• ____ -son ShARTNOMA Toshkent sh. “___” ___________________ 2024 yil “O‘zbekiston pochtasi” AJ
  • I. Shartnoma shartlari 1.1.
  • O‘zbekiston pochtasi




    Download 24,28 Kb.
    bet1/9
    Sana14.05.2024
    Hajmi24,28 Kb.
    #233734
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Oddiy korxonalarga




    Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslar nomiga yo‘llanuvchi pochta jo‘natmalarini “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan yagona milliy tizimidan foydalangan holda pochta aloqasi ob’yektlari tarmog‘i orqali yetkazib berish to‘g‘risida ommaviy
    ____ -son ShARTNOMA


    Toshkent sh. “___” ___________________ 2024 yil

    O‘zbekiston pochtasi” AJ bundan buyon “Bajaruvchi” deb ataladigan, Ustav asosida xarakat qiluvchi Bosh direktor A.N.Fayzullayev bir tomondan va ______________________________________ nomidan, bundan buyon “Buyurtmachi” deb ataladigan, _______________ asosida ish yurituvchi ___________________________________________ ikkinchi tomondan mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar va imzoladilar.




    I. Shartnoma shartlari


    1.1. Ushbu shartnomaga binoan “Buyurtmachi” tomonidan yuridik va jismoniy shaxslar nomiga yuboriluvchi xat-xabarlar, shu jumladan, ular tomonidan yo‘llangan murojaatlarga yozilgan javob xatlari, to‘lov xabarnomalari va bildirishnomalar, chaqiruv qog‘ozlari, sud xabarnomalari va protsessual hujjatlar, davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijalari, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun jarimaga tortish to‘g‘risidagi qarorlarni va boshqa yuridik xujjatlarni (keyingi o‘rinlarda – pochta jo‘natmalari deb ataladi) elektron shaklda yagona milliy tizm orqali taqdim etishni, ushbu pochta jo‘natmalarda oluvchilarning manzil rekvizitlarini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011- yil 18-aprelda 2219-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari (keyingi o‘rinlarda - Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari deb yuritiladi)da belgilangan tartibda ko‘rsatilishini, elektron shaklda kelib tushgan pochta jo‘natmalarini qog‘oz ko‘rinishida chop etish, uni konvertga joylashtirish va oluvchilarga yetkazib berish xizmatlari uchun haq to‘lash majburiyatini oladi.
    1.2. “Bajaruvchi” Yagona milliy tizimdan elektron shaklda kelib tushgan pochta jo‘natmalarini oluvchining manziliga yaqin bo‘lgan pochta aloqasi bog‘lamasida qog‘oz ko‘rinishida chop etib, uni maxsus konvertga joylashtirgan holda oluvchilarga belgilangan nazorat muddatlarida yetkazib berishni, pochta jo‘natmalari yetkazib berilganligi yoki yetkazib berilmaganligi sabablari va boshqa ma’lumotlarni muntazam ravishda Yagona milliy tizimga kiritilib borilishini o‘z zimmasiga oladi.



    Download 24,28 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 24,28 Kb.