• Quyi turuvchi yoki munitsipal darajadagi mahalliy boshqaruv organlari[7]. “Si”
  • Yuqori pog‘onadagi mahalliy boshqaruv to‘rt qismga bo‘lingan




    Download 345,28 Kb.
    bet2/9
    Sana09.12.2023
    Hajmi345,28 Kb.
    #114203
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    korea

    Yuqori pog‘onadagi mahalliy boshqaruv to‘rt qismga bo‘lingan.

    1. “Txikpyolsi” – alohida maqomga ega shahar. Seul shahri shunday maqomga ega. Seul tumanlarga (ku) bo‘linadi.

    2. “Gvanyoksi” – metropol shahar. Gvanyoksi Koreya Respublikasida markaziy hukumatga to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘ysunuvchi markaziy shaharlar hisoblanadi. Ularga Pusan, Tegu, Inchxon, Kvanju, Tejon va Ulsan shaharlari kiradi. Kvanju va Tejon shaharlari munitsipal tumanlarga, qolganlari munitsipal tuman va uyezdlarga bo‘linadi.

    3. “Txikpyol chachxisi” – alohida avtonomiyaga ega shahar. Txikpyol chachxisi – asosiy ma’muriy-hududiy birliklardan biri. Bu o‘ndan ortiq vazirliklar va boshqa rasmiy institutlarning qarorgohi. Janubiy Koreyada maxsus avtonomiyaga ega bitta shahar bor – bu Sejong shahri.

    4. “To” – provinsiya (viloyat), Koreyada asosiy ma’muriy-hududiy birliklardan biri hisoblanadi. Mamlakatda 8 ta provinsiya va bitta maxsus avtonomiyaga ega Jejudo viloyati mavjud. Har bir viloyat shahar (si) va okruglarga (kun) bo‘linadi.

    Quyi turuvchi yoki munitsipal darajadagi mahalliy boshqaruv organlari[7].

    1. Si” – shahar. Si – okruglar (kun) bilan birga provinsiyalarning ma’muriy jihatdan eng yuqori turuvchi shahar qismi. Shaharlarda kamida 150 ming aholi yashaydi. Agar uyezd aholisi 150 ming kishidan oshsa, u shahar maqomini oladi. 500 mingdan ortiq aholisi bo‘lgan ba’zi shaharlar (masalan, Suvon, Chejonju, Chonju) munitsipal okruglarga (ku) bo‘linadi, ular esa, o‘z navbatida, tuman shaharlariga (ton) bo‘linadi. Aholisi 500 mingdan kam bo‘lgan shaharlarda munitsipal tumanlar yo‘q va ular faqat shaharlarga bo‘linadi.

    2. Ku” – munitsipal tuman. Katta shaharlar munitsipal tumanlardan tarkib topgan. Seul, Kvandju va Tejon kabi shaharlar faqat munitsipal tumanlarga bo‘linadi, qolgan to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘ysunuvchi shaharlar esa munitsipal tumanlar va uyezdlardan tashkil topgan.

    Munitsipal tumanlar shahar rayonlariga (ton) bo‘linadi.

    1. Ton” – mavze (kvartal). Ton – 500 ming nafardan kam aholi yashaydigan, o‘z boshqaruv ma’muriyatiga ega bo‘lgan kichik shahar (mavze) hisoblanadi. Munitsipal tumanlar (ku) va shaharlar (si) ton (mavze)lardan iborat.

    2. Kun” – uyezd. Kun – shaharlar (si) bilan bir qatorda provinsiya (viloyat)larning qishloq hududidagi eng yuqori tarkibiy qismi. Uyezdda 150 ming nafargacha aholi istiqomat qiladi.

    Uyezdlar aholi shaharchalari (ip) va volostlar (myon)ga bo‘linadi.

    1. Ip” – uyezd shahri. Ip uyezd (kun) va ba’zi shaharlarning (si) ma’muriy birligi hisoblanadi. Iplarda 20 ming nafardan ortiq aholi yashaydi. Iplar qishloqlar (ri)ga bo‘linadi.

    2. Myon” – volost. Myon aholisi 500 minggacha bo‘lgan munitsipal tumanlar (ku) va shaharlar (si)ning ma’muriy birligi hisoblanadi. Ularda 20 ming nafardan kam aholi istiqomat qiladi. Volostlar qishloqlar (ri) ga bo‘linadi.

    3. Ri” – qishloq bo‘lib, Koreyadagi eng quyi ma’muriy birlik. Rilar uyezd shahri (ip) va volost (myon)larning ma’muriy bo‘linmasi hisoblanadi.

    Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlari va mahalliy kengashlar deputatlari to‘g‘ridan to‘g‘ri saylovda to‘rt yil muddatga saylanadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari uch yil muddatga qayta saylanishi mumkin, mahalliy kengashlar deputatlari uchun esa vakolat muddati cheklanmagan. Mahalliy boshqaruv tizimi mahalliy aholining hududni boshqarishda ishtirok etishini inobatga olsak, xalq demokratiyasi maqsadlarini amalga oshirishning juda muhim vositasidir.

    Download 345,28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 345,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yuqori pog‘onadagi mahalliy boshqaruv to‘rt qismga bo‘lingan

    Download 345,28 Kb.