|
2-mavzu: Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida Mashgʻulot rejasi
|
bet | 1/14 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 54,64 Kb. | | #136286 |
Bog'liq 2-amaliy.Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida
2-mavzu: Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida
Mashgʻulot rejasi:
1.Tashkiliy qism.
2. Mavzuga oid talabalar bilimini savol-javob va mashqlar orqali tekshirish va mustahkamlash.
3. Test topshiriqlari asosida talabalar bilimini aniqlash va mustahkamlash.
4. LTQ texnologiyasi orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash.
5. Mashgʻulotni yakunlash.
Adabiyotlar:
1. M.Hamroyev. Ona tili Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2013. 86-97
2. M.Hamroyev. Ona tilidan lisoniy tahlil qoliplari. Toshkent: TDPU. 2019. 38-39
I.Yozma javob yozing.
l.Fe’lning umumiy ma’nosi.
2.Fe’lning ma’noviy guruhlari.
II.Mashqlarni bajaring.
289-mashq. Matnni o‘qihg. Fe’llarni aniqlab, qanday so‘roqqa javob bo‘lishi, turi (mustaqil yoki yordamchi fe’l ekanligi), gapdagi vazifasini ayting. Harakat va holat bildiruvchi fe’llarni ikki guruhga ajratib yozing.
Urush vaqti edi. Biz Turkiston tizma tog‘ining etagida, shahardan yigirma besh chaqirim naridagi kichkina qishloqda turar edik. Harbiy xizmatdagi akamning xotini qish kunlarida qattiq betob bo‘lib qoldi-yu, shahardan oyimni chaqirib keling, deb iltimos qildi.
U vaqtlarda mashina juda kam, ot-ulov xo‘jalik ishi bilan band edi. Men piyoda yo‘lga chiqdim. Yog‘ib turgan qor pardasi ostida uch-to‘rt g‘amgin chordevorlar ko‘rindi. Ulardan narida qurib qolgan bir hovuz ham bor. Shunga yetsam, yo‘lning yarmi qoladi.
Atrof biyday dala. Bir vaqt yo‘lning chap tomonida qandaydir sharpa sezganday bo‘ldim. Durustroq qarasam, mendan yuz qadamcha narida ikkita kulrang jonivor turibdi. Men avval ularni it deb o‘yladim. Shu atrofda yoyilib yurgan qo‘y qo‘rasi bordir deb, yon-verimga alangladim. Lekin ko‘z ilg‘aydigan joyda bironta qo‘y yoki poda ko‘rinmas edi. Biri cho‘nqayib olgan, ikkinchisi tikka turgan va meni sergaklanib kuzatayotgan haligi kulrang jonivorlar it emas edi. Men ularning bo‘ri ekanligini tushundim-u, etim junjikib ketdi. Bir lahza o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Keyin sal hushimni yig‘ishtirib qarasam, oyoqlarim go‘yo o‘z-o‘zidan yurib ketyapti. To‘xtashga ham, jadallashga ham, avzoyimni o‘zgartirishga ham jur’at yo‘q. To‘g‘riga qarab avvalgiday yurib ketyapman-u, butun vujudim bilan bo‘rilar tomonga quloq solaman. Menga qarab kelishsa, shitiri eshitiladi-ku, deyman.
Kishining qo‘rqqanini sezsa, jur’atsiz kuchuk ham hujum qiladi, men buni yaxshi bilardim. Shuning uchun yuragim vahimadan uvushib ketayotgan bo‘lsa ham, boyagiday shoshilmay, bo‘rilarni ko‘rmaganday bir maromda yurib borardim. (P. Qodirov)
Savollar:
1. Fe’l turkumiga kiruvchi so‘zlarning umumiy ma’nosi nima?
2. Mustaqil va yordamchi fe’l deganda nimani tushunasiz?
3. Tuslanishli va tuslanishsiz fe’l deganda nima tushuniladi?
4. Fe’l qanday shakl yasovchi qo‘shimchalar bilan o‘zgaradi?
5. Fe’l gapda qanday vazifalarni bajardai?
|
| |