|
2-mavzu: Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida Mashgʻulot rejasi
|
bet | 5/14 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 54,64 Kb. | | #136286 |
Bog'liq 2-amaliy.Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida316-mashq. Berilgan fe’llarga -gan, -kan, -qan qo‘shimchalaridan birini qo‘-shib, uch guruhga ajratib yozing. Uchala guruhdagi sifatdoshlarning imlosini tushuntiring.
Ek, yoz, yot, kes, chop, kir, tik, kechik, boq, sig‘, siq, ol, tug, chiqar, ko‘nik, yop, chiq, yog‘, os, chiniq, suz, siniq, taq, og‘, oq, kiy, to‘k.
317-mashq. Berilgan gaplarni namuna asosida sifatdoshli birikmaga aylantiring.
Namuna: Onam tandirga non yopdilar. – Onam tandirda yopgan nonning hidi dimogimga urildi.
1. Shoxlarda o‘riklar hil-hil pishib turibdi. 2. Qishlog‘imiz chekkasidan soy oqib o‘tadi. 3. Taniqli shoirlar talabalar bilan uchrashuvga ke-lishdi. 5. Navro‘z bayrami yurtimizda har yili keng nishonlanadi. 6. Hozirgi kunda texnika va texnologiya jadal rivojlanib bormoqda. 7. Jahl, g‘azab, alam, nafrat kabi tuyg‘ular kasallikka olib keladi. 8. Talabalar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
318-mashq. Gaplarni o‘qing. Ravishdoshlarni topib, yasalishi, ma’nosi, qaysi so‘zga bog‘langanligi va gapdagi vazifasini izohlang.
1. Ayol qo‘lidagi qoshiqni qo‘ydi-da, yugurib deraza oldiga bordi. (S. Zunnunova) 2. Ikromjon yura-yura charchadi. (S. Ahmad) 3.Mashina sharshara ko‘prigidan o‘tib, katta shag‘al yo‘lga tushgach, o‘nqir-cho‘nqir joylarda tebrana boshladi. (I. Rahim) 3. – O, kelin palovxonto‘rani boplabdilar-ku, tilladay osh bo‘pti-ku, maza qilamiz ekan-da! – Ziyod maqtay-maqtay yeng shimarishga tushdi. (M. Mansurov) 4. Kalit topila bermagach, maxdumning toqati tugadi, chiqib, qizlar ichidan Ra’noni chaqirdi. (A. Qodiriy) 5. Bog‘bon o‘zi ekkan yo ulagan ko‘chati tutib, bo‘y tortib ketguncha, har kun tagiga necha marta keladi. (M. Ismoiliy) 6. Nilufar qo‘g‘irchoqni bag‘riga bosgancha, yugurib oyisining yoniga bordi. (S. Ahmad) 7. Men go‘sht-yog‘ni tashib bo‘lib, hovlining to‘riga o‘rik tergani bordim. (M. Ismoiliy) 8. Non yasab bo‘lguncha, tandir qizidi. Keyin bir chekkadan yopdim. (Oybek)
319-mashq. Berilgan gap juftlaridan kengaygan ravishdosh birikmali bitta gap tuzing.
Namuna: Quyosh botdi. Atrofga qorong‘ilik cho‘kdi. – Quyosh botib, atrofga qorong‘ilik cho‘kdi.
1. Bahor keldi. Dehqonlar dala ishlarini boshlab yubordi. 2. Ovqat suzildi. Butun oila dasurxon atrofiga yig‘ildi. 3. Xizmatchilar ilonni tutdi va qafasiga qamadi. 4. Hozir kitob bosish uchun harflar kompyuterda teriladi. Ungacha bosmaxonada harflar qo‘lda terilgan. 5. Palovning zirvagi tayyor bo‘ldi. Oshpaz qozonga guruchni soldi. 6. Sen ko‘chatlarni olib kel. Ungacha men chuqurchalarni kovlab qo‘yaman. 7. Yoyilgan o‘rik quridi. Onam uni qopga soldilar. 8. Nasiba o‘qishni bitirdi. So‘ng o‘z qishlogiga qaytdi va u yerda o‘qituvchilik qildi.
|
| |