• O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida O‘zbekiston arxeologiyasi fanining taraqqiyotida jahonning yirik arxeologik markazlari bilan ilmiy hamkorliktadqiqotlarining yutuqlari
  • 10-Мавзу: O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida O‘zbekiston arxeologiyasi fanining taraqqiyotida jahonning yirik arxeologik markazlari bilan ilmiy hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi va tadqiqot yutuqlari




    Download 28,45 Kb.
    Sana28.11.2023
    Hajmi28,45 Kb.
    #107162
    Bog'liq
    10-MAVZU


    10-Мавзу: O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida O‘zbekiston arxeologiyasi fanining taraqqiyotida jahonning yirik arxeologik markazlari bilan ilmiy hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi va tadqiqot yutuqlari
    РЕЖА

    1. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida O‘zbekiston arxeologiyasi fanining taraqqiyotida jahonning yirik arxeologik markazlari bilan ilmiy hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi

    2. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida O‘zbekiston arxeologiyasi fanining taraqqiyotida jahonning yirik arxeologik markazlari bilan ilmiy hamkorliktadqiqotlarining yutuqlari

    Respublika Vazirlar Mahkamasining “O’zR FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida” chiqqan qarori istiqbolda tarixchi, arxeologlar tomonidan o’tkaziladigan tadqiqotlarning dasturi amali bo’lib xizmat qildi. Mazkur qarorning arxeologiyaga tegishli bandlari asosida “O’zbekistonda Arxeologiya fanini rivojlantirish kontsepsiyasi” ishlab chiqildi. “Ta`lim to’g’risida” qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinib, ijrosi ta`minlanmoqda. Barcha fanlar qatori Respublikamiz mustaqilligi yillari O’zbekiston arxeologiyasi fani ham ravnaq topdi. Arxeologiya sohasida jahonning yetuk ilmiy markazlari bilan hamkorlik ishlari yo’lga qo’yildi. Bu fanning ravnaqida Respublikamiz mustaqilligi sharofati bilan xalqimizning o’tmish, boy madaniy merosini o’rganishga hukumatimiz tomonidan e`tibor, g’amxo’rlik ko’rsatilganligi alohida ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan fikr yuritadigan bo’lsak, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2009 yil 25 avgustda Surxondaryo viloyatiga qilgan tashriflari davomida arxeologiya fanini rivojlantirish, arxeologik yodgorliklar tadqiqoti borasida bildirgan fikr mulohazalari hamda bu masalada bergan topshiriq, ko’rsatmalari va ular yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2018 yil 19 dekabr PQ-4068 “Moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bunga yaqqol dalildir.


