• Forscha-tojikcha
  • 5-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Terminlarning yasalishi. Reja: Sohaviy terminlarning morfologik usul bilan yasalishi




    Download 33.63 Kb.
    bet2/3
    Sana03.06.2023
    Hajmi33.63 Kb.
    #69253
    1   2   3
    Bog'liq
    5-amaliy mashg‘ulot Mavzu Terminlarning yasalishi. Reja Sohavi
    12 -МАЪРУЗА ИНФОК.01.01.22., Radiobiologiyadan test savollari banki, Yangilanayotgan-WPS Office, ogohlantirish xati......, Ishchi kuchi va uning bandligi, Loyiha ishi 613-614-615-22 guruhlari (2), XURBOYEVA LATIFAXON YUSIVA26Dekabr202209 39, SMPiHQ2JHqQnGcVtO2zPSFnqCjWLEueJFqZPyrU5, 1682662950 (1), InformationSecuritymanagementsystemaldha, FF2, Fizika, sug\'urta uz 02.10.2020, 23. Psixodiagnostika (N.G) @profayling uz
    Xususiy atamalar esa faqatgina bitta mavzuviy guruh doirasida amal qiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan fizikaga oid atamalar uning barcha sohalarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgani holda, gravitatsiya, diod, termoster, kondensatsiya, kapillyar hodisalar singari atamalar yoki kimyoga oid gidroksid, oksid, sulfat kislotasi, xlorid kislotasi kabi atamalar tor ixtisos doirasida qo‘llaniladi. Bunday holatni fanlarning barcha yo‘nalishlari va sohalarida kuzatish mumkin.
    O‘zbek tiuning barcha leksik resurslarida bo‘lgani kabi atamalarning ham o‘z boyish yo‘llari bor va ular tilimiz taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarga muvofiq keladi. Dunyoda chetdan so‘z o‘zlashtirmagan birorta ham til yo‘q, degan qarash uning terminologiyasiga ham to‘g‘ri keladi. «Hamma tillarda ham yangi tushunchani ifodalash uchun yo boshqa tildan tayyor termin qabul qilinadi, yo shu tilning o‘zida mavjud bo‘lgan so‘z yoki termindan foydalaniladi, yo bo‘lmasa yangi termin yasaladi» deb yozadi S. Akobirov.
    E’tirof etish kerakki, o‘zbek tilida chetdan qabul qilingan ilmiy-texnikaviy atamalarning salmog‘i katta. An’anaga ko‘ra ularni quyidagi yo‘nalishlarda o‘rganamiz:
    1. Arabcha: amaliyot, asar, asos, izoh, imlo, ilm, in’ikos, ilova, isloh, istiloh, islohot, maqola, misol, masala, maxraj, manfiy, musbat, mavzu, mazmun, mantiq, ma’noviy, ma’rifiy, muqaddima, mushohada, tajriba, taqriz, tahlil, uslub, fan, falsafa va hokazo.
    2. Forscha-tojikcha: bastakor, doya, duradgor, zabtkor, navosoz, navoxon, shogird, peshqadam, sovrin, sozanda, ustoz, chavandoz, yakkaxon, havaskor, hamshira kabi.
    3. Ruscha-baynalmilal: Abzas, agronomiya, agroximiya, agrotexnika, arxeologiya, gazeta, kodeks, lingvistika, matematika, nekrolog, plenum, realizm, romantizm, sessiya, syezd, fizika, fonetika, fonologiya va hokazolar. Ularning ma’lum qismlari:
    a) lotincha: abbreviatsiya, abstrakt ot, agglyutinatsiya, adverbializatsiya, adyektivatsiya, akkomodatsiya, aktualizatsiya, aksentologiya, alliteratsiya, alternatsiya, areal, artikulyatsiya, assimilyatsiya, affiks, affiksoid, affrikata kabi.
    b) 
    Download 33.63 Kb.
    1   2   3




    Download 33.63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Terminlarning yasalishi. Reja: Sohaviy terminlarning morfologik usul bilan yasalishi

    Download 33.63 Kb.