|
V. Narxlar va to‘lash tartiblari
|
bet | 5/9 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 24,28 Kb. | | #233734 |
Bog'liq Oddiy korxonalargaV. Narxlar va to‘lash tartiblari
5.1. Shartnomaning summasi____________________________ so‘mni tashkil qiladi.
T/r
|
Xizmatning nomi
|
Miqdori
|
Narxi QQS bilan
|
Jami QQS bilan
|
1.
|
Pochta jo‘natmalarini qog‘oz ko‘rinishida chop etish, uni konvertga joylashtirish va oluvchilarga yetkazib berish (uch dona bosma varaq)
|
|
|
|
Mazkur narx (tarif)lar bo‘yicha ma’lumotlar bilan “Bajaruvchi”ning www.uz.post rasmiy veb-sayti orqali batafsil tanishish mumkin.
5.2. Agar bosma varaq soni uchdan ko‘p bo‘lsa, keyingi har bir varaq uchun 400 so‘m qo‘shiladi.
Mazkur narx (tarif)lar bo‘yicha ma’lumotlar bilan “Bajaruvchi”ning www.uz.post rasmiy veb-sayti orqali batafsil tanishish mumkin.
5.3. “Buyurtmachi” ushbu shartnoma tuzilgan kundan boshlab, 10 (o‘n) ish kuni davomida “Bajaruvchi”ning hisob-raqamiga shartnoma summasining _______________________________ 30 foiz miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshiradi.
5.4. “Bajaruvchi” har oyning 10-sanasiga qadar “Buyurtmachi”ga bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnoma va hisob-fakturani taqdim etadi.
5.5. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnoma va hisob-fakturasi taqdim etilgandan so‘ng “Buyurtmachi” tomonidan 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
5.6. “Bajaruvchi”ning aybi bilan xizmatlarni ko‘rsatish imkoni bo‘lmasa “Bajaruvchi” oldindan to‘langan mablag‘ni qaytarib berishni o‘z zimmasiga oladi.
5.7. “Buyurtmachi” taqdim etilgan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnoma va hisob-fakturani
5 ish kuni ichida imzolashi yoki imzolashni asosli rad etishi kerak.
5.8. “Bajaruvchi” “Buyurtmachi”dan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnomaga berilgan e’tirozlarni olgan kunidan boshlab 5 (besh) ish kun ichida ko‘rib chiqadi. Agarda berilgan e’tirozlar bilan rozi bo‘lsa “Bajaruvchi” taqdim etgan e’tirozlarni inobatga olgan holda, bajarilgan ishlar to‘g‘risida dalolatnomani tayyorlaydi va “Buyurtmachi”ga taqdim etadi.
5.9. Agar “Bajaruvchi” taqdim etilgan e’tirozlarga rozi bo‘lmasa, har bir Tomonning vakillaridan iborat bo‘lgan ishchi gurux tuziladi va ular 5 (besh) ish kuni ichida har bir Tomondan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi malumotlarni o‘rganib chiqishi lozim. O‘rganish natijasiga ko‘ra har ikki tomon uchun bajarilishi lozim bo‘lgan yakuniy hulosa chiqariladi.
5.10. Bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnoma va hisob - faktura imzolangandan so‘ng, “Buyurtmachi” 10 (o‘n) ish kuni ichida “Bajaruvchi” bilan o‘zaro hisob - kitoblarni amalga oshiradi.
5.11. “Bajaruvchi” tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning tasdiqlanadigan narxlari (tariflari) o‘zgargan taqdirda “Bajaruvchi” tomonidan mazkur qaror kuchga kirguniga qadar o‘n besh kundan kechiktirmay ommaviy axborot vositalarida hamda o‘z rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinadi. Bunday hollarda Tomonlar ushbu shartnomaga qo‘shimcha kelishuv tuzadilar.
5.12. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mazkur shartnomaning 5.1-bandida belgilangan summadan oshgan summani “Buyurtmachi”“Bajaruvchi”ga to‘lab berish majburiyatini oladi.
|
| |