    Vatanimiz mustaqilligi yillarida O’zR FA arxeologiya instituti keng qamrovli fundamental arxeologik tadqiqot ishlarini amalga oshirish ishlariga rahnomolik qildi va qilmoqda. Bu fundamental tadqiqotlar O’zbekistonning eng qadimgi tosh davri makonlari; bronza davridan to arablar istilosigacha moddiy-madaniyat; o’rta asrlar arxeologik komplekslari yodgorliklarni ximiyaviy tamirlash kabi sohalarni qamrab olgan. Bu tadqiqotlar natijalari Vatanimiz sarhadlarida antropogenez jarayoni masalasini oydinlashtirish, tosh davri jamoalari madaniyatining avtoxton tarzda, uzluksiz, tadrijiy davom etib kelayotganligi, ilk shaharsozlik madaniyati, o’zbek davlatchiligi tarixini arxeologik ashyolarda asoslanishi kabi dolzarb masalalar yechimida muhim ahamiyat kasb etmoqda.Ma`lumki, hozirgi kun jaxon fanida odamzodning paydo bo’lishi va uning ilk vatani masalasi eng dolzarb masala bo’lib, bu borada mutaxassis olimlar turli ilmiy qarashlarni ilgari surishmoqdalar. U.Islomovning Sel-Ungur g’orida olib borgan tadqiqotlari natijalari Vatanimiz xududida bundan 1 mln 200 ming yil oldin odamzod tamonidan o’zlashtirilganligini isbotladi. Antropogenez masalasida 2004-2005 yillar Qo’rg’oshin qal`aning sharqiy tamonida joylashgan Qorachuri degan joyda must`e, so’nggi paleolit jamoalariga tegishli makonlar kashf etilishi ham muhim bo’ldi. Shuningdek, Sulton Uvays tog’ tizmalari janubiy yon bag’ri, Qizil qal`a qishlog’i shimoliy- sharqiy tomonida paleolit makoni aniqlandi.
    Keyingi 10 yilda o‘zbek arxealogiyasi qo‘lga kiritgan yutuqlardan biri uning jahon fani ummoniga o‘z bo‘y-basti bilan kirib borishi bo‘ldi. Ayniqsa bizning arxeologlarimiz rivojlangan Evropa, Amerika va Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qilmoqdalar. O‘zbek arxeologlari jahonda tanilgan arxeologiya markazlari va muzeylarida bo‘lib o‘z ma’ruzalari bilan qatnashmoqdalar. O‘z navbatida xorijlik hamkasblar o‘zbek xalqinin ko‘hna moddiy madaniyatini o‘rganish va uni jahonga tanitishda aktiv qatnashmoqdalar. Hozirda O‘zbekistonda 10 dan ortiq qo‘shma ekspeditsiyalar katta ilmiy arxeologik rejalarni amalga oshirish borasida ish olib bormoqdalar:

