N. N. Zaripov I. G’iyosova informatika va axborot texnologiyalari




Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana08.01.2024
Hajmi1,08 Mb.
#132148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Excel kitob 2014

Abu Nasr Farobiy 



Elektron jadval va uning vazifalari 
Kompyuter texnologiyasining rivojlanib borishi va insonning ish faoliyatida 
keng qo'llanilishi ta'sirida ma'lum bir yo'nalishdagi dasturlarga bo'lgan talab yana-
da ortdi. Ma'lumki, dasturlarning ishlab chiqilishi va rivojlanishi qo'llaniladigan 
sohadagi maqsadlardan kelib chiqadi. Masalan, matn muharrirlari va protsessorlari 
matn ko'rinishidagi ma'lumotlarni qayta ishlash uchun, kerak bo'lsa, grafik 
muharrirlar tasvirlar ustida kerakli amallar bajarish uchun xizmat qiladi. 
Kalkulyatorni ishlatib ko'rgan har bir foydalanuvchi hisob-kitob natijalarini saqlab 
qo'yish, oraliq hisob-kitoblarni kerakli vaqtda olish yoki boshlang'ich 
ma'lumotlarni o'zgartirishda hisob-kitobni qayta bajarish zarurligi kabi 
muammolarga duch keladi. Masalan, bir o'quvchining o'zlashtirish darajasi -- 
reytingini hisoblash uchun barcha fanlardan olgan ballari jamlanib 100 ga 
ko'paytiriladi, keyin fanlardan olishi mumkin bo'lgan maksimal ballga bo'linadi. 
Bunday olib qaraganda, bu ish qiyin emasdek ko'rinadi. Lekin shu oddiy arifmetik 
amallarni 10 ta yoki 50 ta yoki 500 ta o'quvchi uchun bajarish kerak bo'lsa-chi? 
Yoki boshlang'ich ma'lumotlar o'zgarsa-chi? Bu ishlarni kalkulatorda bajarish juda 
ko'p vaqt va mehnat talab etadi. Ikkinchi tomondan, MS Word dasturida 
ishlaganingizda ko'rdingizki, ma'lumotlarni jadval ko'rinishida tasvirlash tahlil 
qilishni ancha soddalashtiradi. Yuqoridagi muammo va imkoniyatlar sababli hisob-
kitoblarni osonlashtiruvchi va avtomatlashtiruvchi dasturlarga bo'lgan talab 
kuchaydi. Odatda, bunday dasturlarni elektron jadvallar yoki jadval protsessorlari 
deb nomlashadi. Elektron jadvallarning asosiy vazifasi ma'lumotlarni jadval 
ko'rinishida tasvirlash va qayta ishlash bo'lib, birlamchi vazifasi hisob- kitoblarni 
avtomatlashtirishdir. Elektron jadvallar qo'llanilayotgan sohalar juda ko'p. 
Masalan: moliya, buxgalteriyaga oid (xususan, ish haqini hisoblash), har xil 
iqtisodiy, texnik hisoblar, kundalik, xo'jalik mollari va mahsulotlarni sotib olish 
hisoblari va hokazolar.

Download 1,08 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



N. N. Zaripov I. G’iyosova informatika va axborot texnologiyalari

Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish