• 2.2. “Buyurtmachi”ning majburiyatlari
  • II. Tomonlar huquqi va majburiyatlari




    Download 24,28 Kb.
    bet2/9
    Sana14.05.2024
    Hajmi24,28 Kb.
    #233734
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Oddiy korxonalarga

    II. Tomonlar huquqi va majburiyatlari


    2.1. “Buyurtmachi”ning huquqlari:
    “Bajaruvchi”dan pochta jo‘natmalarini belgilangan nazorat muddatlarida oluvchilarga yetkazib berishni;
    har oyda jo‘natilgan va yetkazib berilgan, shuningdek oluvchilarga ma’lum bir sabablarga ko‘ra yetkazib berilmagan pochta jo‘natmalar bo‘yicha hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etishni;
    pochta jo‘natmalari yetkazib berilganligi yoki berilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni Yagona milliy tizimga o‘z vaqtida kiritilib borilishini talab qilish.
    2.2. “Buyurtmachi”ning majburiyatlari:
    “Bajaruvchi”ga pochta jo‘natmalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020 yil 9 oktyabrdagi 637-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan yuborish;
    pochta jo‘natmalarida oluvchilarning manzil rekvizitlari to‘liq yozish;
    “Bajaruvchi”ning xizmati uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish;
    xar oyda bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnoma va hisob-fakturani “Bajaruvchi” tomonidan topshirilgan vaqtdan boshlab 5 ish kuni ichida imzolash va ushbu hujjatlarning bir nusxasini “Bajaruvchi”ga qaytarish;
    agar bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnoma va hisob-fakturaga e’tirozlar mavjud bo‘lsa, uning sabablarini ko‘rsatgan holda “Bajaruvchi”ga 5 ish kuni ichida qaytaradi. Aks holda, dalolatnoma qabul qilingan va xizmat ko‘rsatilgan deb hisoblanadi.
    2.3. Buyurtmachining xatosi bilan tizimga elektron shaklda kelib tushgan pochta jo‘natmalari qog‘oz ko‘rinishida chop etilib va (yoxud) konvertga joylashtirilgan, lekin adresatga yetkazib berish uchun aloqa bo‘limiga yuborilmagan taqdirda faqat sarf etilgan xarajatlar “Bajaruvchi”ning kalkulasiyasiga ko‘ra “Buyurtmachi” tomonidan to‘liq qoplab beriladi.
    Bunda, Buyurtmachining xatosi bilan pochta jo‘natmalari elektron shaklda tizimga kelib tushganidan so‘ng, “Buyurtmachi” ko‘pi bilan 2 soat ichida “Bajaruvchi”ni xabardor qilishi shart.
    2.4. Buyurtmachining xatosi bilan tizimga elektron shaklda kelib tushgan pochta jo‘natmalari qog‘oz ko‘rinishida chop etilib, (yoxud) konvertga joylashtirilgan hamda adresatga yetkazib berish uchun aloqa bo‘limiga yuborilgan taqdirda “Buyurtmachi” tomonidan to‘lov shartnomada ko‘rsatilgan narxda to‘liq amalga oshiriladi.

    Download 24,28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 24,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II. Tomonlar huquqi va majburiyatlari

    Download 24,28 Kb.