N.N. ZARIPOV I.G’IYOSOVA
INFORMATIKA VA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI
Microsoft Office Excel dasturida formula va funksiyalar bilan
ishlash
BUXORO 2014
2
Ushbu informatika fanidan o’quv qo’llanma matni litsey, kollej
talabalari va o‘qituvchilari, hamda excel dasturini mustaqil o‘rganmoqchi
bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan.
Shuningdek, talabalarda kompyuterdan
foydalanish, har bir o‘quvchining zamonaviy hisoblash texnikasi
vositalarida ishlashini ta’minlash, kompyuter savodxonligini oshirish,
excel dasturida formula va funksiyalarni ishlatish ko’nikmalarini hosil
qilishga mo’ljallangan.
Mualliflar:
Buxoro Davlar Universiteti Fizika-matematika fakulteti “Axborot
texnologiyalari va tizimlari” kafedra o’qituvchisi Zaripov N.N.
Buxoro Madaniyat kolleji o‘qituvchisi G’iyosova I.
Taqrizchilar:
B.D.U. “Axborot texnologiyalari va tizimlari” kafedra dotsenti Jalolov O.I.
Buxoro Madaniyat kolleji o‘qituvchisi G‘aniyeva A. A.
3
KIRISH
Insoniyat sanoat jamiyatidan axborotlashgan jamiyatga o‘ta boshladi. Bu
o‘tish jarayoni axborotlashtirish jarayoni deb ataladi. Axborotlashtirish -
jamiyatdagi mehnat unumdorligini oshirish va turmush sharoitini yaxshilash,
jamiyatdagi har bir inson uchun yetarli miqdorda axborot darajasini saqlash,
axborot tizimlarini va texnologiyalarni yaratish, qo‘llash va rivojlantirishga olib
keluvchi jarayondir. Axborotlashgan jamiyatga o‘tish muammolariga
O‘zbekiston Respublikasida ham katta ahamiyat berilmoqda. Davlatimiz
rahbari I.A. Karimov “Men XXI asr ma’naviyat asri, ma’rifat asri, ilm-fan,
madaniyat va axborot asri bo‘lishga qat’iyan aminman” degan so‘zlari bunga
yaqqol misol bo‘la oladi. Respublikada axborotlashtirish jarayonini
jadallashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1992 yil 8-dekabr qarori bilan Fan va texnika Davlat qo‘mitasi (FTDQ)
qoshida Axborotlashtirish bo‘yicha bosh boshqarmasi tuzildi. O‘zbekiston
Respublikasi FTDQ tashubbusi bilan “Axborotlashtirish haqida” (1993 yil, may),
“EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqida”
(1994 yil, may) qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish konsepsiyasi qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida hamda Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturida yuksak malakali, chuqur bilimli kadrlar tayyorlash
davr talabi sifatida qo‘yilgan. Bunday malakali kadrlar, albatta hozirgi zamon
axborot texnologiyalaridan foydalana oladigan bo‘lishi kerak. Chunki insonning
faoliyati borgan sari uning axborotlashganidan, qolaversa, axborotni samarali
ishlatishidan bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Istalgan soha mutaxassisi ma’lumotlar
to‘plamida to‘g‘ri yo‘nalish olishi uchun, u kompyuterlar va
telekommunikatsiya vositalari orqali axborotlarni to‘plash, saqlash, qayta ishlash
hamda qo‘llashni bilishi shart.
Inson yuksak kamolotga erishuv
yo’lida harakat qilgandek, aqliy
bilishga ham harakat qilsa, hech
shubhasiz o’zi intilayotgan so’nggi
darajadagi baxt-saodatga erishadi.
|