• – BOSQICH “TT 13-23”- GURUH TALABASINING “ DINSHUNOSLIK ” FANIDAN TAYYORLAGAN Mustaqil ishi №2
  • Telekommunikatsiya texnologiyalar




    Download 248.47 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana01.11.2023
    Hajmi248.47 Kb.
    #92887
    Bog'liq
    mustaqil ish
    Kitob 7170 uzsmart.uz, Document 17, 2 Ma\'ruza. Qitiqlanish va qo‘ZG‘alish fiziologiyasi, “Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi”futbol, Akademik Yozuv referat, Maktabgacha tarbiya yoshida bilish jarayonlarining rivojlanishi (1), There are several big cities in Uzbekistan, 8-sinf monitoring testi, Tarmoq kabellarining turlari va xususiyatlari, TARMOQ ADMINISTRATORLIGI Lesson 1, Kóp funksiyali turar joylar majmualari rivojlanish tendensiyalari, 15-Tema fizika, @ustoz Метод бирлашма рахбарлари бахолаш янги тартиб pdf, informatika 5-6-sinf 68 soat to\'garak


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR 
    VAZIRLIGI 
     
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
    TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI 
     
     
     
    “TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALAR ” FAKULTETI 
    1
     – BOSQICH “TT 13-23”- GURUH TALABASINING 

    DINSHUNOSLIK

     
    FANIDAN TAYYORLAGAN 
     
    Mustaqil ishi №2 
     
     
     
     
     
    Bajardi:
     
     
     
     
     
    D.Majidov 
     
    Qabul qildi: 
     
     
     
    D.Mamatqulova 
     
    QARSHI 2023 


    Reja: 
    1. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya, xudojo'ylik, diniy 
    e'tiqod, aqida, ilohiyot tushunchalarining mohiyati. 
    2. Dinshunoslikning fan sifatida shakllanishi, predmeti,funksiyalari, 
    kategoriyalari. 
    3.
    Dinlarni tadqiq etish metodologiyasi: tipologik, qiyosiy, 
    tarkibiy-funksional, genetik tahlil. 
    4.Qiyosiy dinshunosliklikning metodlari. 
    5.
    Yahudiylik ta'limoti, an'ana va marosimlari. 
    6.
    Konfutsiylik ta'limotida ijtimoiy-axloqiy masalalar. 
    7.
    Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari. 


    Din (arabcha: نيد — „eʼtiqod“, „ishonch“, „itoat“) jamoat tomonidan 
    shifrlangan qadimiy yozuvlar, mifologiya va rituallarga qatʼiy amal qilingan 
    holda bajariluvchi harakatlar toʻplamidir[1]; shuningdek, shaxsiy e’tiqod 
    hamda mistik kechinmalardan iborat boʻlishi ham mumkin. „Din“ atamasi 
    ham jamoat eʼtiqodiga oid shaxsiy amaliyotlarni, ham guruh tomonidan 
    bajariluvchi rituallarga qoʻllanadi. 
    Dinshunoslik - dinlar tarixi, ular bilan bog'liq jarayonlar, dinning inson 
    hayotining turli jabhalari bilan o‘zaro ta’sirlashuvini o‘rganuvchi fan. 
    Dinshunoslik barcha ijtimoiy fanlar qatori ham o‘zining o‘rganish obyektiga ega. 
    U dinning paydo bo‘lishi, ijtimoiy mohiyati va jamiyatdagi rolini tadqiq qilish 
    bilan birga diniy e’tiqodlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, ularning jamiyat 
    taraqqiyotidagi evolyutsiyasini ilmiy jihatdan o‘rganadi. 
    Din falsafasi- tafakkur shakllaridan bo‘lgan tushunchalar matn va maqsad 
    mohiyatidan kelib chiqib, turlicha mazmun kasb etishi, keng va tor ma’nolarda 
    qo‘llanilishi mumkin. “Din falsafasi” tushunchasi haqida ham shunday deyish 
    mumkin. Xususan, keng ma’noda u din haqidagi falsafiy qarashlarni anglatadi. 
    Bunday talqinda din falsafasi falsafa kabi qadimiy ildizlarga ega bo‘lib, asrlar 
    davomida din, uning mohiyati, inson va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida 
    shakllangan xilma-xil falsafiy qarashlar, yondashuvlar va ta’limotlarni qamrab 
    oladi. Tor ma’noda esa, din falsafasi falsafiy usullar va tushunchalar apparatini 
    ishga solgan holda dinni o‘ziga xos ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida o‘rganuvchi 
    mustaqil fanni anglatadi. 
    Teologiya (yun. theos — xudo va ...logiya) — xudoning mohiyati va irodasi 
    haqidagi diniy talimotlar majmui. Xudo shaxsan oʻzini vahiy orqali kishilarga 
    maʼlum qiladi degan konsepsiyaga asoslanadi. Muqaddas kitoblar va 
    muqaddaslashtirilgan yozuvlar Teologiyaning asosiy manbalari hisoblanadi. 
    Teologiya turli diniy oʻquv yurtlari — seminariyalar, akademiyalar, madrasalar 
    va boshqalarda oʻqitiladi. Teologiya tushunchasi avvalo iudaizm va xristianlikka 
    nisbatan qoʻllangan. Teologiya islomda ilohiyot, kalom atamalari bilan ham 
    ataladi. 
    Teosofiya (yun. theos — xudo va sophia — donishmandlik, bilim) — keng 
    maʼnoda — eng zoʻr ilohiy sirlarni ochishga daʼvo qiluvchi har qanday diniy 
    taʼlimot. Shaklsiz, yagona, hamma narsani qamrab oluvchi xudo haqidagi, 
    barcha narsalarning ilohiy mohiyati haqidagi tasavvurlar T.ning nazariy asosini 
    tashkil etadi. Gʻayritabiiy va narigi dunyodagi kuchlar bilan bevosita aloqa 
    bogʻlash mumkinligini tan olish T.ni spiritizm va okkultizma olib boradi. Tor 
    maʼnoda — rus yozuvchisi Ye.P. Blavatskaya (1831—91) va uning 
    tarafdorlarining liniy taʼlimoti boʻlib, unda buddizm va boshqa sharq 


