• E’tiboringiz uchun rahmat!
  • Reja kashtachilik san’ati tarixi




    Download 436,58 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana22.02.2024
    Hajmi436,58 Kb.
    #160654
    Bog'liq
    2-maruza taqdimot



    2-Mavzu:KAShTAChILIK SAN’ATI 


    REJA 
    1
    . Kashtachilik san’ati tarixi 
    2. Kashtachilikda bezak buyumlari turlari 
    3. Kashta tikish texnologiyasi 


    O`zbek millim kashtachiligi (kashtado’zlik) amaliy san’atning eng qadimiy 
    turlaridan bo’lib, u xalqning o’z turmushini go’zal qilish istagi natijasida 
    yuzaga kelgan. Kashtachilik san’ati nafaqat mamlakatimizda, balki chet 
    ellarda ham shuhrat sozongan. O’zbek xalq ustalari qo’llari bilan tikilgan 
    kirpech, so’zana, zardevor, gulko’rpa, choyshab kabilar Germaniya 
    Federativ Respublikasi, Belgiya, Amerika Qo’shma Shtatlari, Hindiston, 
    Afg’oniston kabi xorijiy, shuningdek, mamlakatimizning Farg’ona vodiysida 
    faqat xonadonlarda emas, balki muzeylarda doimiy ekspozisiyaga aylanib 
    qolgan.) Hozirgacha buyumlar o’ziga xos go’zallik, nafis bezaklarning 
    rangbarangligi bilan kishilarni hayratga solib kelmoqda. Badiiy 
    kashtachilik uzoq tarixga ega, buni arxeologik topilmalar va yozma 
    manbalar isbotlab bermoqda Uzbek kashtachiligi iqlim, tabiiy sharoit, 
    mux,it bilan bog’liq holda barcha kasbhunarlari bilan birgalikda rivoj 
    topgan. Kashtachilik san’atining eng qadimiysi saqlanmagan 


    XIV
    — XV asrlarga mansub miniatyuralar orqali kashtachilikning juda qadimdan 
    rivojlanganligini 
    ko’rish mumkin. Ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo Amir Temur 
    saroyida uzbek milliy kashta bezaklarini 
    ko’rganini kundaligida yozib qoldirgan. 1467 yili 
    Kamoliddin Behzod 
    «Zafarnoma»ga ishlagan «Temur taxtda» miniatyurasida chodirga 
    ishlangan kashtani ham aks ettirgan. XIX asrning ikkinchi yarmida kashta tikish 
    mashinasining ixtiro etilishi kashtachilik korxonalarining vujudga kelishiga asos 
    soldi./Mashinada kashtalarning 
    ko’p ishlab chiqarilishi ularning badiiyligiga putur 
    yetkazdi. 
    Qo’l kashtalari unutila boshlandi. Lekin ayrim xillarigina saqlanib qoldi. Uzbek 
    kashtachiligi 
    qo’shni xalqlar kashtachiligi ta’sirida boyidi va rivojlandi. Uzbek kashtalariga 
    nazar solsak, unda Hind, Xitoy, Rus, 
    Afg’on, Qozoq, Qirg’iz va Tojik kashtachiliklarining 
    usul va uslublarini uchratamiz. 


    Bu san’atda har bir millatning o’ziga xos eng ko’p qo’llaydigan naqshlari bo’ladi. 
    Chunonchi o’zbek kashtalarida o’simliksimon, geometrik hamda gul naqshlari ko’p 
    bo’lsa, rus kashtachiligida geometrik, o’simliksimon shakllar, gullar, qush va mevalar 
    ko’p tasvirlanadi. 
    Qozoq va qirg’iz kashtachiligida esa ko’proq hayvonlar, shox va tuyoqlarni eslatuvchi 
    elementlar tasvirlanadi. 
    Qadimiy an’analarga ko’ra, o’zbek qizlari — bo’lajak kelinchaklar seplari — har xil 
    kashtachilik buyumlarini o’zlari tayyorlashlari lozim edi. Kashtalar qanchalik nozik
    chiroyli bo’lsa, qayliq shunchalik yuqori baholanar edi. Qizlar 7—9 yoshidan boshlab 
    kashta tikishga o’rgatilardi. Ular uch, to’rt yildan keyin mustaqil kashta tika 
    boshlaydilar. Yetishib chiqqan kashtachilar o’zining san’ati va tabiatiga ko’ra go’zallik 
    haqidagi orzularini ifodalashga harakat qilganlar 