    1. O‘zbek-Farang Afrosiyob ekspeditsiyasi (Afrosiyob, Ko‘ktepa);

    2. O‘zbek-Farang Baqtriya ekspeditsiyasi (Ko‘hna Termiz);

    3. O‘zbek-Olmon ekspeditsiyasi (Jarqo‘ton);

    4. O‘zbek-Italiya ekspeditsiyasi (Buxoro);

    5. O‘zbek-YApon ekspeditsiyasi (Qoratepa, Surxondaryo);

    6. O‘zbek-Italiya ekspeditsiyasi (Samarqand);

    7. O‘zbek-Rossiya (Poykent, Buxoro);

    8. O‘zbek-YApon Baqtriya ekspeditsiyasi (Dalvarzin,Surxondaryo);

    9. O‘zbekiston-Avstraliya ekspeditsiyasi ( Qoraqalpog‘iston MR

    10. O‘zbek-Amerika Kesh ekspeditsiyasi (Kitob, SHahrisabz tumanlari);

    11. O‘zbekiston –Rossiya paleolit ekspeditsiyasi (Samarqand va Toshkent viloyatlari);

    12. O‘zbekiston Polsha Qizilqum ekspeditsiyasi .

    Bu qo‘shma ekspeditsiyalar ichida Samarqand va uning atrofida ish olib borayotgan o‘zbek-fransuz ekspeditsiyasining ilmiy kashfiyotlari katta ahamiyatga egadir. (Frans Grene, Isomiddinov M.X). Ushbu ekspeditsiya qatnashchilari 10 yildan ortiq dala mavsumlari davomida Afrosiyobni o‘rganishda muhim yangi sahifalar ochdilar. Ayniqsa stratigrafik kuzatuvlarda qayd etilmagan Afrosiyob Oa, Ob komplekslarini ajratilishi 8 asrga oid muxtasham saroyni to‘la ochilishi, Afrosiyob g‘arbiy qismidagi Juma majid ostidagi mahabatli saroyni o‘rganilishi nafaqat O‘zbekiston, balkim O‘rta Osiyo arxeologiyasidagi muhim kashfiyot hisoblanadi (Isamiddinov M.X., 2000: Karaev YU.V., 1999: Grene F.,Ivanitskiy I.D., 2000: ). Uщbu ekspeditsiya kaщfiyotlari ichida 2000 yili CHelak tumanidagi «sak malikasi» qabrini ochilishi aloxida o‘rin tutadi.
    Keyingi yillarda yana bir O‘zbek-Farang ekspiditsiyasining Ko‘xna Termizdagi iщlari salmoqli Termiz va uni atrofida arxeologik yodgorliklar, ular stratigrafiyasi ayniqsa mudofaa devorlari tarixi chuqur tadqiq etilmoqda. Bu ekspeditsiya o‘zbek xalqi o‘tmish madaniyati chet ellarda keng targ‘ib qilib kelmoqda .YAponiya bilan yana bir xamkorlik ( Tokiodagi « Ipak yo‘li» xalqaro Akademiyasi ) Qoratepa buddaviylik ibodatxonasida ham bir muncha yutuqlar qo‘lga kiritildi. Buddaviylik ibodatxonasining muqaddas inshootlarida stupa va uni atrofida ishlar davom ettirildi. Inshoat hovlisida turgan tokchalarda ikkita haykal topildi. YAna supa yaqinidagi yo‘lakda ikki dona nisbatan yaxщi saqlangan zadagon ayol va erkak haykallari aniqlandi. YAna toщ va gipsdan yasalgan haykaltaroщlik namunalari, sankskrit va kxoroщti alifbolarida bitilgan diniy tekstlar ham qayd etildi ( PidaevЩ., Kato Kyudzo, 2000). Evropani rivojlangan mamlakati Germaniya Arxeologiya insitituti Evroosiyo bo‘limi 1994 yilda buyon Surxondaryo viloyati, SHerobod tumanidagi mashhur Jarqo‘ton yodgorligida izlanishlar olib borilmoqda (Ditrix Xuff, SHaydullaev SH.B.). Xususan, Sopolli madaniyati aholisining diniy qarashlari to‘g‘risida ma’lumotlar qo‘lga kiritildi. Jarqo‘ton arkidagi izlanishlar bu erda nafaqat saroy bo‘lganini balki patriarxal oilalar ham yashaganligini ko‘rsatadi. Misol uchun kovlab ochilgan 4-7 xonali uy-joylarni keltirish mumkin. SHu kungacha Jarqo‘ton yaqinidagi mozorda 2000 dan ortiq qabr o‘rganildi. 