• Kurs ishining metodologik asosi va metodlari
  • Kurs ishining tarkibi.
  • Mavzu: Abdulla Qahhor hikoyalarida xalq tasviri mundarija kirish kurs ishining umumiy tavsifi I bob abdulla qahhor XX asr adabiyotining yirik vakili




    Download 52,21 Kb.
    bet2/7
    Sana22.02.2024
    Hajmi52,21 Kb.
    #160700
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1111111111 vvv

    Ishning maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi Abdulla Qahhor hayoti va ijodini o‘rganish, uning hikoyalaridagi kompozitsion xususiyatlarni tahlil qilish. Kurs ishining vazifalari quyidagilar:

    • Abdulla Qahhor hayot va ijod yo‘lini o‘rganish;

    • Badiiy asar kompozitsiyasini o‘rganish;

    • Abdulla Qahhor hikoyalarini tahlil qilish;

    • Adib hikoyalaridagi kompozitsion xususiyatlarni o‘rganish;

    • O‘rganilgan mavzu yuzasidan xulosalar chiqarish.

    Kurs ishining metodologik asosi va metodlari: O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimovning milliy mafkura, milliy g‘oya, va ma’naviy qadriyatlarga doir nazariy asarlari ustuvor manba bo‘lib xizmat qiladi. R.Orzibekov I. Rajabova, H.Boltaboyev, O.Sharafiddinov, M. Qo‘shjonov, Q. Yo‘ldoshev va boshqa yirik adabiyotshunos olimlarning ilmiy-nazariy adabiyotlardagi qarashlari va ularning ilmiy-nazariy qarashlariga tayanilib yozilgan asarlar.
    Kurs ishida sharhlash, izohlash, qiyosiy va tahliliy metodlardan va turli xil maqolalardan foydalanildi.
    Kurs ishining tarkibi. Kurs ishi kirish, 2 bob, unga tegishli fasllar, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib 34 betni tashkil qiladi.

