|
III. Pochta jo‘natmalari siri
|
bet | 4/9 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 24,28 Kb. | | #233734 |
Bog'liq Oddiy korxonalargaIII. Pochta jo‘natmalari siri
3.1. Bajaruvchi yagona milliy tizimga kelib tushgan pochta jo‘natmalari sirini saqlash majburiyatini oladi.
3.2. Yagona milliy tizimga kelib tushgan pochta jo‘natmalarini sirini saqlash maqsadida “Bajaruvchi”ga quyidagilar taqiqlanadi:
boshqa shaxsga pochta jo‘natmalari haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek adresatlarning manzillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etishi;
pochta jo‘natmalari va ularning mazmuniga (joylanmasiga) doir ma’lumotlarni bilib olishi;
pochta jo‘natmalarining mazmuni (joylanmasi) to‘g‘risida boshqa shaxsni xabardor qilishi taqiqlanadi.
IV. Tomonlarning o‘zaro aloqalari
4.1. “Buyurtmachi” pochta jo‘natmalarini oluvchining manzil rekvizitlari yozilgan
103-shakl ro‘yxat asosida Yagona milliy tizimi orqali yuboradi.
4.2. “Bajaruvchi” Yagona milliy tizimga elektron shaklda kelib tushgan pochta jo‘natmalarini qog‘oz ko‘rinishda chop etadi, uni maxsus konvertga joylashtiradi va oluvchiga yetkazib beradi.
4.3. Pochta jo‘natmasida oluvchining manzil rekvizitlari “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish” Qoidalarining 83-bandi talablariga muvofiq bo‘lishi va quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
- oluvchining nomi (jismoniy shaxslar uchun – familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaxslar uchun – yuridik shaxsning to‘liq nomi);
- viloyat nomi;
- tuman nomi;
- ko‘chaning nomi, uy raqami, xonadon raqami;
- pochta indeksi.
Manzilda qisqartirilgan nomlar, shuningdek manzilga doir bo‘lmagan belgilar bo‘lmasligi kerak.
4.4. Pochta jo‘natmasini oluvchiga imkon qadar yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida “Buyurtmachi” ixtiyoriy ravishda oluvchining manzil rekvizitlariga uning telefon raqamini ham ko‘rsatishi mumkin.
4.5. “Buyurtmachi” manzil rekvizitlarining to‘g‘ri yozilganligiga javobgar.
4.6. Pochta jo‘natmalarini qabul qiluvchilarga qayta yetkazib berish jarayonida yangi
103-sh. ro‘yxat tuziladi va “Buyurtmachi”ning birinchi 103-sh. ro‘yxatida belgi qo‘yiladi, belgilangan tariflarga muvofiq haq to‘lanadi.
|
| |