1999 yili shu kungacha noma’lum bo‘lgan dafn urf-odati qayd etildi. YA’ni xumga solib ko‘milgan marxumlarni xumga solishdan oldin ochiq osmon ostida quyosh tobida uzoq bo‘lganini tasdiq etuvchi izlar aniqlandi (Ditrix Xuff, Shaydullaev Sh, 2000). Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi Uchquloq yodgorligida Italiya Rim universitetining «O‘rta Osiyo va Hindiston departamenti» olimlari bilan arxeologik ishlar ketmoqda (Mirzaaxmedov D.K., Antonini K.S). Asosan eramizning 4-6 asrlariga doir qatlamlar o‘rganildi. Bu davrda kuchli mudofaa devorlari bunyod etilgani, bu devorlar ehtimol shimol tomondan kutilayotgan turklar hamlasiga qarshi qaratilayotgan edi.
    O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma ekspeditsiyasi (Dalat Ermitaji) ham Buxoro vahosida-Poykend shahar xarobasida ish olib bormoqda (Mirzaaxmedov D.K., Semenov G.L.). Ko‘p yillik izlanishlar natijasida arkda zardushtiylik ibodatxonasi ochildi (eramiz boshlari 8 asr). Bular qatoriga yana muhim yangilik sifatida bu ekspeditsiya a’zolari kovlab ochgan va O‘rta Osiyoda islomning ilk davriga oid masjid hamda minorani keltirish mumkin. Eng muhim va ibratli tomoni bu ekspeditsiya yillik hisobotlarini muntazam nashr etishni boshlab yubordi (Semenov G.L., Mirzaaxmedov D.K., 2000). Keyingi ikki yilda ish boshlagan va o‘ziga xos davlatlararo munosabatlar ramzi bo‘la boshlagan qo‘shma ekspeditsiya O‘zbekiston, Rosiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston respublikalari hududlarida izlanishlar olib bormoqda (Akademik O‘.I. Islomov va Rossiya FA akademiki A.P.Derevyanko). O‘zbekistondagi arxeologik tadqiqot ishlarini FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining Tarix, arxeologiya, etnografiya instituti, O‘zbekiston respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining san’atshunoslik instituti, O‘zMU va SamDU arxeologiya kafedralari hamda Qoraqalpog‘iston Davlat universiteti Tarix fakulteti faoliyatlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Xususan, uzoq Avstraliyaning Sidney universiteti bilan dastlab Ustyurtda ko‘chmanchilar madaniyatiga oid yodgoliklar (strekovidnыy soorujeniya) o‘rganilgan bo‘lsa hozir dehqonchilik vaholarida ham (Tashqirmon) arxeologik qazuv ishlari olib borilmoqda (t.f.d. YAgodin V.N.). Akademik E.V.Rtveladze sayi – harakatlari bilan Janubiy O‘zbekistondagi noyob yodgorlik Kampirtepada so‘ngi uch yilda yana arxeologik ishlar jonlanib ketdi va bu nodir yodgorlik to‘g‘risida umumlashma ishlar elon etildi (Qurbonov S.A.,2000). Sanatshunoslik institutining yana bir arxeologiya guruxi YApon arxeloglari bilan Surxondaryo viloyatidagi Dalvarzintepada boshlangan tadqiqot ishlari davom etmoqda (Turgunov B.A.) (Materialы polevыx isledovaniy.,1997-1999). Milliy universitet (t.f.d. Sulaymonov R.X.) Qashqadaryoda Erqo‘rg‘on yodgorligida, Kitob-Shahrisabz vohalaridagi ishlari unumli bo‘ldi. Birinchi bor Qashqadaryo So‘g‘di ilk dehqonchilik yodgorliklari irrigatsiya inshoatlari bo‘yicha sistemalashtirildi (Lushpenko O.N.,1998). Paleolit davri jamoalarimoddiy madaniyatinio’rganishda O’zR FA arxeologiya xodimlari tomonidan Qizilqumning Ko’kayaz pastqamligida qator ashel, muste yodgorliklarining topilishi, SamDU arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan 2000 yili