|
2-mavzu: Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida Mashgʻulot rejasi
|
bet | 10/14 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 54,64 Kb. | | #136286 |
Bog'liq 2-amaliy.Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatidaBo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar
304-mashq. O‘qing. Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llarni aniqlab, ma’nosidagi farqni tushuntiring. Ularni ikki guruhga ajratib yozing va bo‘lishsizlik ma’nosini ifodalovchi vositalar tagiga chizing.
1. Nafisa yig‘ladi-yalindi, yalindi-yig‘ladi.. Lekin A’zamning bemehr ko‘ngli yumshamadi. (Shuhrat) 2. Bunday hayot bir qarichlikdan yo‘qchilikka, mehnatga ko‘nikib o‘sgan qizni sira bezdirmaydi. (Oybek)
3. Xalqim, moziy o‘tdi, tole ko‘rmading,
Pishirding, o‘zingga benasib taom. (A. Oripov)
4. Jinday damimni rostlab olay, uh, haliyam oyog‘imning qaltirog‘i bosilgani yo‘q. (Hamza) 5. Bu safar bank vaqtida pul beribdi. Kassir oylik tarqatyapti. (Sh. Toshmatov) 6. Boltaboy kechki ovqatdan keyin keldi. (A. Qahhor) 7. Bobur bu gal yana aldanmaslik uchun shahar ichidagi tarafdorlarining hech biriga xabar bermasdan, faqat o‘z kuchiga ishonib, tavakkal qilib keldi. (P. Qodirov) 8. Akam birovning tomini teshib qamalgan emas, yo birovning haqini yegan emas. (Oybek) 9. Yunusali ota shu kungacha ularning bordi-keldi gaplariga aralashmay chidab keldi. (S. Ahmad) 10. Yurt ishiga yaramagan bola qay ishga yaraydi? (S. Ahmad) 11. Kuyovning qayerda ekanini hech kim bilmaydi. Kelin uyga qamalib olgan – na yolvorganga ko‘nadi, na aldaganga. (A. Qahhor) 12. Kun misday qizib ketgan, faqat adir va soylardan kelgan shabada kunning taftini kesib, odamlarga orom berib tur-moqda. (H. Nazir)
Fе’l mayllari
305-mashq. Gaplarni o‘qing. Fe’l kesimlarning qaysi mayl shaklida ekanligi va ma’nosini tushuntiring. Aniqlik, buyruq-istak va shart-istak maylidagi fe’llarni alohida-alohida yozing.
1. Onasi tandir oldida qo‘liga yengcha kiyib, loladek qip-qizil kulcha betiga suv sepyapti. (S. Ahmad) 2. – Gapir, – dedi Dildor. (S. Ahmad) 3. Sidiqjon bo‘sag‘adan bir qadam ichkarida cho‘nqaydi-da, bolani yerga qo‘yib, onasiga yo‘lladi. (A. Qahhor) 3. Tezroq tuzatib beringlar, bugun-erta nevaram askarlikdan keladi. (T. Ashurov) 4. Buni Kenjaga bering. Ichidan yaroqlisini ajratib bersin. (A. Qahhor) 5. Kech deganda, martning birinchi yarmida chigitni ekib olsak, marra bizniki. (N. Safarov) 6. Ishqilib Tursunboyginamga ham xudo insof bersin-da. (S. Ahmad) 7. Gorchakovo stansiyasiga Toshkent tarafdan kechasi soat uch yarimda keladigan passajir poyezdi endi kuniga uch-to‘rt mahal o‘tadi. (S. Ahmad) 8. Qani endi birov loaqal bitta pichoq charxlatsa. (A. Qahhor) 9. Shunaqa qimmatidan olmasdan, gazmol olib kelsangiz-ku, bir xil qilib tikib berardim. (R. Fayziy) 10. Ilohim, baxtli bo‘l! Onangga, otangga rahmat, senga ish o‘rgatishibdi. (Oybek) 11. Endi darsni ham boshqa joyda tayyorlasak. (A. Qahhor) 12. Men boray. Ertaga zo‘r ish bo‘ladiganga o‘xshaydi. (S. Ahmad)
324-mashq. Gaplarni o‘qing. To‘liqsiz fе’llarni topib, ma’nosi va imlosini tushuntiring.
1. Odamxo‘r dеvlarni yuzlab chaqirim joydan ko‘rgan zahoti Burgutning ko‘zlaridagi olov dеvga borib chaqmoq bo‘lib urilar ekan. 2. Hirotda hazrat bobom nomiga ham madrasa qurilgan-ku. Hеch bo‘lmasa o‘shal madrasaga dafn etsalar bo‘lmasmidi? 3. – Gavharshodbеgim – mеning onam ekanini unutmang, amirzoda. 4. – Mеni afu eting, hazrat otajon... Qamoqda yotganimda o‘tgan alamlar hali xotiramdan chiqqan emas. 5. Elchilar orqali Alouddavlaga shu savol bеrilganda, “Podshoh hazratlari bizni ma’zur tutsinlar, inimiz Abulqosim Bobur bilan urush harakatlari to‘xtagan emas”, ‒ deb javob berdi. 6. Bu soqchilar tashqi ko‘rinishidan bеgimni qo‘riqlab yurgan bo‘lsalar ham, aslida Alouddavla tomonidan qo‘yilgan xufiyalar edi. 7. Alouddavla momosining Ulug‘bеkka yoki Abulqosim Boburga yon bosishida xavotirda bo‘lgani uchun bеgimning har bir qadamini kuzatib turadigan qoʻriqchilar qo‘ygan.
|
| |