|
Xx asrning 80-yillari so‘ngida O‘zbekistonda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolar
|
bet | 1/6 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 66 Kb. | | #254995 |
Bog'liq sirtqi tarixga 5 ta mavzu
XX asrning 80-yillari so‘ngida O‘zbekistonda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolar
XX asr 80-yillariga kelib ro‘y bergan ulkan siyosiy voqealar jahon taraqqiyotini keskin o‘zgartirib yubordi. Xalqaro maydonda qarama-qarshilikka, sinfiy ziddiyatga, o‘zaro kamsitishlarga va zo‘ravonlikka asoslangan, besamar «sotsialistik taraqqiyot» yo‘lini mahkam ushlagan, dunyoning oltidan birida umumbashariy g‘oyalarni rad etib, faqat kuch ishlatish va xalqlarni qaramliqda saqlab turish yo‘lini amalga oshirib kelgan yirik imperiyalardan biri bo‘lgan SSSRning parchalanib ketishi dunyoda yangicha siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy ahamiyat kasb etdi1.
XX asrning 80-yillari sovet davlati hukmronlik qilgan yillarning eng murakkab, mas’uliyatli burilish davri bo‘ldi. Bu yillarda ichki ziddiyatlarning keskinlashishi natijasida muqarrar halokatga yuz tutadi, deb hisoblanilgan davlatlar (kapitalizm) tobora rivojlanib, o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko‘tarildi. Bu davlatlarda ijtimoiy ziddiyatlar keskinlashmadi, aksincha, eng «inqilobiy kuch» hisoblangan ishchilar sinfi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniyma’naviy talablarini amalga oshirishga imkon ham topa oldi. Sharqiy Yevropadagi «sotsialistik hamdo‘stlik» deb atalgan mamlakatlar o‘z e’tiborini G‘arbga qaratib, rivojlangan demokratik davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlashga harakat qila boshladi. Osiyo, Afrika mamlakatlari, «sotsialistik taraqqiyot» yo‘liga o‘tgan yoki o‘tishga intilayotgan davlatlar ham keskin iqtisodiy inqirozlar va ijtimoiy, siyosiy bo‘hronlar girdobida qolib, o‘z taraqqiyotida mustamlakachilik davridagidan ham og‘ir ahvolga tushib qoldilar.
Sovet hukumatida esa dastlabki o‘n yillar davomida shakllangan boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usuli ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi ahvolni ma’lum darajada saqlab turib, «sotsialistik jamiyat» imkoniyatlariga haddan tashqari urg‘u berildi, erkin bozor munosabatlaridan voz kechilib, sotsialistik iqgisodiyotning ekstensiv rivojlanish yo‘li tanlandi. Natijada xalq xo‘jaligi tarmoqlari ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruvi asosida biryoqlama rivojlantirildi, ma’naviy bo‘shliq yuzaga kelib, salbiy illatlar — ko‘zbo‘yamachilik, poraxo‘rlik kabilar avj oldi va jamiyat tanazzul yoqasiga kelib qoldi. Rejali iqtisodiyot «rejali taraqqiyot yo‘lidagi» jiddiy to‘siqqa aylandi.
Ma’lumki, sovet davlati siyosatida ham milliy masala uzilkesil hal qilinganligi, barcha xalqlar ixtiyoriy ravishda yagona teng huquqli oilaga birlashgani, milliy madaniyatlar va tillar rivoji o‘zining «yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilganligi» haqida ta’riflar berilsada, buning zamirida payqab olish qiyin bo‘lmagan murakkab va ziddiyatli maqsadlar yotgan. Chunonchi, respublikalarda ishlab chiqarish kuchlarini birtomonlama rinojlantirib, ularning Markazga qaramligini kuchaytirish ana shuiday niyatlardan bo‘lib, bundan ko‘zlangan maqsad respublikalar yagona umumittifoq xalq xo‘jalik majmuiga mahkam bog‘lab qo‘yish bo‘lgan edi. SSSRda kommunistik mafkuraning eng muhim maqsadi, — degan edi I. A. Karimov, — aholini baynalmilallashtirish hamda «markaz»ning «sovet xalqi» degan o‘ziga xos sotsial birlikni shakllantirish g‘oyasini amalga oshirish chog‘ida barcha milliy xususiyatlar asosiy to‘siq hisoblangani sir emas edi1.
