5
-- ma'lumotlarni jadval ko'rinishida tasvirlash va ko'rinishini o'zgartirish;
-- jadval elementlarini formatlash;
-- formulalardan foydalanish (hisob-kitoblarni avtomatlashtirish);
-- katakchalarni avtomatik to'ldirish;
-- standart funksiyalar majmuidan foydalanish;
-- ma'lumotlarni izlash va almashtirish;
-- ma'lumotlar asosida turli ko'rinishda shakllar hosil qilish va tahrirlash;
-- ma'lumotlar bazasini hosil qilish va uning ustida amallar bajarish.
Birinchi
elektron jadval dasturi VisiCalc (Visible calculator -- ko'rinayotgan
kalkulator) nomi bilan
Den Briklin va
Bob Frenkston tomonidan 1979- yilda
ishlab chiqilgan. Undan keyin kompyuterlarning
turlari va vazifasiga qarab
SuperCalc, Multiðlan, Framework, Simphony, Works, 1C-Buxgalteriya,
Master, MS Excel va boshqalar ishlab chiqarilgan va takomillashtirib borilmoqda.
Dastlabki naqli
1994- yilda Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan
va takomillashtirib borilayotgan Excel dasturi hozirgi
kunda eng ommalashgan
jadval protsessoridir.
Excel dasturini ishga tushirish Microsoft Office paketining MS Word dasturi
kabi uch xil usul bilan amalga oshirilishi mumkin: masalalar panelidagi
piktogrammasi yordamida;
-- ish stolidagi
yorlig'i yordamida;
-- quyidagi ketma-ketlikdagi tanlovlarni bajarish orqali bajariladi:
Excel dasturida
ishni tugallash uchun esa
piktogrammasini yoki fayl
menyusining "Выход", ya'ni chiqish buyrug'ini tanlash yoki Alt + F4 klavishlarni
birgalikda bosish yetarli. Excel
dasturi ishga tushirilgach, ekranda E1- rasmdagi
kabi foydalanuvchi interfeysi namoyon bo'ladi:
6
Excelda fayl ish kitobi (Workbook) deb nomlanadi. Har bir faylda
1 dan
255
tagacha elektron
jadval joylashishi mumkin, ularning har biri
ish varag‘i deb
ataladi. Excel 2003 jadvali
65536 satr va
256 ustundan iborat. Satrlar 1 dan 65536
gacha bo‘lgan butun sonlar yordamida nomerlanadi.
Ustunlar esa lotin alifbosi
harflari bilan belgilanadi, ya’ni
A, B, C, ..., Z, AA, AB, ..., IV.