• O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI MILLIY ARXEOLOGIYA MARKAZI AXBOROT XATI
  • O‘zbekiston arxeologiyasi: muammolar va yechimlar
  • 4-sho‘ba. Arxeologiyaning fanlararo integrasiyasi
  • Taqdim etiladigan konferensiya tezislarini rasmiylashtirishga talablar
  • Milliy arxeologiya markazi axborot xati




    Download 75.27 Kb.
    bet1/4
    Sana09.11.2023
    Hajmi75.27 Kb.
    #96591
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Ахборот хати 07.11.2023 МАМ (3)
    Til va savodxonlik fani uchun tuzilgan testlar savollari-fayllar.org, Atxamov J, Mustaqil taʼlim Mediasavodxonlik va axborot madaniyati Xaloqova Ferangiz




    O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
    FANLAR AKADЕMIYASI


    MILLIY ARXЕOLOGIYA MARKAZI
    «O‘ZBЕKISTON ARXЕOLOGIYASI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR»
    mavzusidagi
    Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
    AXBOROT XATI


    7-noyabr, 2023-yil


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI
    MILLIY ARXEOLOGIYA MARKAZI


    AXBOROT XATI
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan “2023-yilda Respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi” ga muvofiq 2023-yil 7-noyabr kuni Milliy arxeologiya markazida “O‘zbekiston arxeologiyasi: muammolar va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.


    Konferensiyada muhokama qilinadigan muammolar:
    1-sho‘ba. Tarix oldi davri arxeologiyasi muammolari
    2-sho‘ba. Paleometall va antik davrlar arxeologiyasi muammolari
    3-sho‘ba. O‘rta asr davri arxeologiyasi muammolari
    4-sho‘ba. Arxeologiyaning fanlararo integrasiyasi

    Ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashishga respublikamiz professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari, ilmiy xodim hamda izlanuvchilarni taklif etiladi. Dastur konferensiya boshlangunga qadar chop etiladi. Konferensiya materiallari to‘plami nashr etiladi. Konferensiyada ishtirok etish uchun konferensiya tezislari 2023-yilning 1-noyabriga qadar qabul qilinadi.


    Taqdim etiladigan konferensiya tezislarini rasmiylashtirishga talablar:
    Konferensiya tezislari rakhmonmurod@gmail.com elektron pochta manziliga yuborilishi lozim (Fayl docx formatida, sho‘ba tartib raqami va muallifning familiyasi bilan nomlanishi lozim, masalan: «1.Omanov Sh.docx»). Konferensiya tezislari va talabnoma ikkita fayl qilinib, bitta xatda yuborilishi kerak.
    Taqdim etilayotgan material Times New Roman tahririda 14-shriftda, 3-5 sahifa hajmda A4 formatdagi qog‘ozga rasmiylashtiriladi. Qog‘ozning hoshiyalaridagi o‘lchamlari: chapdan - 3 sm, o‘ngdan - 1,5 sm, yuqoridan - 2 sm va pastdan - 2 sm. Satr boshi uchun 1,0 sm qoldiriladi. Matn eni bo‘yicha tekislangan (po shirine) bo‘lishi kerak. Qatorlar orasida 1,5 interval.
    Konferensiya tezislari nomi markazga qoraytirilgan shrift bilan yoziladi. Keyingi qator o‘tkazib yuboriladi. Keyingi satrdan muallifning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni yoziladi. Ularning tagiga qator qoldirmasdan kichik xarflarda tashkilotning to‘liq nomi, shahri, davlati. Keyingi qator o‘tkazib yuboriladi va keyingi qatordan maqolaning matni yoziladi.
    Matn ichiga havolalar berilmaydi. Oxirida foydalanilgan adabiyotlar ko‘rsatiladi (namunaga qarang).
    Konferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek, rus.
    Konferensiyaning tashkiliy ishlari va materiallar to‘plamining nashr harajatlari uchun badal undirilmaydi.
    Bitta ishtirokchi 1 ta konferensiya tezisini taqdim etishi mumkin.

    Download 75.27 Kb.
      1   2   3   4




    Download 75.27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Milliy arxeologiya markazi axborot xati

    Download 75.27 Kb.