|
Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bir palatali vakillik va xalq fikrini ifoda etuvchi qonun chiqaruvchi organ. Koreya Respublikasining barcha qonunlari Milliy Assambleya tomonidan qabul qilinadi
|
bet | 1/9 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 345,28 Kb. | | #114203 |
Bog'liq korea
Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi – bir palatali vakillik va xalq fikrini ifoda etuvchi qonun chiqaruvchi organ. Koreya Respublikasining barcha qonunlari Milliy Assambleya tomonidan qabul qilinadi. Hozirda parlament a’zolari to‘rt yil muddatga saylanadi. Birinchi chaqiriq Milliy Assambleyasi o‘z faoliyatini 1948-yil 31-mayda boshlagan. 2020-yil 15-aprelda bo‘lib o‘tgan 21-Milliy Assambleyasi qonun chiqaruvchi saylovlar natijasida tuzilgan[1].
Milliy Assambleya mahalliy okruglardan saylangan 253 deputat va proporsional saylov tizimi orqali mandat olgan 47 deputatdan iborat bo‘lib, u ma’lum kasbiy bilimga ega odamlarni parlamentga jalb qilishga yordam beradi. 2020-yil sentabr holatiga ko‘ra, Koreya Demokratik partiyasi qonun chiqaruvchi hokimiyatda ko‘pchilik o‘ringa ega. Yetakchi muxolifat partiyasi – “Xalqning kuchi” partiyasi.
Koreya Respublikasida ijro etuvchi hokimiyatni prezident boshchiligidagi ijroiya hokimiyati amalga oshiradi. Konstitutsiyaga ko‘ra, prezident xalq tomonidan umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri va yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Prezidentning vakolat muddati besh yil, prezidentni qayta saylash mumkin emas. Hozirgi prezident Mun Chje In 2017-yilda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng, o‘z lavozimiga kirishdi.
Davlat Kengashi, odatda, “Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishi” deb nomlanadi, ijro etuvchi hokimiyat vakolatiga kiradigan muhim siyosat sohalarini muhokama qilishi kerak. Prezident Davlat Kengashi raisi, bosh vazir esa rais o‘rinbosari hisoblanadi. Agar prezident idorasi bo‘sh bo‘lsa yoki prezident biron sababga ko‘ra o‘z vazifalarini bajara olmasa, bosh vazir o‘z nomidan vazirliklar ishini nazorat qiladi. 2020-yil avgust holatiga ko‘ra, hukumatning ijro etuvchi hokimiyati tizimiga 23 vazirlik, 18 ma’muriy organ, 2 kengash, 4 agentlik va 7 qo‘mita kiradi[2].
Mamlakatda mahalliy boshqaruv tizimi 1995-yil iyun oyida tashkil etilgan. Mahalliy hokimiyat yuqori va quyi darajadagi mahalliy boshqaruvga bo‘linadi. Mahalliy hukumat rahbarlari markaziy hukumat tomonidan tayinlanadi.
Mahalliy hukumatlar yarim avtonomdir, ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi organlardan tashkil topgan va hukumat boshqaruvi va ichki ishlar vazirligi tomonidan boshqariladi. Tuman mahalliy hokimiyatlari umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
Janubiy Koreya saylov qonunchiligiga ko‘ra, har qanday siyosiy partiya mahalliy kengashlar deputatligiga kamida 50% ayollarni va mahalliy saylov okruglarining mahalliy kengashlariga ayollardan nomzodlar 30 foizdan kam bo‘lmasligi belgilab qo‘yilgan[3].
Janubiy Koreyada Kim Yong Sam (1993–1998) va Kim De Jun (1998–2003) prezidentligi vaqtida mahalliy hokimiyatga keng vakolatlar berish boshlandi va 1995-yilda Janubiy Koreya tarixida birinchi marta keng ko‘lamli mahalliy saylovlar bo‘lib o‘tdi. 1995-yilda o‘tkazilgan mahalliy saylovlar fuqarolik jamiyati va fuqarolar uchun “mahalliy siyosiy maydon”ni yaratdi[4].
Mahalliy boshqaruv organlari mahalliy ehtiyojlar va muammolar yo‘nalishidagi davlat siyosatida o‘z o‘rnini mustahkamladi va mahalliy hokimiyatlarning moliyaviy erkinligi muttasil oshib bordi. Mahalliy boshqaruv organlariga o‘tkazilgan saylovlar mahalliy demokratiyaning mustahkamlanishiga olib keldi.
Respublika Prezidenti No Mu Xyon davrida mahalliy boshqaruv organlariga ko‘plab erkinliklar bergan. Masalan, mahalliy politsiya va mahalliy ta’lim tizimini joriy qilish, referendum o‘tkazish va soliqlarning bir qismini mahalliy hokimiyatga qoldirish kabi ko‘plab islohotlar amalga oshirildi. Bu davrdagi siyosiy imkoniyat fuqarolik jamiyatining o‘sishiga to‘g‘ri keldi.
XX asr 90-yillarining oxiridan boshlab fuqarolik tashkilotlari mahalliy hokimiyatning mustaqilligi sohasida qabul qilingan qonun hujjatlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynadi. Bularga saylov siyosati, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlik, jamoatchilik fikrini o‘rganish, aqlli tarmoqlar va boshqaruvda bevosita ishtirok etish bo‘yicha qabul qilingan qonun hujjatlarini keltirish mumkin.
Mahalliy hokimiyatlarning uch bosqichi mavjud, ular mintaqaviy, munitsipal va quyi darajadagi boshqaruv organlari. 2012-yil iyul oyida Sejong maxsus o‘zini o‘zi boshqarish shahri mintaqaviy boshqaruv qo‘shilishi bilan yuqori darajadagi mahalliy hukumatlar soni 17 taga yetdi (Alohida maqomga ega bo‘lgan Seul shahri, oltita markaziy shahar, sakkizta provinsiya va Jeju maxsus o‘zini o‘zi boshqarish provinsiyasi). Quyi darajadagi mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari soni 226 tani – shundan 75 ta shahar (si), 82 ta okrug (kun) va 69 ta tuman (ku) tashkil etadi[5].
3-rasm. Janubiy Koreyaning mahalliy hokimiyat tuzilishi[6].
Koreya Respublikasi alohida maqomga ega 1 ta shaharga, 6 ta yirik markaziy shaharga va maqomi viloyatlarga teng bo‘lgan 1 ta shahar, 8 ta provinsiya va 1 ta maxsus avtonomiyaga ega bo‘lgan provinsiyaga bo‘linadi. Ular, o‘z navbatida, bir qancha kichik subyektlarga bo‘linadi. Jumladan, shahar (si), okrug (kun), munitsipal tuman (ku), okrug shaharchasi (ip), volost (myon), mavze (ton) va qishloq (ri).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bir palatali vakillik va xalq fikrini ifoda etuvchi qonun chiqaruvchi organ. Koreya Respublikasining barcha qonunlari Milliy Assambleya tomonidan qabul qilinadi
|