O’rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog’ massivi shimoliy yon bag’rida Sazag’on qishlog’i markazida Olmabuloq yonida paleolit makonini kashf etilishi ham ahamiyatli. Shuningdek, bu davr jamoalari modiy madaniyati tadqiqoti bo’yicha Rossiya FA Arxeologiya va etnografiya Instituti Sibir bo’limi va O’zb FA arxeologiya instituti hamkorlikda1998yildan e`tiboran Obi-Raxmat g’or makoni tadqiqoti natijalari muhim bo’ldi. 10 metr qalinlikda madaniy qatlam 22 ta stratigrafik qatlamga ajratildi. Obi-Raxmat g’oridan topilgan odam qoldig’i kramonyon odamining bir turi bo’lib chiqdi «Obiraxmat odami». Bu tadqiqotlar A.P.Derevyanko va U.Islamov raxbarligida amalga oshirildi.2001 yili U.Islamov raxbarligida O’zR FA arxeologiya instituti bir guruh xodimlari Angren vohasida komplekst ravishda tadqiqot ishlarini amalga oshirdi. Vatanimiz janubiy hududida joylashgan Teshiktosh g’or makonida ham 2002 yilO’zbek- Rossiya qo’shma ekspeditsiyasi qayta tekshiruv ishlarini amalga oshirdi. G’ordan chekkaroqda tekshiruv shurfini qazib ko’rishdi. Qazish jarayonida qimmatli arxeologik manbalar qo’lga kiritilinib, bu makon Teshik-tosh 2 makoni deb nomlandi. 2007-2011 yillari Ko’lbuloq yodgorligidaxalqaro Markaziy Osiyo paleolit otryadi tadqiqot ishlarini amalga oshirdi. 1998 yildan Rossiya FA Sibir bo’limi arxeologiya,etnologiya institutining xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan toshdavriyodgorliklarinitizimlio‘rganishishlariamalgaoshirilaboshlandi. Xususan, Dodekatim-1,2, Qizilolma-2, Paltov kabi yangi paleolit yodgorliklari kashf etildi, Ko’lbuloq yodgorligida tadqiqotlar davom ettirildi. Qashqadaryo vohasi muste davri jamoalari moddiy-madaniyatini o’rganishda O’zbekiston-Amerika arxeologik ekspeditsiyasining2001, 2002, 2003 yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlari muhim bo’ldi. Bu tadqiqotlar R.N.Sulaymonov, M. Glantz, P.Shrauber, P.Xuges, E.T. Fyodorovlarlar tomonidan amalga oshirilib tosh davriga oid bir qancha yodgorliklar kashf etilgan. Bular Shaxrisabzdan shimol tomonda Oyoqchi tog’ tizmasida joylashgan Kattakamar va Angillak g’or makonlari xisoblanadi. Kattakamar g’or makonida madaniy qatlam o’rganilib 200 ga yaqin tosh buyumlar kolleksiyasi topilgan. R.N. Sulaymonov hamda geolog E.T. Fyodorovlarning fikricha bu yodgorlik muste davri jamoalariga tegishlidir.Tosh qurollari, qirg’ichlar, tosh o’zaklari, teshgich, kesgich, poykansimon qurollaridan iborat.Angilak g’ori. Bu yodgorlik 2001-2003 yillar yuqorida zikr etilgan ekspeditsiya xodimlari tomonidan o’rganilgan bo’lib, madaniy qatlamdan 500 ga yaqin tosh buyumlari topilgan. 1999 yiliO‘zbek-Fransuzgeografik-arxeologikekspeditsiyasixodimlaritomonidan SHimoliy-SHarqiyQizilqumda Ko’kayaz havzasidan paleolit davriga Ko’kayaz 1,4,8 yodgorliklari tadqiqetildi. Keyinchalik bu mintaqada yana qidiruv ishlari bajarilib, 8 ta punkt tosh qurollari bilan topilgan va bu punktlardan topilgan tosh qurollari texnik-tipologik tahliliga ko’ra ular tosh qurollarini yasashga mutaxassislashgan ustoxona deb eneolit davri bilan sanalanmoqda.
