|
VIII. Tomonlarning mas’uliyati
|
bet | 7/9 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 24,28 Kb. | | #233734 |
Bog'liq Oddiy korxonalargaVIII. Tomonlarning mas’uliyati
8.1. “Buyurtmachi” “Bajaruvchi”ning xizmatlarini o‘z vaqtida, shartnomada belgilangan muddatlarda to‘lash va yakuniy to‘lovning to‘liqligi uchun javobgardir.
“Buyurtmachi” tomonidan “Bajaruvchi”ga, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z vaqtida to‘lovlar amalga oshirilmaganda kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4 foiz miqdorida penya to‘laydi, biroq penya miqdori kechiktirilgan to‘lov miqdorining 50 foizidan oshmasligi kerak.
8.2. “Bajaruvchi” “Buyurtmachi”ning oldida pochta jo‘natmasini olish huquqiga ega bo‘lgan oluvchilarga o‘z vaqtida va to‘liq yetkazib berish uchun javobgardir.
“Bajaruvchi”ning xodimlarining aybi bilan pochta jo‘natmalar o‘z vaqtida yetkazib berilmagan taqdirda “Bajaruvchi” “Buyurtmachi”ga har bir kechiktirilgan kun uchun majburiyatning bajarilmagan qismining 0,5% miqdorda penya to‘laydi, biroq bu kechikkan summaning 50 % dan oshmasligi kerak.
8.3. Tomonlarning shartnomada nazarda tutilib keyinchalik nizo keltirib chiqargan, shuningdek shartnomada nazarda tutilmagan javobgarliklar, masalalar yoki kelishmovchiliklar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Aloqa to‘g‘risida“, “Pochta aloqasi to‘g‘risida”, Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida” va “Raqobat to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9- oktabrdagi 637-son qarori bilan tasdiqlangan nizom, Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga asosan ko‘rib chiqiladi.
8.4. “Bajaruvchi”tizim orqali pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari va axborot resurslarining axborot xavfsizligini, tizimda shaxsga doir ma'lumotlar, shuningdek, pochta jo‘natmalaridagi ma'lumotlarning muhofaza qilinishini ta’minlaydi.
Yagona milliy tizimda saqlanadigan pochta jo‘natmalaridan faqat ularni yuborgan “Buyurtmachi”ning, shuningdek, qabul qiluvchining roziligi bilan ushbu pochta jo‘natmalariga ishlov berish, ularni yuborish va olish uchun foydalaniladi, bundan qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar mustasno.
|
| |