MUSTAQILLIK YILLARIDA DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR




Download 66 Kb.
bet4/6
Sana27.05.2024
Hajmi66 Kb.
#254995
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
sirtqi tarixga 5 ta mavzu

MUSTAQILLIK YILLARIDA DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR
O’qitish metodlari ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining yo’nalishini, o’qitish jarayonining qanday tashkil etilishi va olib borilishini hamda o’qituvchining ish harakatlarini belgilaydi. Bu metodlar o’qituvchi tomonidan o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish uchun qo’llanadigan usullar yig’indisini o’z ichiga oladi.
Ta’lim tizimida o’qitish metodlari bilan birga «usul» va «vosita» atamalari ham ishlatiladi.
Usul – ma’lum o’quv materialini o’tishda qo’llanayotgan asosiy o’qitish metodi bilan birga ikkinchi bir o’qitish metodining ayrim elementlaridan foydalanib ish ko’rishdir.
Vosita – o’qitish metodlarini amalga oshirish uchun zarur bulgan yordamchi o’quv materiallari – asbob, qurol, apparat va shu kabilardan foydalanishdir. Ta’lim metodlari o’qitish jarayonida va pedagogik tafakkurning ko’p asrlik rivojlanishi tarixida muhim o’zgarishlarga duch keldi. Pedagogikada ta’lim metodlarini tavsiflash va belgilashga bir xil yondoshish mavjud emas. Ayrim mualliflar metodlarini belgilashda bilish manbaalarining xususiyatlarini asosiy deb hisoblaydilar: chunonchi, og’zaki (suhbat, tushuntirish, bayon qilish, o’quvchilarning texnik adabiyotlar bilan mustaqil ishlashi va boshqalar); ko’rgazmali (ko’rgazmali qurol, kinofilm va diafilmlarni namoyish etish); mehnat usullarini ko’rsatish o’quvchilarni mustaqil ko’zatishlari va boshqalar); amaliy (mashqlar, operasiyalar, ish usullari, amaliy laboratoriya mashg’ulotlari) va boshqalar.
Keyingi paytlarda pedagogika nazariyasi va amaliyoti o’quvchilar bilish faoliyatining xarakteri bo’yicha tasniflanadigan metodlar qo’llanilmoqda.
Ta’lim jarayonida qo’llanadigan metodlar o’quvchilar faolligini oshirishi, o’rgatilayotgan o’quv metodlarini o’quvchilar chuqur o’zlashtirishini ta’minlashi lozim.
Tushuntirish – ko’rgazmali metod. O’qituvchi xar xil vositalar yordamida o’quvchilarga tayyor ma’lumot beradi va ular ma’lumotni qabul qiladilar, anglaydilar va xotirada saqlaydilar.
Eslash metodi. O’qituvchi topshiriqlar tizimi bilan o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etadi. O’quvchi esa tasvirlar bo’yicha ko’nikma va malakalarni egallaydilar. O’quvchilar bilimining xajmi ortib borgan sari birinchi metoddan ikkinchisi bilan birga foydalanish ko’payib boradi.
Muammoli bayon. O’qituvchi muammoli vaziyatni vujudga keltiradi, dars davomida uni hal o’ilish yullarini tushuntirib boradi va hal qiladi. O’quvchilar o’qituvchi bilan birgalikda muammoni hal qilishda faol ishtirok etadilar.
Tadqiqot metodi o’quvchilarning yangi muammoni hal qilishdagi mustaqil izlanishi va ijodiy faoliyatini tashkil etish usulidir. Bunda o’qituvchi ularga tayyor muammoni bayon qilmaydi. Uni o’quvchilarning o’zlari o’quv materialini o’zlashtirish jarayonida topadilar. SHundan so’ng o’qituvchi muammoli vaziyatni vujudga keltiradi.