    I BOB ABDULLA QAHHOR XX ASR ADABIYOTINING YIRIK VAKILI
    I.1. Abdulla Qahhor hayoti va ijodi
    Abdulla Qahhor "Ozgina o‘zim haqimda" deb nomlangan maqolasida "Men 1907-yil kuzda, chorshanba kuni 17-sentabrda Qo‘qonda Ko‘mir bozori mahallasida tug‘ilganman" deb yozadi.
    Uzluksiz ko‘chib yurganligidan Abdulla durustroq o‘qiy olmadi. Dastlab bir otinoyi qo‘lida savodini chiqaradi. Keyinroq Qo‘qon yaqinidagi Oqqo‘rg‘on qishlog‘iga ko‘chib kelganlarida yangi usulda maktab ochgan Muhammadjon qori qo‘lida ta’lim oladi. A.Qahhor ustozi haqida iliq fikrlar bildirganidek, o‘qituvchi Muhammadjon qori ham o‘z shogirdi Abdulla Qahhor haqida yaxshi gaplarni aytib,uning o‘rtoqlari orasida qiziquvchanligi va salohiyati bilan ajralib turishini aytadi. "O‘tmishdan ertaklar"da ta’kidlashicha, Abdulla Qahhor bu maktabga kirganda "Ovozi endigina do‘rillay boshlagan" payt edi. Keyin bu maktabdagi o‘quvchilar "Istiqbol" deb nomlangan maktab-internatga o‘tkazildi. A.Qahhorning aytishicha, bu maktabdan dorilmualliminga bir qadam edi. Shuning uchun u maktab internatni tamomlagach, Qo‘qon shahrida ochilgan o‘zbek bilim yurtiga kirib o‘qishni davom ettirdi. Bilim yurtiga o‘sha davrning mashhur shoirlari Cho‘lpon, Hamza, Rafiq Mo‘minlar tez-tez kelib turardilar. 1925-yilda Toshkentga ko‘chib keldi. 1927-yili O‘rta Osiyo davlat universitetining ishchilar fakultetiga o‘qishga kiradi. 1929-yilda tamomlab, Qo‘qonga qaytadi va "Yangi Farg‘ona" gazetasida mas‟ul kotib bo‘lib ishlaydi. Ikki yildan keyin yana Toshkentga kelib, universitetning pedagogika fakultetiga kiradi. Universitetni tamomlab O‘zbekiston Fanlar komitetiga qarashli Til va adabiyot institutida ishlaydi. 1954-56-yillarda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasini boshqardi. Uzoq yillar uyushma qoshidagi nasr bo‘limida adabiy maslahatchi bo‘lib, o‘nlab iqtidorli yoshlarni muqaddas adabiyot dargohiga olib kirdi. Said Ahmad, Anvar Muqimov, Uchqun Nazarov, O‘lmas Umarbekov, O‘tkir Hoshimov, Shukur Xolmirzayev kabi adiblar A.Qahhorning shogirdlari edilar.
    1967-yilda 60 yilligi munosabati bilan unga "O‘zbekiston xalq yozuvchisi" degan yuksak unvon berildi. Oradan 6 oy o‘tar-o‘tmas og‘ir xastalik tufayli Moskvada 1968-yil 25-mayda vafot etdi.
    A.Qahhorning birinchi kitobi "Qishloq hukm ostida" 1932-yilda bosilib chiqdi. Bu kichik qissa bo‘lib, unda kolxoz tuzilishi va unga fidoyi yangi jamiyat kishisi obrazi yaratilgan.1932-yilda uning birdaniga 2 hikoyalar to‘plami e’lon qilindi. Ko‘p o‘tmay, "Sarob" romani yaratildi. Qisqa muddatda Gorkiyning "Mening universitetlarim", F.Gladkovning "Olovli ot", M.Shaginiyaning "Gildrosentral", A.Serafimichning "Temir oqim", I.Lening "Tog‘lar orasida" kabi yirik asarlarini, Chexov hamda Gogolning hikoyalari va qissalarini tarjima qildi. A.Qahhorning 30-yillarda yaratgan "O‘g‘ri", "Bemor", "Anor", "Ming bir jon", urush yillarida dunyoga kelgan "Asror bobo", "Kampirlar sim qoqdi", adibning nomini mangulikka daxldor qilgan "Dahshat", "Nurli cho‘qqilar" hikoyalari umumadabiyotimizning oltin xazinasidan mustahkam o‘rin olgan. Urushdan keyin A.Qahhor "Qo‘shchinor chiroqlari" romanini, "Oltin yulduz", "Sinchalak", "O‘tmishdan ertaklar", "Muhabbat" qissalarini yaratdi. Yozuvchining 80 yilligi munosabati bilan uning umr yo‘ldoshi Kibiryo Qahhorova tugallanmagan "Zilzila" nomli qissasini ham topib e’lon qildi... A.Qahhor dramaturg sifatida ham o‘zbek kitobxoniga yaxshi tanish. U hammasi balib, 4 ta drama yozgan. Hammasi kamediya janriga xos. Lekin ularning 2 tasi - "Shohi so‘zana" bilan "Ayajonlarim" lirik, "Og‘riq tishlar" bilan "Tobutdan tovush" satirik komediyadir. "Shohi so‘zana" ("Yangi yer") pesasi uchun Davlat mukofoti, "O‘tmishdan ertaklar" qissasi uchun Hamza nomidagi respublika davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan.
    Abdulla Qahhor 4 qissasi "O‘tmishdan ertaklar"dan ayrim parchalar o‘rta ta’lim maktabi dasturiga kiritilgan. Bu qissada ham kechagi kun voqealariga Chexov ko‘zoynagi bilan qaraydi. Unda tasvirlangan hamma voqealar fojeali, o‘tmishdan yaxshilik unsurlarini topib bo‘lmaydi. Bu albatta, hozirgi kun o‘quvchisida katta e’tiroz tug‘diradi. Bunday e’tiroz o‘sha paytda ham aytilgan. Bunga izoh berib yozuvchi asarning "Bir-ikki so‘z" deb atalgan muqaddimasida "Men kitobni "O‘tmishdan lavhalar"deb atamoqchi edim, mayli, shularning ham ko‘ngli to‘lsin,
    kitobni "O‘tmishdan ertaklar" deb atay qolay" deb ta’kidlaydi. Qissa 1965- yilda nashr qilingan. Asarning asosiy qahramoni usta Abduqahhor. U tirikchilik vajidan qishloqma-qishloq ko‘chib yuradi, har xil odamlarni ko‘radi, turli voqeahodisalarga duch keladi. Bularni hikoya qilish yosh Abdulla zimmasiga yuklangan. Abdulla ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni kuzatuvchigina xolos. Ularda faol ishtirok etmaydi, ko‘rgan, eshitgan voqealarni bayon etuvchi hikoyachigina xolos. Shu jihatdan ayrim ilmiy manbalarda qayd etilganidek,
