2-mavzu: Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida Mashgʻulot rejasi




Download 54,64 Kb.
bet12/14
Sana13.01.2024
Hajmi54,64 Kb.
#136286
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2-amaliy.Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida

Savol va topshiriqlar:
1. Fe’l zamonlari deganda nimani tushunasiz?
2. Zamon ma’nosi necha xil ko‘rinishga ega?
3. O‘tgan zamon shakllari qanday yasaladi?
4. Mashqdagi misollar asosida o‘tgan zamon shaklidagi fe’llarning ma’no­sidagi farqni tushuntiring.
5. Hozirgi zamon shakllari qanday yasaladi?
6. Mashqdagi misollar asosida hozirgi zamon shaklidagi fe’llarning qo‘llanishi-dagi farqni tushuntiring.
7. Kelasi zamon ma’nosi qanday shakllar bilan ifodalanadi?
8. Zamon shakllarining har biri ishtirokida bittadan gap tuzib, yozing.


308-mashq. Gaplardagi fe’llarning zamon shakli va ma’nosini izohlang. Bu gap­larda aslida qaysi shakl qo‘llanishi lozimligini, nima uchun berilgan gaplarda shu shakl qo‘llanganini ayting.

1. Alisher Navoiy 1941-yilda tug‘ildi. 2. Saidxon aka… bu qanday ko‘rgilik-a? Endi men nima qildim? (O‘. Umarbekov) 3. – Endi sizning etagingizni ushlaganim ushlagan, O‘rmonjon aka, – deb ko‘ziga yosh olganday bo‘ldi. (A. Qahhor) 4. Safar ikkimiz yantoq ortilgan eshagi­miz qadamiga qarab kelyapmiz. Bir jihatdan bo‘riga yem bo‘lmay omon qolganimizga xursand bo‘lsak, ikkinchi tomondan bedana ovi­dan mahrum bo‘lganimizga achinardik. (N. Safarov) 5. Erta kuz kun­laridan birida Kamol: “Singlingning to‘yi bo‘lyapti, tezda yetib keling­lar!” degan telegramma oldi. (Sh. Xolmirzayev) 6. Shu kuni yo‘lakka kelib quloq soldim. Hovli jimjit, ariq bir qiyomda shovullaydi, chorvog‘ tomondan ba’zan barra ma’raydi. Qa­yer­dadir sariq so‘piyon kiyov­laydi... birozdan keyin hovlidan tap-tup va shil­di­ra­gan, jiringlagan tovush eshitildi. (A. Qahhor) 7. Bu ishning har bir varag‘idan shax­­siy g‘araz hidi keladi-ku. – Xo‘sh, qandoq shaxsiy g‘araz ekan? – Poraxo‘r deyiladi, poraxo‘rligiga dalil yo‘q. Xotinni zo‘rlagan, odam o‘ldirgan de­yi­ladi, da’vogar yo‘q. (A. Qahhor) 8. Boya menga uchrashdi; g‘uldir-g‘uldir qiladi, maqsadiga hech tushunolmadim. (A. Qodiriy)



Download 54,64 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 54,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu: Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida Mashgʻulot rejasi

Download 54,64 Kb.