    Paleolit davri jamoalari modiy madaniyati tadqiqoti bo’yicha Rossiya FA Arxeologiya va etnografiya Instituti Sibir bo’limi va O’zb FA arxeologiya Instituti hamkorlikda1998yildan e`tiboran Obi-Raxmatg’or makonida tadqiqotishlarini amalga oshira boshlaganligi muhim ilmiy axamiyat kasb etadi. Tadqiqotishlari 1998-2001 yillari bajarilib, 10 metr qalinlikda madaniy qatlam 22 ta stratigrafik qatlamga ajratildi. 2001 yilgi tadqiqot natijasi juda sermahsul bo’lib, o’rta paleolit davri madaniyatidan so’ngi paleolit davriga o’tishni tosh qurollari evolyutsiyasi orqalikuzatish imkoni bo’ldi. Bu tadqiqotlar natijalaridan eng muhimi Obi-Raxmat g’oridan odam qoldig’i topilgani hisoblanadi. Bu kramonyon odamining bir turi bo’lib chiqdi. Bu tadqiqotlar A.V.Derevyanko va U.Islomov raxbarligida amalga oshirildi. 2001 yili U.Islomov raxbarligida O’zR FA arxeologiya instituti bir guruh xodimlari Angren vohasida kompleks ravishda tadqiqot ishlarini amalga oshirdi. Qo’lga kiritilgan yangi manbalarmakoni so’nggi paleolit davri ilk bosqichlariga oid makon ekanligini ko’rsatdi.
    Vatanimiz janubiy hududida joylashgan Teshiktosh g’or makonida ham 2002 yilO’zbek- Rossiya qo’shma ekspeditsiyasi qayta tekshiruv ishlarini amalga oshirdi. G’ordan chekkaroqda tekshiruv shurfini qazib ko’rishdi. Qazish jarayonida qimmatli arxeologik manbalar qo’lga kiritilinib, bu makon Teshik-tosh 2 makoni deb nomlandi. 1994-1995 yillariJarsoyyodgorligi, 2005 yiliPaltovyodgorligi, 2006-2010 yillaridaDodekatim 2. 2007-2013 yillaridaKo‘lbuloqyodgorligidaqaytatadqiqotishlari,2007-2008 yillariQizilolmaqazilmalari, 2013 yildaKattasoyyodgorliklaridatadqiqotlaramalgaoshirilgan. O‘zbekistonvaPolshaxalqaroarxeologikekspeditsiyasixodimlari (K.SHimchak, M.Xo‘janazarov, R.Suleymanov, N.Tashkenbaev) tomonidan 1994 yildanQo‘turbuloqpaleolitmakonidaqaytatekshiruvishlariamalgaoshirilgan. Кейинги йиллар мобайнида Ўзбекистон миқёсида 30 га яқин археология отрядлари қазув тадқиқот ишларини амалга оширдилар. Шундай тадқиқотлар жумласига Ўзбекистон-Германия экспедициясининг бронза даврига оид Сурхандарёнинг тоғ ҳудудида жойлашган Тиллабулоқда амалга оширган тадқиқотлари муҳим ҳисобланади. Бу ёдгорлик Мюнхен Университети К.Каниут, М. Грубер, А. Курмангалиева, М.Макки, П.Биро, Д.Шайдуллаев, А.Шайдуллаев, К.Шейко, Л. Шейко каби археологлар ҳамкорлигида тадқиқ этилди. Бу ёдгорлик 2007 йилдан эътиборан ўрганилиб келинмоқда. Ҳаммаси бўлиб, 1060 кв.м. майдон сатҳида маданий қатлам ўрганилди. Ёдгорликдан топилган сопол буюмлар Германия ва Англия лабараторияларида ўрганилади. Топилган буғдой ва бошқа донли экинлар қолдиқлари радиоуглерод анализи асосида ёши аниқланиб, шу асосда Сополли маданияти хронологик санаси ойдинлаштирилиши режалаштирилмоқда. 2002,2005,2007-2009 йиллар мобайнида Хоразм ҳудудида илк ўрта асрга оид Куюкқалъа ёдгорлиги М.М.Мамбетуллаев томонидан тадқиқ этилмоқда. Тадқиқотчининг кўрсатишича ёдгорлик 3 та шаҳар тизими таркибий қисмидан иборат ва у 6-8 асрларга оид бўлиб, майдони 2 гектарни ташкил қилади.
