• Kalit so’zlar
  • Shaharlarda avtobuslar harakatini alohida yo’laklarda tashkil etilishini asoslash. Annatatsiya




    Download 2.17 Mb.
    bet1/2
    Sana29.03.2024
    Hajmi2.17 Mb.
    #180736
      1   2
    Bog'liq
    Shaharlarda avtobuslar harakatini alohida yo
    Mavzu Geometrik optika. Umumiy tushunchalar. Reja(1), O\'quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish, 2 11 Техноген риск ва техник тизимлар ишончлиги , Yosh kitobxon tanlovi, Jismoniy shaxslar daromatlarini deklaratsiya bòyicha undirish ta-fayllar.org, 14 mavzu Halqaro savdo nazariyalari, “Мустақиллик дарс” ишланмаси , 26245175, Yo`l harakati qoidalari, Beton uchun ishlatiladigan to`ldiruvchilar-fayllar.org, 1-Tajriba ishi

    Shaharlarda avtobuslar harakatini alohida yo’laklarda tashkil etilishini asoslash .
    Annatatsiya: Maqolada bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri bo’lib hisoblanadigan shahar ko’chalarida transport vositalarining ko’payib ketishi tufayli yuzaga keladigan tirbandliklar , jamoat transportlarining harakatlanishiga ta’sir qiluvchi salbiy omillar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar , shahar ko’chalarida harakatlanuvchi avtobuslarning mashrut vaqtidagi aloqa tezliklari va marshrut davriga salbiy ta’sir qiluvchi sabablar yechimlari keltirilgan. Yevropa va rivojlangan davlatlarda qo’llanilgan tajriba-sinov natijalariga asoslangan holda Toshkent shahrida jamoat transportining faolligi va ustunligini belgilash maqsadida ko’chalarga chizilgan, avtobuslar harakatlanishi uchun alohida ajratilgan bo’laklarning qo’llanilishi, asoslash natijalari va tadbiq qilish sabablari bilan birgalikda yoritilgan.
    Kalit so’zlar: avtomobillar, alohida ajratilgan bo’lak, jamoat transportlari, avtobuslar, tirbandlik ,aloqa tezligi, standart.


    Kirish: Kundan kunga shiddat bilan rivojlanib borayotgan shaharlarda urbanizatsiya darajasining oshishi mamlakatning yuk va yo’lovchi tashishga bo’lgan ehtiyojining ortishiga sabab bo’ladi. Bu esa, shaharlardagi kichik va katta halqa yo’llarida transport vositalari sonining oshishi va ularning shahar ko’chalarida muammosiz harakatlanishi uchun zarur chora tadbirlar ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq qilish vazifalarini keltirib chiqaradi.
    Shaharlarda transport vositalarning soni ortishi ko’chada transport yuklamasining ortishiga sabab bo’ladi. Bu esa ko’chalarda turli hil darajadagi tirbandliklarni keltirib chiqaradi va o’z navbatida jamoat transporti hisoblangan avtobuslar harakatiga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi. Avtobuslar shahar ko’chalardagi ma’lum bir marshrut bo’ylab harakatlanar ekan, transport vositalarining yuklanganlik darajasining oshishi ko’chaning transport vositalarini o’tkazuvchanlik qobiliyatidan oshib ketishi natijasida vujudga keladigan tirbandlik avtobuslarning ekspluatatsion ko’rsatkichlari yuqori darajadaligiga qaramasdan, ularning marshrut intervali va aloqa tezligiga juda katta salbiy ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi. Hozirgi kunda Toshkent shahrida yana 10 ta ko’chada avtobuslar harakatlanishi uchun alohida harakatlanish bo’laklari tashkil qilinishidan maqsad jamoat yo’lovchi transporti (avtobuslar)ning marshrutda harakatlanish muntazamligini va aloqa tezligini belgilangan vaqt bo’yicha taminlashdan ibort.
    Yirik shaharlarda yo’lovchilarga hizmat ko’rsatish jamoat transporti turlari metro,tramvay, trallebus va avtobus hisoblanadi va avtobus qolgan transport turlariga qaraganda manyovrchanligi yuqoriligi va boshqarish yo’nalishini o’zgartirish qobiliyati bilan ajralib turadi.