An’anaviy o’qitish metodlari – og’zaki bayon qilish, tushuntirish, suhbat, ma’ruza, o’quv adabiyotini o’qish; tajribalar o’tkazish, natural ob’ektlarni ko’rgazmali vositalarni namoyish etish; mashq, yozma ish, grafik ish, laboratoriya ishlari – bayon etilgan metodlar tizimida vosita va usul sifatida namoyon bo’ladi. O’qituvchi esa ular yordamida u yoki bu metodlardan foydalanib darsini yuqori saviyada o’tkazadi.
Amaliy o’qitish metodlari.
Amaliy metod deganda o’quv materialini mashqlar, mustaqil topshiriqlar, amaliy va laboratoriya ishlari asosida o’zlashtirishning shakllari tushuniladi. Ishlab chiqarish ta’limida bu metodga ish usullari, mehnat operasiyalari, kompleks ishlar va vazifalarni bajarishda mustaqillikni rivojlantirishga qaratilgan ishlar, trenajerlarga oid mashqlar, laboratoriya – amaliy ishlarga esa texnologik jarayonni boshqarish mashqlari kiradi.
Mashqlar – ko’nikma va malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida muayyan xarakatlarni ko’p marta takrorlashdir. Ishlab chiqarish ta’limdagi mashqlarga asosan quyidagi talablar qo’yiladi: mashqlarni o’quvchilar ongli va maqsadga muvofiq yO’sinda bajarishlari; mashqlar metodikaga asoslanishi, tizimli, izchil, uzluksiz bO’lishi va takrorlanishi; o’quvchilarning ishdagi mustaqilligi muntazam rivojlanib borishi kerak.
Onglilik va maqsadga muvofiklik mashqlarni bajarishdagi eng muhim talabdir. O’quvchilar mashqni nima uchun kerakligini aniq tasavvur qilishlari va maqsadga erishishga faol intilishlari lozim. Urganiladigan meznat jarayonlarining ilmiy-texnik asoslarii bajarish yullari, ishda uchraydigan xatolarni bilish o’quvchilarga urganilayotgan xarakatlarni uzlashtirish imkonini beradi.
Onglilik va maqsadga muvofiklik ko’nikmalar shakllanishining dastlabki paytlarida ayniksa katta ahamiyatga ega. O’quvchilar mashq natijalaridan dovdirab kolmasliklari uchun o’qituvchi, usta ularning kiyinchiliklardan, kiyinchiliklarni engish yullaridan ogoxlantiradi. Mashqlar muvaffakiyatli utishi uchun o’qituvchi o’quvchilarning tegishli natijalarga erishishdagi intilishlarini kullab kuvvatlashi kerak. Mashqlarni tobora kiyinlashtirib borish zarur. Ko’nikmalarn ishakllantirish jarayoni o’quv faoliyatida hal qiluvchi rol uynaydi. Ko’nikma xosil qilishning muvofakiyati kator shartlarga bog’liq.
Birinchi shart – ko’nikma nima maqsadda shakllantirishini anglashdir. Xar qanday ko’nikma – avtomatlashgan darajaga etkazilgan xarakatlar tizimidir. Agar o’quvchi materialni uzlashtirishda uning ahamiyatini tashanmasa, unda bunday xarakatlar shakllanishi kiyin bo’ladi.
Ikkinchi shart – mashqlarni tizimli bulishi. Odatda ko’nikmalar xosil qilishdagi kiyinchiliklarga o’quv mashqlari tizimini tashkil etish va ularni utkazishdagi kamchiliklar sabab bo’ladi.
Uchinchi shart – amaliy xarakatlarini ongli ravishda bajarish. O’quvchi uz xarakatlarini, ish operasiyalarini izchilligini yaxshi tushunishi zarur, ularni mexaniq tarzda takrorlashga va yodlab olishga yul kuymaslik kerak.
RESPUBLIKADA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VA SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMIDA OLIB BORILGAN KOMPLEKS CHORA TADBIRLAR

Download 66 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MUSTAQILLIK YILLARIDA DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR

Download 66 Kb.