    Kashtachilikning muhim turlaridan biri zardo’zlikdir. 
    Zardo’zlik— zar ip bilan kashta tikish kasbi bo’lib, Uzbekistonda, ayniqsa Buxoroda 
    keng tarqalgan. Zardo’zi usulida tayyorlangan kashtalarda oltin, kumush rangdagi ipak 
    hamdasun’iy ipak va tolalardan foydalaniladi. 
    Kashtachilikning maxsus turlaridan biri — applikasiyadir. 
    Applikasiya — lotincha yopishtirish degan ma’noni bildirib, gazlama, qog’oz va 
    boshqa materiallarga rangbarang gazlama, qog’oz bo’laklarini yopishtirish yoki tikish 
    yo’li bilan bezash demakdkr. Applikasiya kashtado’zlikning maxsus turi bo’lib, u 
    o’ziga xos texnologiyaga ega. Asosiy matoga rangdor mato parchasini, charm va 
    boshqalarni qadab, atrofi choklanadi. Applikasiyada ko’pincha izma choklardan 
    foydalaniladi. Kashtaning bu turi Uzbekistonda yaxshi rivojlanmagan. Hozirgi vaqtda 
    ko’pincha bolalar paltolariga, ko’ylaklariga, bosh kiyimlariga har xil qush, meva, gul 
    va qayvonlar tasviri applikasiya usulida choklanadi. Ayrim hollarda ayollarning 
    kiyimlari shu usulda bezatilyapti. 


    Urta Osiyoda kashtachilik juda keng tarqalgan bo’lib, oilada har bir 
    ayol kashta tikishni bilishi kerak bo’lgan. Shuning uchun har bir oila 
    o’zi uchun kirpech, so’zana, dorpech, oynaxalta, choyxalta va 
    boshqalarni o’zi tayyorlagan. Bezak buyumlarining turi juda ko’p 
    masalan, so’zana, kirpech, choyshab, oynaxalta, choy xalta, 
    zardevor, palak, gulko’rpa, dorpech, bug’joma, parda, belbog’, 
    takyapo’sh (yostiq ustiga yopiladigan), do’ppi, ko’ylak, dastro’mol, 
    hamyon, joynamoz, sumka, nimcha, maxsikavush, xaltacha va 
    boshqalar badiiy did bilan bezatilgan. O’tmishda bu kashtalar oq va 
    malla matolarga tikilgan. Keyinchalik satin, shoyi baxmalga 
    tikiladigan bo’ldi. Kashtachilikda ishlatiladigan bezak buyum turlari 
    bilan tanishib chiqamiz 


    Do’ppi — O’zbekistonda keng tarqalgan yengil bosh kiyim. Do’ppi 
    kiyish dastlab Eronda va turkiy xalqlar o’rtasida, Rossiyada esa XIII 
    asrda rasm bo’lgan. Asrlar davomida do’ppining turli xillari vujudga 
    kelgan. Baxmalga, satinga, sidirg’a shoyiga ip, ipak va zar bilan 
    do’ppi gullari tikilgan. O’zbekistonda, Toshkent, Chust, Buxoro, 
    Samarqand, Boysun, Shahrisabz do’ppilari mashhur bo’lib, ular 
    o’ziga xosdir. Jumhuriyatimizning barcha rayonlarida do’ppi 
    tikiladi. Uning Iroqi, Chust do’ppi, Gilam do’ppi, Chakma to’r, 
    Qizil gul, Piltado’zi, Zardo’ppi, To’ldirma deb nomlanadigan milliy 
    do’ppilar bor. Har bir do’ppi yaratilish uslubiga ega bo’lib, ular 
    birbiridan farq qiladi. O’zbekistonda ommaviy bosh kiyimi asosan 
    uch xil shaklga ega bo’ladi. «Kuloh», «araqchin», «tusdo’ppi» 


    uchburchak parchalaridan bichilib yonlamasiga tikiladi. Kulox, (erkaklar
    bosh kiyimi) hozir juda kam uchraydi. 
    Araqchin — sharsimon do’ppi, uni asosan keksalar kiyadi. Toshkentda 
    sharsimon do’ppilar kanda xayol, bosma, chakmato’r, iroqi chok usullarida 
    tikiladi.
    Tus Do’ppi — Keng tarqalgan yassi yuzali do’ppi. Ko’pincha tus do’ppi chust 
    do’ppi deb yuritiladi. Tus do’ppilarning birgina klassik variantining o’zida 
    sakkizta yuvelir chok uslubi qo’llaniladi. Masalan, zanjira, to’g’ri chok, chita, 
    kungura, yetalatma, taroq, ova, pildiroq. Chust do’ppisining tepasiga kizakdan 
    kvadrat shaklida bo’rtib chiqib, yarim shar ko’rinishida bo’ladi. Toshkent 
    do’ppisi sidirg’a baxmaldan (gulsiz) tikilgan bo’ladi. Buxoro do’ppilari sidirg’a 
    yoki gulli baxmaldan jiyakli qilib tikiladi, jiyagi turli xil ipaklardan rangdor 
    naqshli yo’rma usulida tikilgan bo’ladi 


    E’tiboringiz uchun 
    rahmat! 

    Download 436,58 Kb.




    Download 436,58 Kb.
    Pdf ko'rish