    Jamoat transportining asosiy afzalliklari va kamchiliklari ,1-jadval



    Jamoat transport turlari

    Afzalliklari

    Kamchiliklari

    Avtobus

    - manevrchanligining yaxshiligi;
    - yangi yo‘nalishlarni tez ochish va borlarini o‘zgartira olish mumkinligi;
    - turli miqdorli tashishlarni zudlik bilan tashkil etish mumkinligi;
    - boshlang’ich kapital harajatlarning nisbatan kamligi.

    -joriy-ekspluatatsion xarajatlarning kattaligi;
    -ekspluatatsiya jarayonida avtomobillardan chiqadigan gazlarda zaharli moddalarning mavjudligi;
    -konstruksiyaning murakkabligi sababli (ayniqsa dvigatelni) uning ishdagi ishonchliligining kamligi.

    Trolleybus



    -boshlang’ich kapital xarajatlarning nisbatan kamligi (ammo avtobusdan ko‘p);
    - harkatning tinchligi;
    - jadal tezlasha olishi;
    - aloqa tezligining yuqoriligi.

    - havodagi kontakt-sim qurilmalarining murakkabligi (ayniqsa kesishish joylari, strelkasi);
    - manevrchanligining avtobusga nisbatan kamligi (kontakt-sim shahobchalari sababli).

    Tramvay

    - tashish qobiliyatining kattaligi;
    - yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lganda joylarda tashish tannarxining arzonligi;
    - boshqarishning soddaligi.

    - manevrchanlikning kamligi;
    - harakatdagi shovqinning ko‘pligi;
    -boshlang’ich kapital xarajatlarning juda kattaligi.

    Metro


    - tashish qobiliyatining eng kattaligi;
    -aloqa tezligining eng kattaligi;
    -harakat muntazamligining yuqoriligi (to‘siqlar yo‘qligi);
    -harakat xavfsizligining eng yuqoriligi.

    -boshlang’ich kapital xarajatlarning juda kattaligi.

    Yuqorida keltirib o’tilgan jamoat transportlari orasida avtobuslar manevrchanligining yaxshiligi, yangi yo‘nalishlarni tez ochish va borlarini o‘zgartira olish mumkinligi, turli miqdorli tashishlarni zudlik bilan tashkil etish mumkinligi, boshlang’ich kapital harajatlarning nisbatan kamligi bilan boshqa jamoat transport vositalaridan ustuligi bilan ajralib turishi sababli ular uchun alohida ajratilgan bo’laklar tashkil qilish hozirgi kunning masalalaridan biridir


    Bu kunga kelib jahonning bir qancha davlatlari jumladan Braziliya, Тurkiya, AQSh, Janubiy Karea, Germaniya va boshqa rivojlangan yirik davlatlar shaharlarida “BRT” (Bus Rapid Transit) ya’ni “Tezyurar avtobus” tizimi keng qo’llanilib kelinmoqda. Jamoat transporti uchun alohida bo‘lak “BRT” tizimini qo’llash ularning jozibadorligini oshirish bilan birga, samaradorligi va ishonchliligini ham oshiradi, transport tirbandligi, shovqin, atrof-muhitga chiqariladigan zaharli gazlar miqdori, yonilg’i sarflarini kamayishiga olib keladi (1- rasm).

    1-rasm. “BRT” tizimi bo‘yicha avtobus harakatini tashkil etish

    Download 2.17 Mb.
      1   2




    Download 2.17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shaharlarda avtobuslar harakatini alohida yo’laklarda tashkil etilishini asoslash. Annatatsiya

    Download 2.17 Mb.