|
2-mavzu: Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida Mashgʻulot rejasi
|
bet | 2/14 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 54,64 Kb. | | #136286 |
Bog'liq 2-amaliy.Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatidaFe’lning ma’no turlari
290-mashq. Berilgan gaplardagi fe’llarni quyidagi ma’no turlariga ajratib yozing: 1) harakat fe’llari, 2) nutq fe’llari, 3) holat fe’llari, 4) natijali faoliyat fe’llari, 5) tafakkur fe’llari, 6) munosabat fe’llari.
1. Otlar o‘z-o‘zidan asta-sekin yurib ketdi. (A. Qahhor) 2. Eshik oldiga yetganida, negadir o‘zining ham o‘sha yoqqa talpinayotganini sezib, hayajon ichida tutqichni ushladi. (O‘. Hoshimov) 3. Ko‘chada gursillab devorlar yiqiladi, sharaqlab daraxtlar qulaydi. (A. Qahhor) 4. Charchabsan, azamat, yur endi, blindajga kirib uxlab ol. (I. Rahim) 5. Sekinroq gapir, o‘g‘lim, xon ayg‘oqchilari daydib yurishibdi. (J. Sharipov) 6. Juvon davrani uch aylangandan keyin o‘zi singari kiyingan bir yigitni tortdi. (A. Qahhor) 7. Juftlik yolg‘iz kishilar orasidagina emas, yer yuzidagi har bir maxluqda ham bor – dedi Anvar. (A. Qodiriy) 8. Boboqul otani buzoqning haqi bor deb sut ichmaydigan avliyo sanab, ixlos qo‘ygan edi-yu! Sherbek xafa bo‘ldi. (S. Anorboyev) 9. –Yo‘q, oyi, hech nima kerak emas, – yana muloyim gapirdi qizi, – kuyovingizni jo‘nataman, deb charchadim. (Oybek) 11. Ularni kuzatib o‘tirgan Sunbulxon aya ich-ichidan quvonardi. (Mirmuhsin) 12. Suq to‘ymas, o‘g‘ri boyimas. (Maqol) 13. Siz ko‘pni ko‘rgansiz. Sizni eshitsak, aqlimizga aql qo‘shiladi, otaxon, so‘zlayvering. (S. Anorboyev) 14. O‘ylamay qilingan ish – boshga keltirar tashvish. (Maqol) 15. Hayot faqat jang, mehnat emas, fikrlashdan ham iborat. (Shukrullo) 16. Buvim oyimlarni yaxshi ko‘rardilar. Hozir ham sira tillaridan qo‘ymaydilar. (E. Rahimov) 17. Shaharda uch qavatli oynavand yorug‘ binolar qurilib, to‘g‘ri ko‘chalar ochildi. (Mirmuhsin) 18. Dadam taqachilikni jinidan battar yomon ko‘rsa ham, taqa yasashga kirishdi. (A. Qahhor) 19. Hujradan ikkita savag‘ich topdim-da, rostakam katta varrak yasashga tushdim. (H. Nazir) 20. Badia otining oldiga kelib, uni erkaladi, egar, jabduq urib, qayishlarini mahkam tortib bog‘ladi. (Mirmuhsin) 21. Janob Ahmadbek, kamina bog‘larning suratini chizganda, bir chetida bog‘bonni ham tasvirlashim mumkin. (P. Qodirov) 22. Sherbek yigitning yuzsizligidan nafratlandi. (S. Anorboyev) 23. Abduvahob gulzor orqasidagi xonadan bir necha arralangan g‘o‘lalarni ko‘tarib chiqdi. (Sh. Toshmatov)
Fe’lning ma’no turlariga 5 tadan misol keltiring. Har bir ma’no turiga kiruvchi fe’l ishtirokida bittadan gap tuzing.
291-mashq. Nuqtalar o‘rniga demoq, aytmoq, gapirmoq, so‘zlamoq nutq fe’llaridan mosini qo‘yib gaplarni o‘qing. Bu so‘zlarning qo‘llanishidagi farqni tushuntiring.
1. – Naziraxon juda odamshavanda, yaxshi qiz ekan, shu qizni kelin qilsak qanday, bo‘larkin, – …di Saodat. (F. Musajonov) 2. Ikki tomon tog‘.. – …di Hafiza mashina oynasidan baland tog‘larga ag‘rayib, – muncha chiroyli! (Mirmuhsin) 3. – Tariqcha insof bormi sizda! – bo‘g‘ilib …di O‘ktam. (Oybek) 4. Gulandom dutorni olib sozlarkan, …di: – Dutor bo‘lmasa, bu zindonda yuragim yorilib o‘lar edim. (Oybek) 5. Ona bir navi yashab turganini, qudasi Jo‘ravoy aka uch-to‘rt kelib xabar olganini …di. (H. G‘ulom) 6. Oysha xola qalbdan silqib chiqqan mehribon bir ohangda …di. (S. Zunnunova) 7. Oz …, ko‘p tingla. (Maqol) 8. Nonushta pirovard bo‘lguncha, domla sharq tabobati va uning mashhur kishilari to‘g‘risida …di. (A.Qahhor) 8.Qatnashuv-chilarning ko‘pchiligi, ozmi-ko‘pmi, yaxshimi-yomonmi, ishqilib, …di. (A. Qahhor) 9. Jabborov texnikani yana bir sidra ko‘zdan kechirish uchun besh kun imkoniyat borligini …di. (N. Hayitqulov)
|
| |