|
Kompyuter(offline)da kod yozish uchun Anaconda dasturini o‘rnatish
|
bet | 1/5 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,9 Mb. | | #155359 |
Bog'liq Muhitlar
SUN’IY INTELLEKT DASTURLARINI YARATISH UCHUN INSTRUMENTAL VOSITALAR
Reja:
(offline)da kod yozish uchun Anaconda dasturi.
Brauzer(online)da kod yozish uchun Google Colab
Kompyuter(offline)da kod yozish uchun Anaconda dasturi
1. Anaconda dasturini o‘rnatish
Anaconda dasturi Pythonning paketlarini o‘rnatishda va virtual muhitlarni o‘rnatishda ishlatiladigan dastur hisoblanadi. Quyidagi link orqali Anaconda dasturini kompyuterga mos keladigan versiyasi yuklab olinadi. https://www.anaconda.com/download Yuklangan dastur kompyuterga o‘rnatiladi (bu hamma dasturlarni o‘rnatish bilan bir-xil)
Kompyuterdan Anaconda Navigatorni topib ishga tushiriladi.
1.2.1-rasm
Dastur ishga tushgach quyidagi oyna ochiladi, bu oynada Anaconda qo‘llab- quvvatlaydigan dasturlarni ko‘rish mumkin
1.2.2-rasm
Yuqoridagi 1.2.2-rasm kabi oyna ekranda chiqqan bo‘lsa kompyuterga dastur muvaffaqiyatli o‘rnatilgan hisoblanadi.
2. Anaconda dasturida virtual muhit (Environment) yaratish
Anaconda dasturida virtual muhitlarni boshqarish, keyingi mavzularni o‘zlashtirish va modellar yaratish uchun kerak bo‘ladigan asosiy dastur Jupyter Notebookni ishlatish imkoniyatini beruvchi dastur hisoblanadi. Jupyter Notebookda Environmentlarni yaratish va boshqarish quyidagi kabi bo‘ladi.
Asosiy oynadagi Environments bo‘limiga o‘tiladi
1.2.3-rasm
1.2.4-rasm
data_first1 muhiti yaratildi aynan shu muhit ustiga bosib tanlanadi va bu virtual muhitga tegishli barcha kutubxonalar quyidagicha paydo buladi.
1.2.5-rasm
Python dasturlash tiliga tegishli kerakli kutubxonani o‘rnatish quyida ko‘rsatilgan.
Tanlanmalardan All bo‘limi tanlanadi
Kutubxona nomi qidiriladi (masalan: pandas)
Chiqqan natijalardan keraklisi tanlanadi
|
| |