|
Mavzi: shahar yo’llarida harakatlanish uchun xavfli yo’l bo’laklarini aniqlash
|
Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 0,8 Mb. | | #113511 |
Bog'liq shahar yo\'llari
MAVZI: SHAHAR YO’LLARIDA HARAKATLANISH UCHUN XAVFLI YO’L BO’LAKLARINI ANIQLASH
REJA:
Kirish
Shaxar ko’chalarida xavfli hududlarni aniqlash usullari
Ziddiyatli vaziyatlar
Xulosa
Shaharlarda harakatlanganda ziddiyatli vaziyatlar juda ko’p bo’ladi. Ayniqsa chorraxalarda ziddiyatli, xavfli yo’llar va tirbandliklar ko’p bo’ladi. Chorraxalarda o’ngga va chapga burilishlarda xavf ko’payadi. Buriladigan mashinalarning ko’payganligi sari chorraxalarda tirbandliklar boshlanadi. Sababi burilayotdan mashinalar burilib ulgurmagan mashinalar yonboshdagi mashinalar harakatlanishiga xalaqt beradi. Hozrda ziddiyatli vaziyatlar o’rganib ularni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Avtomobil yo‘lining harakatlanish uchun xavflilik darajasini aniqlash yo‘ldan foydalanishda, harakatni to‘g‘ri tashkil qilishda, shuningdek, harakat xavfsizligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishda yoki yo‘lni ta’mirlashda birlamchi asosiy tayanch ma’lumot bo‘lib hisoblanadi.
Hozirgi paytda avtomobilning xavfli bo‘laklarini aniqlashda quyidagi usullardan foydalaniladi: xavfsizlik koeffitsienti; halokatlilik koeffitsienti; yth statistiskasi; ziddiyatli vaziyat.
Yo‘lning transportdan foydalanish sifatini va harakat xavfsizligini baholashda asosiy vazifalardan biri harakat tartib-qoidalariga sezilarli ta’sir qiluvchi yo‘l qismlari yoki uning alohida bo‘laklarini aniqlashdan iborat. bunday joylarda asosan yo‘l-transport hodisalari tez-tez ro‘y berib turadi.
Harakat xavfsizligi jihatidan yo‘l bo‘laklarini baholash usullaridan biri prof. V.F.Babkov tomonidan ishlab chiqilgan xavfsizlik koeffitsientidir.
Xavfsizlik koeffitsienti deb yo‘lning aniq bir qismidagi harakat tezligining shu qismga kirib kelishdagi eng yuqori tezlikka nisbatiga aytiladi
Xavfsizlik koeffitsienti yordamida yo‘lning xavfli bo‘lagini aniqlash uchun xavfsizlik koeffitsienti grafigi quriladi. buning uchun tekshirilayotgan yo‘ldagi harakat tezligining chiziqli o‘zgarishi chiziladi. uni yakka holda harakatlanayotgan yengil avtomobilning nazariy tezligini hisoblash yoki maxsus jihozlangan laboratoriya avtomobilini yo‘ldan tajribaviy o‘tkazish orqali aniqlanadi. tezlik to‘g‘risidagi olingan ma’lumotlar asosida tekshirilayotgan yo‘lning xavfsizlik koeffitsienti qiymatining o‘zgarish grafigi quriladi.
Yangi yo‘l loyiha qilinayotganda xavfsizlik koeffitsienti qiymati 0,8 dan kichik bo‘lishi mumkin emas.
Avtomobil yo‘lining xavfli bo‘laklarini aniqlashda amaliyotda ko‘pincha halokatlilik koeffitsienti qo‘llanadi. halokatlilik koeffitsienti deb yo‘l bo‘lagining reja va kesimidagi har xil elementlaridagi ythning sonini yo‘lning etalon qismidagi hodisalar soniga nisbatiga aytiladi. harakat miqdori 5000 avt/sutkadan oshmaydigan, ikkita harakat polosali, qatnov kengligi 7,5 m, yo‘l yoqasining kengligi 3,0 m, aholi yashaydigan punktdan o‘tmagan, ko‘tarmaning balandligi 1,0 metrdan oshmaydigan, rejada va kesimda ko‘rinishi ta’minlangan to‘g‘ri yo‘l bo‘lagini tanlanadi.
|
| |