    "O‘tmishdan ertaklar" avtobiagrafik qissa emas. Avtobiagrafik qissaning janr xususiyatlarini yanada chuqurroq anglab olish uchun siz Oybekning "Bolalik" qissasi bilan taqqoslab ko‘ring. "Muhabbat" qissasi yozuvchining so‘nggi nidosi bo‘lib qoldi. "Muhabbat" nomiga yarasha yoshlarning bir-biriga ko‘ngil qo‘yishi, izhori dil qilishi emas. To‘g‘ri, ota-onasi yoshligida o‘tib ketgan Anvar bir marta turmush ko‘rgan Muhayyoga o‘rganib qoladi. Ammo u buni boshqalar o‘ylagandek, sevgi deb bilmaydi. Bu haqda uning o‘zi shunday deydi: "Men Muhayyoni sevamanmi, yo‘qmi, bilmayman. Ammo men hayotda Muhayyo degan insonga muhtojman". Demak, asarda sevgidan ham ulug‘roq insoniy mehr- oqibat tasvirlanadi.
    Abdulla Qahhordan 2 roman qoldi. Uning eng ko‘p shov-shuvga sabab bo‘lgan asari "Sarob" romanidir. Roman O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilganining 10 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tanlovda 2-mukofotga sazovor bo‘lgan.
    1947-yilda Abdulla Qahhor "Qo‘shchinor" deb nomlangan ikkinchi romanini e’lon qildi. Roman voqealari mamlakatdagi kolxozashtirish siyosatiga bag‘ishlangan. Unda Siddiqjon ismli yigitning kolxozga kirgach, baxtli va farovon turmushga erishishi ifodalanadi. Albatta, davr talablaridan kelib chiqib, adib kolxozlashtirish jarayonida kommunistlarning rolini bo‘rytirib ko‘rsatishg urindi. Siddiqjon raykom kotibi Ahmedov, qishloq sovetining raisi Samandarov, kolxoz partiya tashkilotining kotibi O‘rmonjon, viloyat vakili Safarovlarning ko‘magi bilan Zunnunxo‘janing tuzoqlaridan qutulib, ilg‘or kolxozchiga aylanadi. Biroq baribir bu roman haqida ham uzoq va jiddiy tortishuvlar ro‘y berdi. Natija shunday bo‘ldiki, roman g‘oyaviyay jihatdan zararli, tarixiy voqelik buzib ko‘rsatilgan deb uzil-kesil xulosa chiqarildi. Yozuvchi romanni zararli g‘oyadan tozalash, "buzilgan" tarixiy voqelikni haqiqatga yaqinlashtirish uchun uch yil qayta ishladi va 1951- yilda "Qo‘shchinor chiroqlari" nomi bilan nashr ettirdi. Lekin roman baribir, mukammallik pog‘onasiga ko‘tarila olmadi. Undan hatto muallifning o‘zi ham qoniqmadi.
    Urushdan keyingi yillardi A.Qahhor dramaturgiyada ham ijod qilishga kirishdi. 1949-yili "Yangi yer yoxud shohi so‘zana" nomli pyesasini yaratdi. A.Qahhorning 1967-yilda yaratilgan "Ayajonlarim" pyesasi ham lirik komediya janriga xosdir. Bu drama ham ko‘tarilgan muammosi va konflikti bilan "Shohi so‘zana"ni eslatadi. Unda ham bolalarning muhabbati, o‘zgacha yashashga intilishi, axloqiy qarashlariga kattalarning munosabati va uni qabul qilish-qilmasliklari ifodalanadi. "Shohi so‘zana"dan farqli o‘laroq, "Ayajonlarim"da komik vaziyat butun asarni qamrab turadi. Buning bosh sababchisi Bo‘ston buvidir. U o‘z o‘g‘li Karimjonni juda baxtli bo‘lishini xohlaydi, o‘zining ko‘nglidagi qizni olib berib, ularning huzurida yayrab-yashnab yashashni orzu qiladi. Biroq bolasi tushmagur u aytgan qizga uylanmaydi, uyga tayyor kelin - Umidani olib keladi. Asar markazida ana shu mashmasha turadi va muammo yoshlar foydasiga ijobiy hal bo‘ladi. Bo‘ston buvi timsolida muallif o‘zbeklarning bag‘ri keng, mehribon onalarning tipik xarakterini berolgan. Shu jihatdan ham bu drama "Shohi so‘zana"dan ham ko‘proq mashhur bo‘ldi. Agar "Shohi so‘zana" bilan "Ayajonlarim"da yumoristik kulgi ustun tursa, "Og‘riq tishlar" bilan "Tobutdan tovush" satirik komediyalar sifatida maydonga keldi. Demak, A.Qahhorning barcha dramalari dramatik turning komediya janrida yaratilgan: ikkitasi lirik, ikkitasi satirik komediyadir.
    Satirik komediyalarida muallif qalamga olgan muammoni hayot sahnasidan qo‘porib tashlashni maqsad qilib quyadi. "Og‘riq tishlar"da oila taqdiri asar markaziga qo‘yilgan bo‘lsa, "Tobutdan tovush" da undan ham muhimroq bo‘lgan muammo – jamiyatni chirishga olib keluvchi illat poraxo‘rlik qoralanadi.
    Ko‘rinadiki, A.Qahhorning har bir asari janridan va hajmidan qat‟iy nazar, xoh ijobiy, xoh salbiy ma’noda adabiy jamoatchilikning e’tiboridan chetda qolmagan. Lekin hayotiy ildizlari mustahkam bo‘lganligildan ular tanqid toshbo‘ronlariga bardosh berib, to‘siqlardan hatlab yashab kelmoqda. Adabiyot atomdan kuchli ekan, uning kuchini o‘tin yorishga emas, balki umuminsoniy muammolarni yoritishga sarflangani uchun ham Abdulla Qahhor buyuklik pog‘onasidan joy olib turibdi. O‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Abdulla Qahhor ”O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoniga, mustaqillik yillari davrida esa ”Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan. 2007-yilda el sevgan yozuvchining 100 yilligi keng nishonlandi.

    Download 52,21 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 52,21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Abdulla Qahhor hikoyalarida xalq tasviri mundarija kirish kurs ishining umumiy tavsifi I bob abdulla qahhor XX asr adabiyotining yirik vakili

    Download 52,21 Kb.