Kashta tikilayotgan buyum tiza ustiga erkin tashlab qo’yilib tikiladi. Yirik
buyumlar (so’zana, takiyapo’sh, gulko’rpa, choyshab, palak va boshqalar)
kompozitsiya va naqsh chizilgach, bir necha taxtaga ajratilib, kashtado’zlik
qilingach, qaytib birlashtirib tikiladi. Bunda har bir bo’lak
boshqa-boshqa chevar
tomonidan tikilishi mumkin, ammo ip ranglari va uslub chizmada belgilab olinadi
va umumiy ranglar gammasi saqlangan bo’ladi. O’zbek kashtachiligida iroqi, ilma,
bo’rma, bosma, xamdo’zi, chamak, chinda xayod, baxya choklari keng tarqalgan.
Turli joylardagi badiiy kashtalarda choklar turlicha tikiladi. Chunonchi,
Toshkentda ko’proq bosma choki, Shaxrisabzda yo’rma, kandaxayol, iroqi,
Buxoro,
Samarqand, Nurotada yo’rma choki bilan tikiladi. Eng muhim
masalalardan biri, avvalo kashtado’zning ish o’rniga katta e’tibor berish va
qulayliklar yaratishdir. Kashta tikish qulay bo’lishi, charchatmasligi uchun, ish
o’rnini to’g’ri
tashkil etish, mehnat qilishning muayyan qoidalariga rioya etish
kerak.
Kashtado’zning ish o’rni:
1. Asbob va moslamalar qo’yiladigan stol ustidagi ishga yorug’lik chap
tomondan tushadigan holatda turishi kerak. Agar stolda quticha bo’lsa, unda ip
maxsus xaltada, asboblar qutichada, kashta gulli shaffof qog’ozi paketda saqlanishi
kerak;
2. Kashtado’zning gavda holatiga ahamiyat berib, bukchaymay, boshni
juda past egmasdan o’tirish kerak;
3. Ish vaqtida gavda biroz oldinga engashgan bo’lishi, ko’z
bilan ish
o’rtasidagi oraliq 25-30 sm dan oshmasligi lozim.
4. Chambarakning tagiga taxtacha, kitob va hokazolarni qo’yib balandroq
o’rnatiladi;
5. Stulning suyanchig’iga suyanish mumkin bo’ladigan qilib, stolga
yaqinroq surib qo’yiladi;
6. Ish vaqtida qo’lni to’g’ri qo’yish katta
ahamiyatga ega;
7. Chap qo’l chambarak tagida bo’lib, o’ng qo’l chambarak ustida bo’lishi
kerak.
Siyrak gazlamaga va to’rga baxyasimon suv chokli kashta tikishda o’ng
qo’lda ignani uning uch tomoni bilan kashtaning teskari tomonidan o’tkaziladi.
Ignaning uchli tomonini chap qo’lda tutib, uning ko’z tomoni bilan kashtaning
o’ng tomoniga chiqariladi. O’ng qo’l bilan ip tortib qo’yiladi. Zich gazlamalarga
kashta tikishda, kashtaning o’ngiga ignani uning uchki tomoni bilan chiqariladi.