• Umumiy atamalar
  • 5-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Terminlarning yasalishi. Reja: Sohaviy terminlarning morfologik usul bilan yasalishi




    Download 33.63 Kb.
    bet1/3
    Sana03.06.2023
    Hajmi33.63 Kb.
    #69253
      1   2   3
    Bog'liq
    5-amaliy mashg‘ulot Mavzu Terminlarning yasalishi. Reja Sohavi
    12 -МАЪРУЗА ИНФОК.01.01.22., Radiobiologiyadan test savollari banki, Yangilanayotgan-WPS Office, ogohlantirish xati......, Ishchi kuchi va uning bandligi, Loyiha ishi 613-614-615-22 guruhlari (2), XURBOYEVA LATIFAXON YUSIVA26Dekabr202209 39, SMPiHQ2JHqQnGcVtO2zPSFnqCjWLEueJFqZPyrU5, 1682662950 (1), InformationSecuritymanagementsystemaldha, FF2, Fizika, sug\'urta uz 02.10.2020, 23. Psixodiagnostika (N.G) @profayling uz

    5-amaliy mashg‘ulot
    Mavzu: Terminlarning yasalishi.
    Reja:
    1. Sohaviy terminlarning morfologik usul bilan yasalishi.
    2. Sohaviy terminlarning sintaktik usul bilan yasalishi
    3. Sohaviy terminlarning semantik usul bilan yasalishi
    Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, ma’lum fan, ishlab chiqarish sohasidagina qo‘llaniladigan va asosan o‘sha soha kishilari tushunadigan maxsus so‘zlar terminlar – atama­lar sifatida qaraladi.
    «Hozirgacha termin tushunchasi tilshunoslikda turlicha talqin qilinmoqda – deb qayd etishadi «O‘zbek tili leksikologiyasi» asarining mualliflari. – Ba’zi tilshunoslar terminga ilm va texnikaga oid so‘z va iboralarnigina emas, barcha uy-ro‘zg‘or asboblari nomlarini, ishlab chiqarishning hozirgi darajasidagi qurollarinigina emas, balki o‘tmishdagi ibtidoiy qurollarning barcha nomlarini, shuningdek, kustarchilik kasb-hunarga oid so‘zlarni ham kiritadilar.
    Demak, «atama» so‘zini «termin» tushunchasi ma’nosida qo‘llaganimizda, uni umuman narsa-predmetlar, voqea-hodisalarning nomi sifatida emas, balki aniq bir ilmiy tushun­chani ifodalaydigan va ma’lum bir fan sohasiga tegishli bo‘lgan birliklarni anglashimiz lozim.
    Shu ma’noda kasb-hunarga oid so‘zlar atamalardan farqlanadi. O‘zbek tilshunosligida atamalarni o‘rganishga doir ko‘pgina ishlar amalga oshirilgan. Ko‘plab ilmiy kitoblar, risolalar, lug‘atlar, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar yozilgan, dissertatsiyalar himoya qilingan. Bu borada 200 dan ortiq lug‘atlarning nashr etilishi fanimizning katta yutug‘i hisoblanadi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, «Lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosiga o‘tish to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar qo‘mitasi olib borayotgan yirik hajmidagi ishlar atamashunoslik sohasining yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
    Atamalarning o‘zbek tilida son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etishi ularni mavzuviy guruhlarga bo‘lib o‘rganishni taqozo qiladi. Chunki o‘zbek atamashunoslari S. Ibrohimov, S. Akobirov, Olim Usmon, R. Doniyorov, H. Shamsiddinov, A. Madvaliyev va boshqalar ta’kidlaganlaridek, bunday tahlil atamalarning umumiy boyligini ko‘rsatishga, ularni ma’lum bir tartibga keltirishga ko‘maklashadi, sohalarga bo‘lib o‘rganishni osonlashtiradi.
    Atamalarni dastlab ikki katta guruhga ajratish to‘g‘ri bo‘ladi:
    1. Umumiylik xususiyatiga ega bo‘lgan atamalar.
    2. Xususiylik xususiyatiga ega bo‘lgan atamalar.
    Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo‘nalishlari uchun tushunarli bo‘lgan atamalar kiradi. Masalan, sportdagi musobaqa, sovrin, sovundor, yutuq g‘alaba, birinchilik, chempionat, ko‘rik, trener, hakam atamalarini sportning barcha turlarida bemalol qo‘llash mumkin. Fizikaga oid issiqfik, temperatura, jism, elektr, magnit, gaz, harakat, energiya, maydon singari atamalar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin.

    Download 33.63 Kb.
      1   2   3




    Download 33.63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Terminlarning yasalishi. Reja: Sohaviy terminlarning morfologik usul bilan yasalishi

    Download 33.63 Kb.