|
Fe’lning shaxs, son va hurmat kategoriyasi
|
bet | 13/14 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 54,64 Kb. | | #136286 |
Bog'liq 2-amaliy.Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida Fe’lning shaxs, son va hurmat kategoriyasi
Fe’lda shaxs-son
309-mashq. Matnni o‘qing. Tuslangan fe’llarni topib ko‘chiring. Tuslovchi qo‘shimchalar tagiga chizing va shaxs-sonini izohlang. Shaxs-son qo‘shimchalari fe’lning qanday shakliga qo‘shilganini aniqlang.
O‘qishdan keyin rasm to‘garagida mashg‘ulot o‘tkazib, kechroq uyga keldim. Oyim issiq non yopib qo‘ygan ekanlar. Ovqatlanib bo‘lganimdan so‘ng oyim:
– Darsingni keyinroq tayyorlaysan. Bobongning qorni ochib qoldi. Tezroq ovqat olib bor! – deb qo‘limga non bilan ovqatni tutqazdilar. Dalaga jo‘nadim. O‘rtog‘im Abboslarning bog‘iga yaqinlashganimda qarshimdan qafas ko‘tarib Mahkam, Xoltoy va Sharifjonlar chiqib qolishdi.
– Yur, qush ovlaymiz! – dedi gerdayib, o‘zini ovchilarday ko‘rsatib Mahkam. – Qarqunoq bolasini olib beraman! – qo‘limdan tortdi Xoltoy.
– Bobomning oldilariga borishim kerak, – dedim qo‘limdagi narsalarni ko‘rsatib.
– Bo‘lmasa tezroq kel! – dedi Sharif. – Katta terakzorda seni kutamiz.
Men ulardan arang ajralib yo‘lga tushdim. Anchagina kech qoldim. Yuragim po‘killay boshladi.
– Assalomu alaykum! – dedim. Bobom daraxtni payvand qilish bilan ovora ekanlar.
Salom bergan edim, bobom kulib: – Vaalaykum assalom, terlab ketibsan, bolam, chopdingmi? – dedilar. – Bobomning qorni ochib qoldi, deb o‘ylagansan-da. Bekor shoshibsan. Jamoa xo‘jaligi idorasiga borganimda ovqatlanib olgan edim.
– Bobomning bu gapidan juda xursand bo‘lib ketdim. Qoʻlimdagi narsalarni bir chekkaga qo‘yib bobomga yordamlashdim. Daraxt shoxlarini bir joyga to‘plab bog‘ladim.
Payvand qilingan butoqlarga loy chapladim. Bobom payvand qilar ekanlar:
– Ko‘zing pishsin, o‘rganganing foyda, bolam! – deb qo‘yar edilar…
Uyga ertaroq qaytdik. Men mayda-chuyda narsalarni ko‘tarib olgan edim… Qulogimga yig‘i ovozi eshitildi.
– Bobo, – dedim, – siz ham eshityapsizmi, birov yig‘layapti.
Bobom hayron bo‘lib, atrofga alangladilar.
– Yugur, xabar ol-chi!
Chopib borib qarasam, o‘rtogim Mahkam ingrab yotibdi. Hamma yog‘i tirnalgan. Yuz-ko‘zi qon. (G‘ayratiy)
|
| |