QO’LDA KASHTA TIKISH SAN’ATI
Doniyorova Shahnoza Erkinovna
1
, Xo’jabekova Shahnoza Rasuljon qizi
2
,
Egamova Ozoda Kesinboy qizi
2
A.Qodiriy nomidagi JDPI,Texnologik ta’lim kafedrasi o’qituvchisi
1
,
Dizayn yo’nalishi 3-kurs talabalari
2
,
Jizzax, O’zbekiston
e-mail:
nekdilmarvarid@gmail.com
Annotatsiya:
Maqolada qo’lda kashta tikish san’atining o’ziga xosligi haqida fikr
yuritiladi.
Kalit so’zlar:
kashta, san’at, arqoq, kontur, kashtachilik, hunarmandchilik, milliy
qadriyatlar, qo’l chambarak, naqsh.
***
Аннотация:
В статье рассматривается уникальность искусства ручной вышивки.
Ключевые слова:
вышивка, искусство, спинка, контур, ремесла, национальные
ценности, браслеты, узоры.
***
Annotation:
The article discusses the uniqueness of the art of hand embroidery.
Keywords:
Embroidery, art, back, contour, handicrafts, national values, wristbands,
patterns.
Kashtani xar xil buyumlarga tikishimiz orqali ularga chiroyli ko’rinish
beradi, bu esa kashtaning naqadar muhimligidan iborat. Hozirgi paytda kashta
tiksiқh mashinalarda avtomatik tarzda bajarilishi mumkin,
lekin u birinchidan
o’quvchi tomonidan bajarilishi murakkab, ikkinchidan esa narx jihatidan qimmat.
Agar o’quvchilarga ana shu kashtaning ahamiyatini yetkazib bera olsak
o’quvchilarning bu san’atga bo’lgan qiziqishini va ularni iqtisodiy tejamkorlikkа
o’rgatgan bo’lamiz. Kashtani biz dasturxon,
yostiq jildi, joynomoz, chopon,
kõylaklarga tushirishimiz mumkin. Bu buyumlar esa o’zbek millatining har bir
xonadonida mavjud.
Qo’lda kashta tikish uchun o’ziga xos asboblar bo’ladi. Kashtachilikda
ninalar, angishvona, qaychi,
santimetr lenta, ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar hamda
chambarak (pyalsti) ishlatiladi. Kashtachilikda oq, kul rang,
och sariq, och
mallarang bo’z, surp, karboz, shoyi, baxmal, chit yoki satin kabi matolar
ishlatiladi. Bunday matolarga naqsh kompozitsiyasi chizilganda yaxshi ko’rinadi,
rangli iplarning aksariyati unga mos tushadi. Gullar va naqsh kompozitsiyalar
chizish uchun chizg’ichlar, yumshoq qalamlar, daftar, albom, o’chirg’ich,
millimetrli qog’oz, nusxa ko’chiradigan qog’oz va shaffof qogozlar kerak bo’ladi.