|
Kompyuter(offline)da kod yozish uchun Anaconda dasturini o‘rnatish
|
bet | 3/5 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,9 Mb. | | #155359 |
Bog'liq Muhitlar2. Google colabni ishga tushirish
Web browserga google colab so‘rovi yuboriladi va odatda eng tepadagi natija ustiga bosiladi yoki quyidagi link orqali google colabning ishchi oynasiga o‘tish mumkin. https://colab.research.google.com/
Google colabni google accountga bog‘lash talab qilinadi buning uchun Sign in tugmasi bosiladi. (2.11-rasm)
1.2.11-rasm
Google account tanlanadi va google accountning maxfiy kodi kiritiladi.(1.2.12-rasm)
1.2.12-rasm
Google accountga muvaffaqiyatli kirilsa quyidagi kabi sahifa ochiladi va foydalanuvchi accountining rasmi google coalab sahifasida paydo bo‘ladi.
1.2.13-rasm
Google colabda yangi fayl (new notebook) yaratish uchun quyidagi amallar bajariladi va yangi notebook yaratiladi. File bo‘limi tanlanadi va
New notebook bo‘limi tanlanadi.
1.2.14-rasm
Yuqoridagi bo‘limlar tanlanganda quyidagi kabi Google colabning asosiy ishchi oynasi ochiladi.(1.2.15-rasm)
1.2.15-rasm
Birinchi navbatda etibor qaratilishi kerak bo‘lgan jihat faylning nomi u avtomatik tarzda Untitled.ipynb kabi bo‘ladi va bu fayl nomini istalgancha o‘zgartirish mumkin va fayl nomi orqali faylni topish va uni boshqarish oson kechadi.
1.2.16-rasm
Yuqoridagi faylga First_NB nomi berildi va bu faylning fayl kengaytmasi .ipynb (interactive python notebook) fayl kengaytmada bo‘ladi.
Bu ishchi oynaning asosiy qismi quyidagi yacheyka (Ingliz tilida Cell deb ataladi) hisoblanadi.
1.2.17-rasm
Aynan shu yacheykada kodlar yoziladi va aynan Python dasturlash tilida. Bu yacheyka interaktiv hisoblanadi, yacheykaning ortida Ipython dasturi ishlab turadi. Yacheykaga python tilida biror kod yozib sinab ko‘rish mumkin va yacheykani ishga tushirishning ikkita yo‘li mavjud birinchi yo‘li Play tugmasini bosish orqali yoki Shift + Enter tugmasini bosish orqali ishga tushirish mumkin. Bu yerda Sheft+Enter orqali ishga tushirishning afzalligi joriy yacheykani yuritish bilan birgalikda yangi yacheyka yaratadi.
|
| |