    2009 йили ҳукуматимиз томонидан қабул қилинган «Археология меъроси объектларини муҳофаза қилиш ва улардан фойдаланиш тўғрисида»ги қонунида очиб ўрганилаётган археология ёдгорликларининг консервация ва реставрациясига катта эътибор қаратилган. Фарғона вилоят музейининг махсус отряди 1990 йилдан эътиборан Г.П.Иванов бошчилигида Мўйимуборак ёдгорлигида археологик қазишмалар олиб бориб милодий 5-6 асрга оид сопол идиш қолдиқлари топилган. 2007 йил кузида Ўз ФА Археология институти Фарғона экспедициясининг махсус отряди Қўқоннинг узоқ ўтмиш тарихини ўрганиш учун археологик тадқиқот ишларини бошлаб юборди. 2010-2012 йиллари Ўзбекистонда олиб борилган археологик тадқиқотлар кенг кўламда амалга оширилди. Хусусан, Ўзбекистон- Италия халқаро экспедицияси ( К.Абдуллаев, К.Женито) Қўйтепа ёдгорлигида тадқиқот ишларини олиб борди. Самарқанд вилояти Пасдарғом туманида жойлашган мазкур ёдгорлик Самарқанд сўғдининг деҳқончилик ҳудудларини дашт билан туташган ерида фаолият кўрсатган. Ёдгорликда олиб борилган дастлабки қазишмалар унинг антик даврда барпо қилинганлигини ҳамда меъморчилик, ҳунармандчилик ривожланганлигини кўрсатди. Тадқиқотлар бу ёдгорликни мил.авв. 2 ва милодий 1 асрга оид эканлигини кўрсатди. 2007-2011 йиллари Самарқанд вилоятидаги Дабусия вилоятида Ўзбекистон- Япония экспедицияси тадқиқотлар олиб бориб, унинг арк қисмида илк ўрта асрларга мансуб кулоллик маҳсулотлари, шиша, темир буюмлар ва ноёб танга топилмаларини қўлга киритдилар. Шунингдек, Франциянинг 5 та отряди ҳар йили Ўзбекистонга келиб тадқиқотлар ўтказмоқдалар. Хусусан, Сурхандарё вилоятидаги Жарқўтон ёдгорлигида Ўзбекистон- Франция-Жарқўтон отряди 2009-2011 йилларда тадқиқотлар олиб боришиб Жарқўтонда биринчи маротаба ярим ертўла шаклдаги яшаш жойлари, илк темир даврига оид дафн маросимлари, бронзадан ясалган сурмадонлар топилди. 2007-2012 йиллар мобайнида Ўзбекистон- Россия экспедицияси Бухоро вилоятидаги Пойкент шаҳарчасида археологик тадқиқот ишларини амалга оширдилар. Ёдгорликнинг арк, шаҳристон ва шаҳар атрофларидаги қазишмалари янги маълумотлар берди. Ўзбекистон- Франция (Лувр) халқаро экспедицияси томонидан Пойкент шаҳарчаси шаҳристонида қазишмалар олиб борди. А.Раимкулов таъкидлашича 2 та хўжаликка мансуб хоналар тадқиқ этилиб, улар ўртасидаги йўлак очилган. Йўлакнинг ёнида ғарбдан шарққа томон оққан саёз арича аниқланди. Тадқиқотда ариқнинг ичига унинг йўналиши бўйлаб сопол қувур ётқизилганлиги маълум бўлди. Узоқ йиллар давомида таъмирлаш натижасида йўлак ва ариқчанинг сатхлари 1 м дан ортиқ кўтарилиб кетган. Бу ҳолат ҳозиргача Мовароуннаҳрнинг бирон бир ёдгорлигида кузатилмайди. 2010 йили Ўзбекистон- Америка халқаро экспедицияси Сурхондаё вилоятининг Олтинсой туманидаги Қизилтепа ёдгорлиги қазишмаларини бошлади. Дастлабки қазишмалар 20 асрнинг 70 йилларида ўтказилган, лекин охирига етказилмаган. Шу боис Қизилтепа аркида амалга оширилган тадқиқотлар бу еда сарой типидаги маҳобатли бино қад ростлаганлиги ва у эрамиздан аввалги 6 асрда барпо этилганлиги маълум бўлди. 2009-2011 йиллари Навоий вилояти Сармишсой ёдгорлигида Ўзбекистон- Франция, Ўзбекистон- Норвегия, Ўзбекистон- Польша экспедициялари тадқиқот ишларини олиб боришди. Улар нафақат қоятош суръатларини балки, ёдгорлик атрофидаги барча турдаги ёдгорликларни комплекс тарзда ўрганди. Ўзбекисто – Америка халқаро экспедициясининг Бухоро вилоятида 2010-2012 йиллари Кампирдевор қолдиқларида амалга оширган тадқиқотлари муҳим аҳамият касб этмоқда. Бундан ташқари 2007-2012 йиллари Сурхондарё вилоятидаги Таллитоғора, Добулқўрғон ёдгорликларида Афросиёбда, Кўктепада, Жиззах вилоятидаги Култепа, Фарғона вилояти музейининг Риштон ва Қувада олиб борган тадқиқотлари Қорақолпоғистондаги Қўшқонатов ёдгорлигида, Бухоро шаҳрида муҳим археологик қазиш ишлари амалга оширилган. Шунингдек, Жиззах шаҳридаги Қизлартепа ёдгорлигида ҳам муҳим археологик қазишма ишлари амалга оширилди. Бу ёдгорлик М.