2-mavzu: Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida Mashgʻulot rejasi




Download 54,64 Kb.
bet7/14
Sana13.01.2024
Hajmi54,64 Kb.
#136286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
2-amaliy.Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida

295-mashq. Matnni o‘qing. Aniq nisbatdagi fe’llarni aniqlang.
Yomg‘ir kechasi tindi. Beg‘ubor zangori osmonda lovullagan quyosh nuri koʻm-ko‘k barglar, baxmal sabzalar orasiga to‘kilmoqda. Hamma dalada. Bog‘larda ko‘k­lam taraddudi.
O‘qishdan keyin rasm to‘garagida mashg‘ulot o‘tkazib, kechroq uyga keldim. Oyim issiq non yopib qo‘ygan ekanlar. Ovqatlanib bo‘l­ganimdan so‘ng oyim:
– Darsingni keyinroq tayyorlaysan. Bobongning qorni ochib qoldi. Tezroq ovqat olib bor! – deb qo‘limga non bilan ovqatni tutqazdilar. Dalaga jo‘nadim. O‘rtog‘im Abboslarning bog‘iga yaqinlashganimda qarshimdan qafas ko‘tarib Mahkam, Xoltoy va Sharifjonlar chiqib qolishdi. (G‘ayratiy)
296-mashq. Orttirma nisbatdagi fe’llarni aniqlang. Nisbat yasovchi qo‘shim­chalar tagiga chizing.
1. Anvar boyagicha kuldi. (A. Qodiriy) 2. Umrida minbarga chiq­magan Mirvali bangi ham, o‘zicha aytganda, mehrobga so‘zga chiqib, so‘zining oxirida hammani kuldiradi. (A. Qodiriy) 3. Jo‘ra boboning to‘rig‘i uloqqa jipsroq chopdi. (T. Murod) 4. Andijonda yuz bergan vahshatlar xabarini Samarqandga yetkazish uchun loy sachratib ot choptirib borayotgan Tohir endi Quvaga yaqinlashdi. (P. Qodirov) 5. G‘u­lomjon, uzoq yillar og‘ir yotib turgan kasalday, bahor va yoz pal­lalarini qish­loqda istirohat bilan o‘tkazdi. (M. Ismoiliy) 6. Navoiy o‘zi tengi keladigan Mirza­bekni ichkilikdan qaytarishga, unda she’r va musiqiyga havas uyg‘otishga hara­kat qilardi. (M. Osim) 7. U qayroqi bug‘doy unidan yog‘li patir, somsa yopdi, qat­lama pishirdi. (I. Rahim) 8. – Necha marta ko‘rgansan, kelgan kuni ko‘rsatdim-ku, – dedi Erali qavat-qavat qilib buklangan xatni serjantga uzatarkan. (I. Rahim) 9. Obid aka buklama pichog‘ini tarvuzning dumiga shunday tegizishi bilan tarvuz yorilib ketdi. (O‘. Umarbekov)
Orttirma nisbat shakli qanday qo‘shimchalar bilan yasaladi?
297-mashq. Berilgan fe’llarga turli orttirma nisbat qo‘shimchalarini qo‘shing. So‘ng ayni bir fe’ldan yasalgan orttirma nisbat shakllarini ketma-ket almashtirib gap tuzing.
Namuna: to‘lmoq – to‘ldirmoq, to‘lg‘izmoq. Nodir qopni olma bilan to‘ldirdi. Nodir qopni olma bilan to‘lg‘izdi.
Ichmoq, o‘tmoq, ketmoq, uzaymoq, chiqmoq, to‘lmoq, botmoq, kiymoq, oqmoq, yurmoq.
Orttirma nisbatning bir o‘zakdan turli qo‘shimcha bilan yasaluvchi shakllarini ma’nodosh shakllar deyish mumkinmi?

Download 54,64 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Download 54,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu: Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida Mashgʻulot rejasi

Download 54,64 Kb.