|
O`zbek tili va adabiyoti” fakulteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi
|
bet | 1/9 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 60,38 Kb. | | #150391 |
Bog'liq Gap boʻlaklari (2)
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA`LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“O`ZBEK TILI VA ADABIYOTI” FAKULTETI
O`ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
5111200-O`zbek tili va adabiyoti yo`nalishi
302-guruh talabasi
Ergashaliyeva Mushtariyning “Gap boʻlaklari” mavzusidagi
KURS ISHI
Himoyaga tavsiya Ilmiy rahbar: _______________
etaman
Kafedra mudiri: ________________ “___”___________2024
“___”_________2024
Toshkent– 2024
MUNDARIJA:
KIRISH …………………………….……………………………………………...3
I-BOB GAP BO‘LAKLARI HAQIDA UMUMIY MA’ LUMOT ………....…5
1.1 Gaplarni bo‘laklarga ajratish haqida umumiy ma’ lumot...................................5
1.2 So‘z gaplar. So‘z-gaplarning o‘rganilishi..........................................................8
II-BOB SO‘Z-GAP VA ULARNING TURLARI...............................................19
2.1 Ularning tasnifiy belgilari haqida ma’ lumot........................…....................…19 2.2 Gapni bo‘ laklarga ajratish................................................................................21
Xulosa……………………………………………………………………….……24
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………............……….…26
KIRISH
Inson shaxsining kamol topishida, tafakkurining rivojlanishida, tafakkur mahsulini nutq vositasida ifodalash salohiyatini egallashida asosiy vosita bo‘ lmish ona tili fani maktabda yetakchi o‘ quv fanlaridan biri sanaladi. Zero, ona tili millat tafakkurini shakllantiradi, rivojlantiradi, takomillashtirib boradi va namoyon ettiradi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ham o‘ zining “ Yuksak ma’ naviyat – yengilmas kuch” asarida ona tilimizning ana shu jihatiga alohida urg‘ u bergan: “ Ma’ lumki, o‘ zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘ rtasidagi ruhiy-ma’ naviy bog‘ liqlik til orqali namoyon bo‘ ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir” . Shu bois ona tili ta’ limi samaradorligini oshirish davlat siyosatiga aylandi va buni isboti sifatida 2016-yil 13-mayda Alisher Navoiy nomidagi O‘ zbek tili va Adabiyoti universiteti tashkil qilindi. Umumta’ lim maktablarining ona tili va akademik litseylarning hozirgi o‘ zbek adabiy tili darslarida “ Morfologiya” bo‘ limini, shu bilan birga undov, taqlid, modal so‘ zlarini izchil kurs sifatida o‘ qitish juda katta ta’ limiy ahamiyatga ega. Bu bo‘ limni o‘ qitishning ta’ limiy ahamiyati shundaki, o‘ quvchilar tilning asosiy birligi – so‘ z turkumlari haqidagi ta’ limot bilan tanishadilar. Zero, morfologiya tilning barcha bo‘ limlari bilan uzviy bog‘ liq bo‘ lib, shu bo‘ limlarni o‘ qitishda izchillik bilan amalga oshiriladi. Ana shu uzviylikni ta’ minlashga qaratilgan usullarni va innovatsion texnologiyalarni tatqiq qilish va morfologiyaga oid bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan mashqlar tizimini ishlab chiqish ishimizning dolzarbligini belgilaydi.
|
| |