O`zbek tili va adabiyoti” fakulteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi




Download 60,38 Kb.
bet6/9
Sana02.02.2024
Hajmi60,38 Kb.
#150391
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Gap boʻlaklari (2)

2.2 Gapni bo‘ laklarga ajratish.
Sof so‘z-gapga albatta, alhamdulilloh; eh, hoy, oh, o‘h; ha, yo‘q, mutlaqo; ma, mang kabi modal, undov, tasdiq/inkor, taklif/ishora so‘zi mansub. O‘zbek substansial tilshunosligida so‘ z-gap W-lashgan (modallashgan, undovlashgan tasdiq/inkorlashgan, taklif/ishoralashgan) so‘zlar, W-lashayotgan (modallashayotgan, undovlashayotgan, tasdiq/inkorlashayotgan, taklif/ishoralashayotgan so‘zlar, W-simon (modalsimon, undovsimon, tasdiq/inkorsimon) so‘z-gapga ajratilib, mufassal o‘ rganilgan.
So‘z o‘z semantik-funksional xususiyati bilan har xil guruhning markaziy leksemasiga juda yaqin turadi, lekin o‘ z aloqasini boshqa so‘ z turkumlaridan to‘ la-to‘ kis uzmagan bo‘ ladi. Chunonchi, modallashgan so‘ zga chamasi, chog‘ i, ehtimol; undovlashgan so‘ zga ura, olg‘ a, dod, voydod; tasdiq /inkorlashgan so‘ zga bo‘ pti, ma’ qul, aksincha, mutlaqo; taklif/ishoralashgan so‘ zga qani kabi leksema misol bo‘ ladi.
W-lashayotgan (so‘ z-gaplashayotgan) so‘ z so‘ z-gapga to‘ la-to‘ kis o‘ tgan bo‘ lmaydi va «o‘ tish yo‘ lida» turgan so‘ zdir. Bu o‘ rinda modallashayotganga balki, hatto, aftidan; undovlashayotganga yashang, voy o‘ lay; tasdiq /inkorlashayotganga durust, to‘ g‘ ri, rost, aslo, hargiz; taklif/ishoralashayotganga mana mundoq kabi so‘ zni misol keltirish mumkin. Chunonchi, 1. Balki siz aytarsiz nima bo‘ lganini? (P.Tur.) 2. Nafsi uchun emas, balki qadri uchun yig‘ laydi-da. (O‘.Usm.) 3. – Qayerga borish, kimga uchrashishni u yaxshi biladi. – To‘ppa-to‘g‘ri. (Ch.Ayt.)
4. Hilola gapning to‘g‘risini aytdi (O‘ .Usm.) gaplarida W-lashayotgan so‘ z (13-gapda) qo‘ llanilgan.
W-simon (so‘ z-gapsimon) deganda mohiyatan so‘ z-gap bo‘ lmagan lug‘ aviy birlikning so‘ z-gap vazifasida kelishi tushuniladi. Jumladan, modalsimonga shunday qilib, baxtga qarshi, tavba, xudo saqlasin; undovsimonga erkalash ma’ noli asalim, oppog‘ im va undalma ma’ noli ey, do‘ stlar kabi; tasdiq/inkorsimonga xuddi shunday, hech qachon, noto‘ g‘ ri kabi; taklif/ishorasimonga boshlang ko‘ rinishli so‘ z misol bo‘ ladi.
Qisqasi, so‘ z-gapning leksik-semantik turi bo‘ lmish sof so‘ z-gap o‘ zi tarixan kelib chiqadigan so‘ z turkumidan batamom uzilgan bo‘ lib, uning ko‘ pchiligi ravish, sifat, ot sifatida mutlaqo qo‘ llanilmaydi. So‘ z-gaplashgan unsur esa o‘ zi tarixan kelib chiqqan so‘ z bilan omonimik munosabat hosil qiladi va o‘ z aloqasini boshqa turkumdan to‘ la uzmagan bo‘ ladi. So‘ z-gaplashayotgan unsurga o‘ zi boshqa so‘ z turkumi (ravish, sifat, olmosh, son, fe’ l) ga tegishli, lekin so‘ z-gapga xos ma’ no va vazifada qo‘ llanila oladigan birliklar kiradi va bularning so‘ z-gapsimondan farqi shundaki, ushbu qatlamga oid so‘ z tarixiy taraqqiyot natijasida batamom so‘ z-gapga o‘ tib ketishi mumkin. So‘ z-gapsimon esa o‘ z turkumi doirasida qoladi.
So‘ z-gapning sintaktik xususiyati. So‘ z-gapning sintaktik xususiyati yuqorida ta’ kidlaganimizdek, kesimlik qo‘ shimchasini qabul qilmasligi, bog‘ lama bilan birika olmasligida. So‘ z-gap ham undalma, sodda gap kabi kengaygan yoyiq holatda bo‘ lishi mumkin:
1.Cho‘ lni o‘ zlashtirgan mardlarga ofarin. (A.Qah.)
2. Falakning dastidan dod! (Hamza.)
3. Barakalla sizga! Misollardan ko‘ rinib turganidek, so‘ z-gap faqat bitta so‘ zdan iborat bo‘ lmay, nutqda kengayish qobiliyatiga ham ega. So‘z-gapning yana bir sintaktik xususiyati shundaki, WPm qurilishli gapda kesimlik kategoriyasi va ma’ nosi [W]ga [Pm] orqali kiritiladi, (m)ning esa o‘ zbek tilida juda ko‘ p ko‘ rsatkichi mavjud. Shakl o‘ zgarishi bilan kesimlik kategoriyasining ma’ no turi ham o‘ zgaradi. Masalan, Bo‘ ladi. Bo‘ lmaydi. Bo‘ lsa. Bo‘ ldi va h.k. Ammo so‘ z-gapda bunday emas. Har bir so‘ z-gap shu gapga xos bo‘ lgan ma’ noni ifodalashga xoslangan bo‘ ladi. Chunonchi, ha so‘ zi tasdiqni ifodalaydi. Uning bo‘ lishsizligi Ha, emas bilan emas, balki alohida yo‘ q so‘ zi bilan ifodalanadi. Albatta yoki shubhasiz modal so‘ zi qat’ iy ishonch va tasdiqni ifodalaydi, inkor ma’ nosi mutlaqo, aslo so‘ z-gapi bilan beriladi.
Ega va uning ifodalanishi
Kesim orqali izohlanadigan fikr predmetni anglatadigan, gapning boshqa bo‘laklariga tobe bo‘lmagan bosh bo‘lakka ega deyiladi.
Ega keng ma’noda predmet tushunchasini bildirib, kesimdan anglashilgan predikativ belgining kimga yoki nimaga qarashliligini ko‘rsatadi.
Ega bosh kelishikdagi birliklar bilan ifodalanib, kim? nima? qayer? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Ega, odatda, yakka so‘z: ot, olmosh, harakat nomi, otlashgan so‘z (sifat, son, olmosh, sifatdosh, ravishdosh, ravish, taqlid so‘z, undov so‘z, modal so‘z) bilan ifodalanadi.
Eganing ot bilan ifodalanishi. Bosh kelishikdagi atoqli yoki turdosh ot ko‘pincha ega vazifasini bajaradi: Sirdaryo hammasini yig‘ib olib, rosa kuchga to‘ladi-da.(P.Q.).

Download 60,38 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 60,38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbek tili va adabiyoti” fakulteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

Download 60,38 Kb.