|
Mavzu: Statistica muhitida korrelyatsion tahlilni amalga oshirish
|
bet | 1/2 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 194,6 Kb. | | #251644 |
Bog'liq Amaliy mashg\'ulot 9-10
Amaliy mashg`ulot № 9-10
Ishdan maqsad:
Uslubiy ko’rsatmalar:
MATLAB — bu vaqt sinovidan o’tgan matematik hisoblarni avtomatlashtirish tizimlaridan biridir.
MATLAB asosan quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi:
matematik hisoblashlar;
algoritmlarni yaratish;
modellash;
ma’lumotlarni tahlil, tadqiq qilish va vizuallashtirish;
ilmiy va injenerlik grafikasi;
ilovalarni ishlab chiqish;
grafik ishlanmalarni yaratish va boshqalar.
MATLAB tizimini ishga tushirilgandan so’ng ekranda quyidagi to’rtta oyna paydo bo’ladi:
Command Window (buyruqlar oynasi) – eng ko’p ishlatiladigan oyna bo’lib, unda foydalanuvchining buyruqlari bevosita bajariladi va natijalar keltiriladi.
Command History (buyruqlar tarixi) – foydalanuvchining barcha buyruqlari saqlanadi.
Workspace (ishchi fazo) – foydalanuvchi tomonidan buyruqlar oynasiga kiritilgan barcha o’zgaruvchilarni aks ettiradi.
Surrent Directory (joriy katalog) – provodnik dasturiga o’xshash funktsiyani bajaradi.
MATLAB matematik xisoblash tizimida masalalarni yechish tartibi kerakli buyruqlarni satr ko’rinishida berish orqali amalga oshiriladi. Dasturning keyingi versiyalarida bir necha buyruqlarni menyu qismi yoki uskunalar paneli orqali ham amalga oshirish mumkin.
Dasturda buyruqlar foydalanuvchi tomonidan beriladi. Buyruqlar esa m-fayl ko’rinishida saqlanib, chaqirilgandagina ishga tushadi. Dasturning ishlash printsipi “savol berib, javobini ol” tartibiga moslashgan. Buyruqlar klaviatura orqali kiritilib, natija Enter tugmasi bosish bilan olinadi.
Tizimda satrli buyruqlar kiritishning asosiy qoidasi “>>” – katta matematik ifodalaridan keyin yozishdir. Kiritilgan matematik ifodaning qiymati Enter tugmasi bosilishi bilan ans o’zgaruvchisiga natijaviy qiymat yuklatiladi. Tizimda o’zgaruvchilarga qiymatlar “=” – tenglik belgisi orqali beriladi.
O’zgaruvchilar sifatida ixtiyoriy xarfdan foydalanish mumkin. Agar bir necha ifodadan ketma-ket emas, umumiy tarzda natija olish kerak bo’lsa, u holda ifodalardan keyin “;” –nuqtali vergul qo’yish kerak.
Berilgan matematik ifoda bir satrga sig’masa keyinga satrga “...” – ko’p nuqta orqali o’tish mumkin. SHunda, satrlarni yagona ifoda sifatida aniqlaydi va bajaradi.
Buyruq – MATLAB tizimining standart joydagi o’ekti bo’lib, quyidagicha formatga ega:
, bu yerda: - buyruqning standart nomi; - har bir buyruq uchun aniqlashtiriladi va keltirilmasligi xam mumkin.
O’zlashtirish operatori – ikki turga bo’linidi.
Oshkor o’zlashtirish operatori:
= < ifoda>.
Oshkormas o’zgartirish operatori:
Ans
“↑ ↓” – pastga va yuqoriga tugmalari oldin berilgan buyruqlarni aniqlaydi va bajaradi.
Aniq ob’ekt buyicha ma’lumotnoma olish uchun quyidagi buyruqlardan foydalaniladi: “»help nom” yoki “»doc nom”, bu yerda “nom” — ma’lumotnomasi zarur bo’lgan ob’ektning nomi.
Konstantalar – MATLAB tilining xisoblash jarayonida o’zgarmas qiymatga ega ob’ekti bo’lib, quyidagilarga bo’linadi:
1.Sonli konstantalar:
butun;
xakikiy;
kompleks.
2.Mantiqiy konstantalar ( True (rost) yoki False(yolg’on))
Simvol(belgi) ko’rinishdagi konstantalar (apostrof ichiga olingan belgilarning ixtiyoriy ketma-ketligi).
O’zgaruvchilar – MATLABning xisoblash jarayonida o’z qiymatini o’zgartiruvchi ob’ektlardir. O’zgaruvchilar oddiy o’zgaruvchilar va massivlarga bo’linadi.
Funktsiyalar – ichki va tashki funktsiyalarga ajraladi. Ichki funktsiya – MATLAB tilining standart nomi ob’ekti bo’lib, yopiq qavslar ichidagi parametrlar asosida amallar bajariladi.
Asosiy matematik funktsiyalar ro’yxati bilan help elfun buyruqsi yordamida tanishish mumkin.
Ifodalar – MATLAB tilining ob’ekti bo’lib, operatsiyalar orqali o’zgarmaslar, o’zgaruvchilar va funktsiyalarning ma’noga ega bo’lgan to’plamidir. Ifodalar arifmetik, mantiqiy va simvolli kabi turlarga bo’linadi.
Operatsiyalar – matritsalarni ko’shish, ayirish, ko’paytirish, darajaga ko’tarish, o’ng va chap bo’lish va x.k.lar bo’lib, ular xaqidagi ma’lumotlarni help ops buyruqsi orkali olish mumkin.
|
| |