• Super Calc, MS Excel, Lotus, Quattro Pro, SDSS Spreadsheet, Vista Calc, GS-Calc
  • Microsoft Excel
  • 4-mavzu: Jadval prosessorlarida iqtisodiyotga oid sonli ma’lumotlar bilan ishlash. Reja




    Download 1,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana14.02.2024
    Hajmi1,63 Mb.
    #156344
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    4-ma\'ruza mashg\'uloti



    4-mavzu: Jadval prosessorlarida iqtisodiyotga oid sonli ma’lumotlar bilan 
    ishlash. 
    Reja 
    4.1 Jadval prosessorlari va ularning vazifalari. Iqtisodiy axborotlarni tahlil qilish 
    uchun ma’lumotlarni vizuallashtirish vositalaridan foydalanish.
    4.2 MS Excel dasturida sohaga oid hisob ishlarini bajarish. Murakkab jadvalar 
    bilan ishlash. Jadvallarni bir biriga bogʻlash.
    4.3 MS Excelda formulalar tuzish. Microsoft Excel dasturida standart funksiyalar. 
    Matematik, statistik, moliyaviy funksiyalar bilan ishlash.
     
    4.1 Jadval prosessorlari va ularning vazifalari. Iqtisodiy axborotlarni tahlil 
    qilish uchun ma’lumotlarni vizuallashtirish vositalaridan foydalanish. 
     
    Elektron jadval prosessorlariga yuklatilgan vazifa - jadval shaklida 
    berilgan ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni ko’rgazmali ko’rinishda 
    ifodalashdan iborat. 
    Hozirgi davrda Super Calc, MS Excel, Lotus, Quattro Pro, SDSS 
    Spreadsheet, Vista Calc, GS-Calc kabi elektron jadvallar keng qo’llanilmoqda. 
    Ularning ichida eng ommalashganlari Lotus Development firmasini Lotus 1-2-3 
    dasturi, Computer Associates firmasini Super Calc dasturi, Microsoft 
    korporasiyasni Multiplan va Microsoft Excel dasturlari hisoblanadi. 
    Microsoft Excel - omalashgan elektron jadvallar sirasiga kiradi. MS Excel 
    formatida saqlangan axborotlarni aksariyat boshqa ofis dasturlarda konvertasiya 
    qilish imkoniyati mavjud 
    Jadval prosessorlari bilan: 
    uch o’lchamli jadvallar bilan ishlash mumkinligi, qaysikim, ularning har biri ikki 
    o’lchamli jadvallar to’plamidan iborat bo’ladi. 
    turli jadvallar ma’lumotlari bo’yicha diagrammalar tuzish; 
    jadval kataklarini sonli yoki boshqa ketma-ketliklar (hafta kunlari, oylar, yillar va 
    h.q) ni avtomatik tarzda to’ldirish; 
    jadvallarni loyihalashtirishda, dasturga o’rnatilgan ko’plab funksiyalardan 
    foydalanish va ulardan moliyaviy, matematik, statistik va boshqa hisoblarni 
    bajarishda qo’llash; 
    chiziqli bo’lmagan tenglamalarni va optimallashtirish masalalarini iterasiya 
    usullari bilan yechish; 
    matnlar atributlarini boshqarishni turli xil vositalarini qo’llash (shrift, harf 
    balandligi, chizish, matn yo’nalishi, rang, tekislash va h.q.); 
    chop qilishdan oldin, hujjatni ko’rish yoki ko’zdan kechirish; 
    berilgan (yozilgan) formulaga ko’ra jadval qiymatlarini hisoblash; 
    nostandart funksiyalar qiymatlarini hisoblashda dasturlash tillarini qo’llash; 
    o’rnatilgan grafik muharriri yordamida sxemalar tuzish
    iqtisodiy, demografik va boshqa ma’lumotlar asosida mintaqaviy tahlilni amalga 
    oshiradigan, qulay va tushunarli ko’rinishda namoyon qiladigan haritalar bilan 


    ishlash tizimidan foydalanish; 
    Jadval prosessorlarining - bir hisoblash maydoniga tegishli u yoki bu qiymatlari
    foydalanuvchi tomonidan o’zgartirilganda (tahrirlanganda), qaralayotgan 
    jadvalning boshqa hisoblash maydonlaridagi qiymatlar avtomatik tarzda 
    hisoblanib o’zgartiriladi.

    Download 1,63 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 1,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-mavzu: Jadval prosessorlarida iqtisodiyotga oid sonli ma’lumotlar bilan ishlash. Reja

    Download 1,63 Mb.
    Pdf ko'rish