|
Apply tugmasi bosiladi
1.2.6-rasm
|
bet | 2/5 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,9 Mb. | | #155359 |
Bog'liq MuhitlarApply tugmasi bosiladi
1.2.6-rasm Aynan bu o‘rnatilgan kutubxona data_first virtual muhitiga o‘rnatiladi. Shu kabi barcha kerakli kutubxonalar qiqiruv bo‘limi orqali topiladi va yuqoridagi kabi o‘rnatiladi.
3. Jupyter Notebookni o‘rnatish va browserda ochish.
Anaconda dasturida Home bo‘limi tanlanadi va data_first1 muhiti tanlanadi, Jupyter Notebook bo‘limi topiladi va Install tugmasi bosiladi va o‘rnatilib bo‘lingandan so‘ng Lounch tugmasi bosiladi. (1.2.7-rasm)
1.2.7-rasm
Lounch tugmasi bosilganda web browserda quyidagi oyna paydo bo‘lsa Jupyter Notebook muvaffaqiyatli o‘rnatilgan hisoblanadi
1.2.8-rasm
Yuqoridagi rasmdagi papkalar ichidan kerakli faylni topib uni Jupyter Notebookda ochish mumkin, yoki Python 3 ga asoslangan yangi fayl yaratish ketma-ketligi quyida ko‘rsatilgan
Kerakli papka tanlanadi (masalan: Desktop)
New tugmasi bosiladi va Python 3 bo‘limi bosiladi.
1.2.9-rasm
Python 3 ga asoslangan yangi fayl yaratiladi va quyidagi oyna hosil bo‘ladi.
1.2.10-rasm
Yuqorida yaratilgan kodlash muhiti orqali Python dasturlash tili yordamida har qanday dastur kodlarini ishga tushirish mumkin va yuqorida o‘rnatilgan barcha kutubxonalarni chaqirib ishlatish ham mumkin. Bundan tashqari markdovn formatidagi matnlarni ham kiritish mumkin va bu amallarni barchasini offline da bajarish mumkin.
Brauzer(online)da kod yozish uchun Google Colab
1. Google colabni ishga tushirish uchun kerali vositalar
Internet (kompyuter internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishi kerak)
Google account (foydalanuvchining google accounti bo‘lishi zarur)
|
| |