|
4-mavzu: Jahonda bo’lmasa muallim agar, hayot ham bo’lmasdi go’zal bu qadar
|
Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #108665 |
Bog'liq 1-oktabr
4-mavzu: Jahonda bo’lmasa muallim agar, hayot ham bo’lmasdi go’zal bu qadar
(1 oktabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan)
Kun shiori: Dunyo imoratlari ichida eng ulig’i maktab bo’lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir
(Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch)
Maqsad: O’quvchilarda o’qituvchi va murabbiylarga hurmat tuyg’usini singdirish, ustozlarning ulug’ligini va ularga doimo ehtirom ko’satishligini uqtirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada:
“Haqiqatan ham ustoz ilm berishi bilan kishining nomini ulug’lab, avlodlar og’zida qoldiradi va ikkinchi hayot bag’ishlaydi ” Ogahiy
To’rt narsa o’lik dilni tiriltiradi: ustod, yaxshi do’st, muvofiq yor va davlatu iqbol sababchisi bo’ladigan dono aql. Muiniddin Juvayniy
Maktab bor ekan albatta, bu dargohda ustoz degan ulug’ zot bor.
“Ustoz ko’rgan elmiz illo, bu an’ana etar doimo”
O’qituvchi: “Ustoz”ning tarix zarvaraqlaridagi o’rni
Ibn Abbosdan:
-Sen qanday qilib shuncha ilmga erishding,-deb so’radilar.
U shunday deb javob berdi:
-Savol beruvchi til, biluvchi qalb va chidamli o’qituvchi bilan.
Bir kuni Iskandardan:
-Sen ustozingni onangdan ko’ra yaxshiroq hurmat qilar emishsan, shu rostmi?-deb so’radilar.
-Ha,-deb javob berdi Iskandar,-onam meni yo’qlik osmonidan olib tushdi, ustozim esa yerdan ko’kka ko’tardi. Kimki ustodiga ixlos ila izzat qilsa, Haq aning manzilini jannati rizvon ayladi.
Mashg’ulot davomida, O’quvchilarning ustozlariga bag’ishlangan tabriklari,tilaklari, she’ru, qo’shiqlari va raqslari.
Izoh: (Har yili 1 oktabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o’qituvchi o’z maktabining faollar zalida ustozlarni madh etuvchi tadbirlar o’tkazishi mumkin) O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka undab boradi.
2023 yil
|
| |