Х.Пардаев, И.Х.Убайдуллаевлар томонидан 2011 йили тадқиқ этилган. Ёдгорлик Жиззах шаҳри шимолий-ғарбида Қалиятепа ёдгорлигидан тахминан 350 м жанубда жойлашган. Ёдгорликнинг арк, шаҳристон, работ каби қўшимча қурилишлари мавжуд эмас. М.Х.Пардаевнинг тадқиқотича Жиззах воҳаси халқларининг 9-10 асрларга оид тарихи бугунги кунда деярли ўрганилмаган. Шу сабабли, Қизлартепа ёдгорлигида дастлабки тадқиқот ишлари 2007 йилда бошланди. 2010-2011 йилларда қазув ишлари давомида 12 та хона ўрни аниқланди ва уларнинг аксарияти тўлиқ очилди. Хона деворлари пахсадан қурилган. Деворларнинг қалинлиги 0,80 см, баландлиги 0,60 см. Деворларнинг сирти 1,5-2 см қалинликда сомонли лой билан сувалган. Хонанинг шимолий- ғарбий бурчагида ҳамда жанубий-ғарбий томонида 2 та ўчоқ ўрни аниқланди. Ўчоқлар айлана шаклда. Хонанинг жанубий қисмида эшик ўрни аниқланган.Хоналарнинг тузилиши деярли бир хил. 12- хонадан Қорахонийлар даврига оид танга топилган.
    Қазув ишлари давомида кулолчилик чархида ясалган сирланган ва сирланмаган сопол идишлар топилган. Мазкур идишлар комплекси Уструшонанинг марказий қисмидаги шаҳристон, Қултепа, шунингдек, Самарқанд сўғди, Бухоро сўғди, Чоч ва Фарғонанинг 10-12 асрларга оид кулоллик идишларига ўхшаш.
    Қашқадарё вилоятидаги Ялпоқтепа ёдгорлигида олиб борган тадқиқотларининг илмий аҳамияти муҳим. Бу ёдгорлик Қашқадарё воҳаси Ғузор шаҳридан 8-9 км шимолда Қўштепа ва Ярғунча қишлоқлари оралиғида жойлашган. Ёдгорлик ўтган асрнинг 80 йилларида Археология институтининг археологлари томонидан тадқиқ этилиб, милодий 1-8 асрлар билан саналаштирилган. Ёдгорлик йирик қалъа- шаҳарнинг қолдиқлари бўлиб, тўртбурчак шаклга эга. Умумий майдони 5 га. Ялпоқтепанинг шимолий ғарбий қисмида арк жойлашган. Унинг майдони 60х60 м, баландлиги 14-15 м. Шаҳар мудофаа деворлари ҳамда 2 та дарвоза ўрни яққол кўзга ташланади. Аркнинг тўрт бурчагида 4 та минора буржлари мавжуд. Ёдгорликда мил.авв. 2-1 асрларда милодий 8 асрларгача бўлган давр сопол буюмлари топилган. Ўзбекистон – Туркия халқаро экспедицияси 2006-2007 йилларда қазишма ишлари олиб борган ( доктор Иброҳим Чешмели). Археологик қазишма жараёнида пиёлалар, кўзалар, хмчалар, косалар, қозонлар, қопқоқлар, чироқдонлар топилган. Хуллас, Ялпоқтепа антик, илк ўрта аср ёдгорлиги бўлган.
    Юқорида келтирилган маълумотлар Республикамиз мустақиллиги йиллари ўрта асрларга оид ёдгорликлар тадқиқотида муҳим ютуқ, кашфиётлар бўлганлиги, манбалар қўлга киритилганлигини билдиради.
    Download 28,45 Kb.




    Download 28,45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-Мавзу: O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida O‘zbekiston arxeologiyasi fanining taraqqiyotida jahonning yirik arxeologik markazlari bilan ilmiy hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi va tadqiqot yutuqlari

    Download 28,45 Kb.