|
“Bajaruvchi”ning huquqlari
|
bet | 3/9 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 24,28 Kb. | | #233734 |
Bog'liq Oddiy korxonalarga2.5. “Bajaruvchi”ning huquqlari:
“Buyurtmachi”dan ushbu shartnomada belgilangan tartibda va miqdorda taqdim etilgan xizmatlar uchun to‘lov va yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishni talab qilish;
pochta jo‘natmalarni yetkazib berish uchun zarur bo‘lgan manzil ma’lumotlari yetarli bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilgan taqdirda “Buyurtmachi”dan pochta jo‘natmalarini qabul qilishdan bosh tortish (Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining 83-bandi);
agar pochta jo‘natmasida ko‘rsatilgan manzil rekvizitlarga binoan oluvchining shaxsan o‘ziga topshirishning ilojisi bo‘lmasa, u holda oluvchining voyaga yetgan oila a’zolariga topshirish.
2.6. “Bajaruvchi”ning majburiyatlari:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020 yil 9 oktyabrdagi 637-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan pochta jo‘natmalarini qabul qilish;
pochta jo‘natmalari Yagona milliy tizimga soat 12:00 gacha kelib tushgan taqdirda, shu kunning o‘zida chop etib, tegishli manzillar bo‘yicha yuborish, soat 12:00 dan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushgan taqdirda, keyingi ish kuni chop etib, tegishli manzillarga yuborish;
pochta jo‘natmalarini oluvchilarga belgilangan nazorat muddatlarida, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida – D+2 kun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi tuman (shahar) markazlarida – D+3 kun, Boshqa aholi yashash punktlarida – D+4 kun ichida yetkazib berish (D-pochta jo‘natmalarni Yagona milliy tizim orqali qabul qilingan kun, nazorat muddatlariga dam olish va bayram kunlari kirmaydi);
har oyda jo‘natilgan va yetkazib berilgan, shuningdek oluvchilarga ma’lum bir sabablarga ko‘ra yetkazib berilmagan va qaytarilgan pochta jo‘natmalar bo‘yicha hisobotlarni o‘z vaqtida “Buyurtmachi”ga taqdim etish;
hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnoma va hisob-fakturani “Buyurtmachi”ga taqdim etish;
Yagona milliy tizimga pochta jo‘natmalarni yetkazib berilganligi yoki yetkazib bermaganligi to‘g‘risida ma’lumotlarning o‘z vaqtida kiritib borish;
oluvchi yoki oilaning katta yoshdagi a’zolari bo‘lmaganligi sababli ko‘rsatilgan pochta jo‘natmalarini topshirishning imkoni bo‘lmaganda abonent pochta qutichasiga yoki abonent pochta qutisi bo‘lmagan taqdirda oluvchining eshigiga 22-shakl xabarnomani qoldirish (Ushbu xabarnoma pochta jo‘natmalarini olish uchun pochta aloqasi ob’ektiga oluvchini taklif etish maqsadida qoldiriladi);
oluvchi 22-shakl xabarnomasiga asosan pochta aloqasi obyektiga kelmagan taqdirda, o‘n kun muddat davomida pochta aloqasi obyektida saqlanadi. Agar o‘n kun muddat ichida oluvchi pochta jo‘natmasini olish uchun pochta aloqasi obyektiga kelmasa, pochta jo‘natmasi yetkazib berilmaganlik sababi ko‘rsatilgan holda tizim orqali buyurtmachiga qaytariladi.
Pochta jo‘natmalarini oluvchilarga yetkazib berishning imkoniyati bo‘lmagan hollarda yetkazib berilmaganlik sabablarini ko‘rsatgan holda 20-shakl ma’lumotnomani rasmiylashtirish:
1 – oluvchi vafot etgan;
2 – oluvchi (oilasi) ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha yashamaydi yoki vaqtincha yashamaydi;
3 – manzil to‘liq (uyning raqami, aholi punkti, ko‘cha nomi va boshqalar) ko‘rsatilmagan;
4 – oluvchi pochta jo‘natmasini olishdan voz kechdi;
5 – oluvchi uyida bo‘lmagan, uyiga xabarnoma qoldirilgan, pochta jo‘natmasini olish uchun pochta aloqasi ob’ektiga kelmagan.
6 – ko‘rsatilgan manzil aniqlanmadi;
7 – ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha korxona topilmadi.
Qog‘oz ko‘rinishida chop etilgan pochta jo‘natmalarni qabul qiluvchilarga yetkazib berishning imkoniyati bo‘lmagan hollarda pochta jo‘natmalari pochta aloqasi bog‘lamasida olti oy davomida saqlanadi.
Saqlash muddati tugaganidan so‘ng hujjatlar ularni jo‘natgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning talablariga binoan qaytariladi, talab qilib olinmagan xat-xabarlar va hujjatlar tegishli dalolatnoma tuzilib, yo‘q qilinadi.
“Buyurtmachi” tomonidan elektron shaklda yuborilgan pochta jo‘natmalari qachon va kimga topshirilganligi yoki topshirilmaganligi sabablari hamda pochta jo‘natmalarining elektron shakldagi ma'lumotlari Yagona milliy tizimda bir yil davomida saqlanadi. Tizimda saqlash muddati tugaganidan so‘ng ushbu pochta jo‘natmalarining elektron shakldagi ma’lumotlari dasturiy ravishda arxivlanib, belgilangan muddatda saqlash uchun idoraviy arxivga topshiriladi.
|
| |