2-mavzu: Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida Mashgʻulot rejasi




Download 54,64 Kb.
bet6/14
Sana13.01.2024
Hajmi54,64 Kb.
#136286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-amaliy.Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida

Fe’lning nisbat kategoriyasi
294-mashq. Berilgan gaplardagi fe’llarning shakli va ma’nosidagi farqni aniq-lang. So‘ng fe’llarni quyidagi guruhlarga ajratib yozing:
1) harakatning bajaruvchisi ega bo‘lib keladi va harakatni bevosita o‘zi bajaradi;
2) bajaruvchi bu harakatni boshqa birovning buyrug‘i, ta’siri, iltimosi va hokazo asosida bajaradi;
3) harakatning bajaruvchisi noaniq;
4) bajaruvchi harakatni o‘z ustiga oladi, harakat bajaruvchining o‘ziga qaytadi;
5) harakat bajaruvchisi bu harakatning bir nechta ishtirokchisidan biri.
1. Qirmizxon tushayotib, oldingi o‘rindiqdagi tugunni oldi. (N. Ami­nov) 2. Toshkentdagi Yusufbek hoji to‘dasidan amaliy choralar ko‘r­satilib yozilgan javob maktubi olindi. (A. Qodiriy) 3. Qutbiddinlar ikki kun davomida lojuvard konini o‘rganishdi, o‘n kilogramcha namuna olishdi. (S. Karomatov) 4. Mohira oyim har bir hayitda biror oylar ilgari eriga aytib, bolalariga kiyimlik oldirar edi. (A. Qodiriy) 5. Sa­nobarxon oyog‘iga paytava o‘rab, mahsisini kiydi. (S. Zunnunova) 6. Abror asabiylashib, parishonlanib kiyindi. (O. Muxtorov) 7. Arslon naridan-beri ovqatlanib, qayta kiyindi-da, stadionga – futbolga ketdi. (Mirmuh­sin) 8. Qorovulxonada ularga hech kim indamadi, yo‘lakda qo‘llariga bittadan karbid fonar olib, boshlariga kaska kiyishdi-da, konga kirib ketishdi. (A. Muxtor) 9. Eshitganlar shoirga rahmat aytib, biri to‘n kiydirib, biri ot mindiribdi. (Shukrullo) 10. Ikkovimiz ham bir insti­tutda o‘qidik. U ham a’lochi edi, – dedi Elmurod. (Shuhrat) 11. Po‘latjon akam­lar bizni maktabda o‘qitganlar. U kishidan umr bo‘yi qarzdormiz. (Mirmuhsin) 12. Shaybo­niyxon hali hech qaysi jangga bunchalik jon-jahdi bilan tayyorlangan emas. (P. Qodirov) 13. Nazarov bo‘linmasini oshxonaga olib bordi. Qaynoq karam sho‘rva, seryog‘ bo‘tqa va javdari non berildi. (H. G‘ulom)
Savollar:
1. Fe’l nisbatlari deganda nima tushuniladi?
2. O‘zbek tilida fe’lning qanday nisbat shakllari bor?
3. Aniq nisbat nima? Aniq nisbatdagi fe’l qanday shaklda bo‘ladi?
4. Orttirma nisbat nima? U qanday yasaladi?
5. Majhul nisbat nima? U qanday qo‘shimcha bilan hosil bo‘ladi?
6. O‘zlik nisbat nima? Bu nisbat qanday yasaladi?
7. Birgalik nisbat nima? U qanday yasaladi?
8. Siz guruhlarga ajratib yozgan fe’llar qaysi nisbat shaklida?

Download 54,64 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 54,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu: Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida Mashgʻulot rejasi

Download 54,64 Kb.