchi betida joylashadi. Asar annotasiyasi (qisqa qaydlar yoki ma’lumotlar) hamma asarlarda ham bo‘lishi shart emas. Lekin agar bo‘lsa, u kitobxonni asarni o‘qishga yetaklashi lozim.
Jumladan, Pirimqul Qodirovning “Ona lochin vidosi” (2001) tarixiy romaniga shunday annotasiya berilgan: “Romanning “Jahon adabiyoti” jurnalida bosilgan birinchi qismi o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Yangidan yozilgan ikkinchi qismida Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiydek buyuk siymolarga mehrini bergan fidoiy ona – Gavharshod begimning fojeaviy taqdiri tasvirlanadi.
Ma’rifatli ona umrining oxirigacha adolat uchun jasorat bilan kurashadi. Iste’dodli yoshlarni tarix sahnasiga chiqishlariga ko‘maklashadi.”
Ko‘rinadiki, tarixiy roman voqealari Gavharshod begim bilan, uning adolat yo‘lidagi jasorati va fojeasi bilan bog‘liq. U tarixda qanday kechganini bilishga qiziqishingiz ortadi va romanni varaqlashga ishtiyoqingiz uyg‘onadi. Mana shu xislati bilan u asar arxitektonikasida tashkil qiluvchilik, qiziqtiruvchilik vazifasini bajaradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Abdulla Qahhor hikoyalarida xalq tasviri mundarija kirish kurs ishining umumiy tavsifi I bob abdulla qahhor XX asr adabiyotining yirik vakili
|