Mavzu: Ta'limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash Reja




Download 28,91 Kb.
Sana22.01.2024
Hajmi28,91 Kb.
#143425
Bog'liq
Ta\'limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash


Mavzu: Ta'limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash


Reja:



  1. O‘zbekiston respublikasining qonuni ta’lim to‘g‘risida.

  2. Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro‘yobga chiqarish bosqichlari

  3. Kadrlar tayyorlashning milliy modeli.

Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan


11- bob 75-moddadan iborat
1-bob. Umumiy qoidalar
2-bob. Ta’lim tizimi, turlari va shakllari
3-bob. Ta’lim tizimini boshqarish
4-bob. Ta’lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirish
5-bob. Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi
6-bob. Ta’lim oluvchilarning, ular ota-onasining hamda boshqa qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari
7-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish
8-bob. Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash, ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish. Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish, ta’lim sohasidagi hujjatlarga apostil qo‘yish
9-bob. Ta’limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
10-bob. Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik
11-bob. Yakunlovchi qoidalar

KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI


UMUMIY QOIDALAR
O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishni ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda.Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
1. MUAMMOLAR VA KADRLAR TAYYORLASh TIZIMINI TUBDAN ISLOH QILISh OMILLARI
1.1. RIVOJLANIShNING ERIShILGAN DARAJASI
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi va qator chora-tadbirlar ko‘rishni: “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunni joriy etishni (1992-yil); yangi o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklarini joriy etishni, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni; o‘quv yurtlarini attestatsiyadan o‘tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi.Maktabgacha ta’lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog‘chalari hamda “bolalar bog‘chasi-maktab” majmui tarmog‘i rivojlanib bormoqda. Bolalarga chet tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san’ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o‘rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etilgan.Yangi tipdagi maktablar va umumta’lim o‘quv yurtlari tarmog‘i rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda 238 litsey va 136 gimnaziya ishlab turibdi. “Sog‘lom avlod uchun”, “Ma’naviyat va ma’rifat”, “Iqtisodiy ta’lim”, “Qishloq maktabi”, “Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni tiklash” va boshqa tarmoq dasturlari ro‘yobga chiqarilmoqda. Respublika umumta’lim maktablarida 435 mingdan ortiq o‘qituvchi ishlamoqda, ularning 73 foizi oliy ma’lumotlidir.
1.2. KAMChILIKLAR VA MUAMMOLAR
Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o‘zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, o‘quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida puxta o‘zaro hamkorlik va o‘zaro foydali integratsiyaning yo‘qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi.Ta’lim-tarbiya va o‘quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog‘lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan emas. Amaldagi ta’lim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmayotir.Mutaxassislar tayyorlash, ta’lim-tarbiya tizimi jamiyatda bo‘layotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan bog‘lanmagan.Maktabgacha ta’lim va tarbiya ahvoli qoniqarsizligicha qolmoqda. Bog‘cha yoshidagi bolalarning 25 foizigina maktabgacha tarbiya muassasalariga qamrab olingan, xolos. Maktabgacha bolalar muassasalaridan va oiladan maktabga kelgan bolalarning tayyorgarlik darajasi o‘rtasida sezilarli tafovut mavjud.Maktablarda va boshqa o‘quv yurtlarida ta’lim jarayonining o‘zidagi va o‘qitish uslubiyatidagi har xil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zararli muhit shunga olib keldiki, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qolayapti, oqilona hayotiy yechimlar qabul qilish uchun yetarli tayyorgarlik yo‘q. 9-11 sinflarni tamomlagan yoshlar mustaqil hayotda o‘z o‘rnini aniqlay olmaydi. Ularda o‘zlariga ishonch shakllangan emas, o‘rta maktab bitiruvchilarining 10 foizigina oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirmoqda, xolos.Majburiy to‘qqiz yillik ta’limga asoslangan o‘n bir yillik umumiy o‘rta ta’lim ilmiy asoslanmagandir, u o‘quvchilarda kasbga yo‘naltirish va ta’limning amaliy yo‘nalganligi yetarli darajada bo‘lishi hamda mustaqil fikr yuritish, mehnat faoliyati ko‘nikmalari shakllanishini ta’minlamayapti. Har yili tayanch maktablarning 100 ming nafarga yaqin bitiruvchisi ishlab chiqarish sohasida hamda kasb-hunar ta’limini davom ettirish uchun talab etilmay qoldirilmoqda.Ta’lim tizimidagi mavjud umumta’lim va kasb-hunar dasturlari o‘rtasida uzviylik va vorislikning yo‘qligi sababli tayanch va o‘rta maktab bitiruvchilarida kasbga yo‘naltirilganlik va mehnat faoliyati ko‘nikmalari shakllanmay qolayapti. Natijada yigit va qizlar o‘z qobiliyatlari, istaklari, ijodiy va mehnat moyilliklariga monand hayot yo‘lini belgilab olishda jiddiy qiyinchiliklar sezmoqdalar.O‘quv jarayoni bilim darajasi o‘rtacha bo‘lgan o‘quvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, ta’limning iqtidorli yoshlar bilan yakka tartibdagi o‘quv dasturlari bo‘yicha ishlash kabi mexanizmlaridan yaxshi foydalanilmayapti, o‘quv dasturlari mafkuraviy sarqitlardan to‘liq holi bo‘lganicha yo‘q, ularda ma’naviyat va axloq asoslarini o‘rgatuvchi, iqtisodiy huquqiy, estetik bilimlarni beruvchi fanlarga yetarlicha o‘rin berilmayapti.
1.3. ISLOH QILISH OMILLARI
Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishning muhim omillari quyidagilardan iborat:
respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan izchil ilgarilab borayotganligi;
mamlakat iqtisodiyotida tub o‘zgartirishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti asosan xomashyo yo‘nalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish yo‘liga izchil o‘tayotganligi, mamlakat eksport salohiyatining kengayayotganligi;
davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topganligi;
milliy o‘zlikni anglashning o‘sib borishi, vatanparvarlik, o‘z vatani uchun iftixor tuyg‘usining shakllanayotganligi, boy milliy madaniy-tarixiy an’analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat;
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning jahondagi mavqeyi va obro‘-e’tiborining mustahkamlanib borayotganligi.
2. MILLIY DASTURNING MAQSADI, VAZIFALARI VA UNI RO‘YoBGA ChIQARISh BOSQIChLARI
2.1. DASTURNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Mazkur dasturning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi:
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;
ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash;
kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish;
kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;
yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;
ta’lim, fan va ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;
uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga budjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
2.2. DASTURNI RO‘YoBGA ChIQARISh BOSQIChLARI
Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqariladi.
Birinchi bosqich (1997 — 2001-yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish.
Ushbu bosqichda quyidagilarni amalga oshirish zarur:
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq ta’lim tizimi mazmunini tarkibiy qayta qurish va tubdan yangilash;

pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish;


ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlilik darajasi, malakasi, madaniy va ma’naviy-axloqiy saviyasining sifatiga nisbatan qo‘yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish va joriy etish;
o‘quv-uslubiy majmualarning hamda ta’lim jarayoni didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uchun zarur moddiy-texnika, o‘quv-uslubiy va kadrlar bazasini tayyorlash;
ta’lim va kadrlar tayyorlashga budjetdan tashqari mablag‘lar jalb etishning mexanizmlarini takomillashtirish, davlat ta’lim muassasalari bilan bir qatorda nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirishni ham nazarda tutgan holda ta’lim xizmati ko‘rsatish sohasida raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish;
ta’lim muassasalari faoliyatiga baho berishning reyting tizimini, kadrlar tayyorlash sifati va ularga bo‘lgan ehtiyojning monitoringini olib borish tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
xalqaro aloqalarni kengaytirish va kuchaytirish, kadrlar tayyorlashda xalqaro donorlik tashkilotlari va fondlari faoliyatiga tegishli sharoitlar yaratish, shuningdek respublika ta’lim sohasiga chet el investitsiyalarini jalb etish bo‘yicha real chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning monitoringini olib borish.
Ushbu bosqichda bolalarni olti-yetti yoshdan maktabga qabul qilish, ularning jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanganligini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi. Taqozo etilayotgan o‘quvchi o‘rinlari zarur moddiy-texnika shart-sharoitlari va pedagog kadrlar bilan ta’minlangan holda izchil tayyorlanadi.
Birinchi bosqich bajarilishining monitoringi asosida Milliy dasturni ro‘yobga chiqarish yo‘nalishlariga aniqliklar kiritiladi.
Ikkinchi bosqich (2001 — 2005-yillar) Milliy dasturni to‘liq ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish.
Majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga, shuningdek o‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta’limga o‘tish to‘liq amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to‘ldirish ta’minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi.
Ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o‘quv-tarbiya jarayoni yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlanadi. Uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirish amalga oshiriladi.
Ta’lim xizmat ko‘rsatish bozorini shakllantirish mexanizmlari to‘liq ishga solinadi.
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
Ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanadi, o‘quv-tarbiya jarayoni yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlanadi.
Milliy (elita) oliy ta’lim muassasalarini qaror toptirish va rivojlantirish amalga oshiriladi. Kasb-hunar ta’limi muassasalarining mustaqil faoliyat yuritishi va o‘zini o‘zi boshqarishi shakllari mustahkamlanadi.
Ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimi jahon axborot tarmog‘iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog‘i bilan to‘liq qamrab olinadi.
3. KADRLAR TAYYORLAShNING MILLIY MODELI
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir:
shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
davlat va jamiyat — ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi;
fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;
ishlab chiqarish kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo‘lishini va hayot o‘zgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta’lim, bola huquqi sohasidagi shartnomalar va konvensiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilg‘or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga daxldor bo‘lib, uning rivojlanishi omillaridan biridir.
3.1. ShAXS
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo‘yicha mehnat qilish huquqi ro‘yobga chiqariladi.
3.2. DAVLAT VA JAMIYAT
Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining kafillari, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalarining faoliyatini uyg‘unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Davlat va jamiyat quyidagilarga, chunonchi:
Fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o‘z malakasini oshirish huquqlari ro‘yobga chiqarilishiga;
Majburiy umumiy o‘rta ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo‘nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishga;
Davlat grantlari yoki pullik-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim olish huquqiga;
Davlat ta’lim muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashga;
Ta’lim oluvchilarning o‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga;
Ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga;
Sog‘liq va rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar ta’lim olishiga kafolat beradilar.
3.3. UZLUKSIZ TA’LIM
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.
Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
MAKTABGAChA TA’LIM
Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ro‘yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:
malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;
maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish;
bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;
zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar, o‘yinchoqlar va o‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;
maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;
maktabgacha muassasalarning har xil turlari uchun turli variantlardagi dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning barcha massalalari bo‘yicha malakali konsultatsiya xizmati ko‘rsatish imkoniyatini yaratish;
maktabgacha tarbiya va sog‘lomlashtirish muassasalari tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish.
Download 28,91 Kb.




Download 28,91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Ta'limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash Reja

Download 28,91 Kb.