• Fe’l zamonlari va shaxs-son shakllari 307-mashq.
  • -mashq. Gaplarni o‘qing. Qaysi gapda -sa




    Download 54,64 Kb.
    bet11/14
    Sana13.01.2024
    Hajmi54,64 Kb.
    #136286
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    2-amaliy.Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida

    306-mashq. Gaplarni o‘qing. Qaysi gapda -sa shaklidagi fe’l shart, qaysi gapda istak ma’nosini ifodalaganini aniqlang.


    1. Bola yig‘lamasa, ona sut bermas. (Maqol) 2. Qani endi, dunyoda vafo bo‘lsa, har kim tilagiga yetsa. (A. Qahhor) 3. Bobur mirzoning orzulari shulkim, Movarounnahr yana Ulug‘bek davridagi kabi birlash­sa, poytaxt asliga qaytsa, hamma viloyatlar hamjihat-u obod bo‘lsa.. (P. Qodirov) 4. Mehnatingni ayamasang, suv bo‘l­sa, o‘zing ham, moling ham to‘q. (S. Siyoyev) 5. Kishi bir kasbga yoshlikdan mehr qo‘ysa, oxiri baxayr bo‘ladi. 6. Nihol jildirab suv oqib turgan jo‘yakka ekil­ma­sa, amal olmaydi. (A. Ko‘chimov) 7. Ko‘zi yoshli odamni ko‘zim aslo ko‘rmasa. (Shuh­­­­­­­­rat) 8. Agar suv olib kelinsa, ming yillardan beri chorva qiylari qatlam-qatlam bo‘lib ketgan bu joyda paxtadan eng baland hosil olsa bo‘ladi. (S. Ahmad)
    9. Muzqaymoqdan tog‘ bo‘lsa,
    Nuqul gilos bog‘ bo‘lsa,
    Bir qozon qaymoq bo‘lsa,
    Tuyaday pishloq bo‘lsa… (G‘. G‘ulom)


    Fe’l zamonlari va shaxs-son shakllari
    307-mashq. Gaplarni o‘qing. Fe’llarning zamonini aniqlang. Zamon ma’no­sini ifodalagan qo‘shimchalarning tagiga chizing. O‘tgan, hozirgi va kelasi za­mon­ni ifodalagan fe’llarni uch guruhga ajratib yozing.


    1. Kech soat o‘nga yaqin poyezd jo‘nadi-yu, u derazadan qo‘l silkita-silkita ko‘rin­­­­­­may ketgan Gavharni ko‘z oldidan ketkazolmay, vokzal­dan sekin chiqdi. (P. Qo­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­dirov) 2. Tog‘asi o‘sha kitobni o‘qibdi. Keyin kitobdan o‘rganganlarini ish­ga solibdi. Natijada so‘ridagi uzumlarni yetishtiribdi. (N. Maqsudiy) 3. Qarshi to­mon­dagi boloxonada Iqbol xolaning sarishta qo‘llari bilan ipga tizilgan marjon-marjon garmdorilar osilib turibdi. (O‘. Hoshimov) 4. Qarshida o‘riklar allaqachon danak qotirib qolgan, bu yoqlarda bo‘lsa, endi gullayapti. (S. Ahmad) 5. Kitob bir necha ming yillar avval paydo bo‘lgan, bu davrda u turli xil ko‘ri­nishda bo‘lgan. Bobil­liklar, ossuriyaliklar va boshqa qadimgi xalqlar kitobni loydan tayyorlashgan. (“Bolalar ensiklopediyasi”dan) 6. Imom g‘azab bilan o‘rnidan turib, Safar bo‘zchiga xezlangan edi, uni Samad buqoq ushlab qoldi. (A.Qodiriy) 7. Ariqlar bo‘yida o‘tlar ko‘karib, chuch­­momalar gullabdi, qizchalar, ukam tengi bolalar to‘p-to‘p bo‘lib jag‘jag‘, otquloq uzishyapti, ko‘k beda terishyapti. (X. To‘xtaboyev) 8. Qalandarov idoraga kirib ketayotgan edi, eshikdagi kattakon e’lonni ko‘rib to‘xtadi. (A. Qahhor) 9. Tezroq tuzatib beringlar, bugun-erta nevaram askarlikdan keladi. (T. Ashurov) 10. Ko‘ksoy o‘zanidan ko‘ta­rilayotgan quyuq tuman archazor ustiga salobat bilan bostirib bormoq­da. (S. Anorboyev) 11.Qip-qizil quyosh barkashi qoyalar uchlarini ham qizilga bo‘yab botayotir. (M. Mahmudov) 12. Bir donodan so‘ragan ekanlar: “Kim polvon?” U ikkilanmay: “Farzand dog‘iga chidagan ona!” – degan ekan. (Shuhrat) 13. Yaqin orada dekanatdan ruxsat olib, qishloqqa boraman. (O‘. Hoshimov)
    14. Uchqur zamon bilan qalqib, chayqalib,
    Charx urib boraman girdoblar aro. (E. Vohidov)
    15. Hozir Amudaryo va Sirdaryo suvlaridan har kim o‘z bilganicha ishlatib, foydalanmoqda. (Fan va turmush” jurnalidan) 16. Alla-qayerda kuyib-pishib bedana sayraydi. (Shuhrat) 17. Jon qizim, eringni izzat qil! Qaynanangni izzat qil! Ertalab salomga chiqayotibsanmi? (A.Qahhor) 18. Ammo tashvishlanmang, tuzalib ketarlar. (O‘.Umar-bekov) 19. Zalning o‘rtasida marmardan ishlangan hovuzcha, zilol suvlar sekin oqadi: tabiiy issiq havoga bir oz orombaxsh salqinlik beradi. (Oybek) 20. Bekitmay qo‘ya qoling. Sizning usta fokuschi ekan­ligingizni hamma biladi. (F. Mu­sajonov)



    Download 54,64 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 54,64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mashq. Gaplarni o‘qing. Qaysi gapda -sa

    Download 54,64 Kb.