Sovet davlati milliy masalaga proletarcha ruhda yondashib, jamiyatni ezuvchi va eziluvchiga, boylar va kambag‘allarga ajratdi, milliy manfaatlarning va milliy muammolarning murakkab va xilmaxil ekanligini unutib, uning muttasil rivojlanib va chuqurlashib borishini e’tiborga olmadi, natijada tor milliy manfaatlar atrofida o‘ralashib qolish holatlari yuzaga keldi. Sovet davlatining «sotsializm qurishning sharti» bo‘lgan milliy avtonomlashtirish siyosatiga qarshi chiqqanlar «xalq dushmanlari», deb e’tirof etildi. Shu tariqa «proletar internatsionalizmi» g‘oyasi yuzaga keldi. Sovet davlatining nazariy asoslari qurilayotgan vaqtda proletariat diktaturasining asoschisi V.Lenin chizib bergan yo‘ldan borildi. V. Lenin millatga tegishli har qanday jiddiy masalani milliylik jihatidan emas, balki sinfiylik jihatidan hal qilish kerakligini uqtirib, sotsialistik tuzumga xos bo‘lgan yakka partiyaning milliy imtiyozlarga qarshi siyosatini yoqlab chiqqan edi. Ushbu g‘oyalar majmuida qurilajak «sog‘lom kommunistik jamiyat» kishilari nafaqat o‘z fikri, tuyg‘usi bilan, balki kiyinish madaniyati bilan ham ajralib turishi lozim edi. XX asrning 60-yillariga kelib «rivojlangan sotsialistik jamiyat» qurish g‘oyasi ilgari surildi. 1959 yilda KPSS XXI syezdi ko‘tarinki ruhda «SSSRda sotsializmning tantana qilgan»ligini e’lon qildi» va u «sotsialistik millat»larning shakllanishi va ravnaq topishi bilan bog‘liq bo‘lib, go‘yoki taraqqiy ettirishning muhim yadrosi hisoblandi. Bu jamiyatda har bir millat va elat, ishchilar sinfi, kolxozchi dehqonlar va mehnatkash ziyolilar bir xil ijtimoiy tuzilishga eta bo‘lib, «sovet xalqi»ning vujudga kelishi esa bu jarayonlarning muhim belgisi edi. Ayni paytda sovet davlatining ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga «rivojlangan sotsializm»da yangi bir millatni yaratishga intilish, yani «sovet xalqi»ning shakllanishi haqidagi turli qarashlar qorishmasidan iborat bo‘lgan «sotsialistik millat», «sotsialistik jamiyat», «sotsialistik madaniyat», «sotsialistik hayot tarzi» kabi ko‘plab tushunchalar zo‘rma-zo‘rakilik bilan tiqishtirildi. Keyinchalik kishilarning yangi tarixiy birligi sifatida «yagona sovet xalqi» shakllanganligi KPSS XXIV syezdi rezolyutsiyasida belgilab berildi. «Bizda, degan edi KPSS MQ Bosh kotibi L.Brejnev 1974 yil 14 iyunda Moskva shahar Bauman saylov okruti saylovchilari bilan uchrashuvida so‘zlagan nutqida, — odamlarning yangi tarixiy birligi — sovet xalqi tarkib topdi. Buning ma’nosi shuki, sovet kishilari hulqatvori, xarakteri, dunyoqarashining sotsial va milliy tafovutlarga tobe bo‘lmagan umumiy belgilari tobora ko‘proq saqlanadigan bo‘lib qoldi». «Sovet xalqi» haqida VKP XVIII syezdi rezolyutsiyasi matnida, shu syezd tasdiqlagan partiya Ustavining kirish qismida shunday deb uqtirildi: «Partiya ishchilar sinfining diktaturasini mustahkamlash uchun, sotsialistik tuzumni mustahkamlash va rivojlantirish uchun, kommunizm g‘alabasi uchun kurashda ishchilar sinfiga, dehqonlarga, ziyolilarga — butun sovet xalqiga rahbarlik qiladi».
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYANING QABUL QILINISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI.
|
| |