    taʼlimotlaridagi mistika okkultizm va noortodoksal xristianlik elementlari bilan 
    qoʻshilib ketgan. 
    Eʼtiqod — dunyoqarash shaxs, jamoa, guruh va jamiyat aʼzolarini maʼlum bir 
    gʻoya, taʼlimot, yoki dinga qatʼiy ishonish asosida uni haq deb bilib, shu taʼlimot 
    toʻgʻrisidagi tasavvur va bilimlarni tashkil qiladi. Inson shu gʻoyani yoki dinni 
    oʻzining faoliyat dasturi deb hisoblaydi. 
    Aqida (arab.) — dindorlar uchun majburiy hisoblangan, shak keltirmasdan, 
    muhokama yuritmasdan eʼtiqod qilinishi lozim boʻlgan diniy talablar. 
    Islom aqidalarining asosi Qur’onda berilgan, hadislardagi koʻrsatmalar negizida 
    ishlab chiqilib, tartibga solingan. 
    Islomning sunniylik va shialik yoʻnalishi ilohiyotida eʼtirof etiladigan aqidalar 
    yoki imon talablari 
    Sunniylik 7 ta: 
    Allohning yagonaligiga 
    Farishtalarga borligiga 
    Muqaddas bitiklarga 
    Paygʻambarlarga 
    Oxiratga 
    Taqdirga 
    Inson qazo qilganidan soʻng qayta tirilishiga ishonish 
    Ilohiyot (arab. — xudo toʻgʻrisidagi taʼlimot) — diniy aqidalar va ular haqidagi 
    ilohiy koʻrsatmalarni oʻz ichiga olgan asosiy diniy taʼlimot. Islomda Ilohiyat ilk 
    shakllanish davridan boshlab kalom deb nom olgan.


    Din insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. O’zbekiston Respublikasida 
    ziyolilar oldiga ma’naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qo’yilgan bir 
    paytda din masalasini chetlab o’tish mumkin emas. Mazkur masalani hal 
    etishda ilgarigi dinga agressiv hujum etish uslubining salohiyatsizligi hammaga 
    ochiq-oydin. Lekin keyingi paytda paydo bo’lgan diniy bo’lmagan masalalarni 
    diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo’lgan, fikrlarni tahlil 
    qilmasdan turib maqtash uslubi ham o’zini oqlamaydi. Demak, ushbu masalaga 
    prinsipial, professional, ilmiy yondashuv darkordir. 
    O’zbekiston Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqi tarkibida bo’lgan va jahon 
    hamjamiyatidan ajratilib yashagan bir davrda, G’arbda XIX asrning o’rtalarida 
    vujudga kelgan dinshunoslik fani ancha yo’l bosib o’tib, ko’plab ilmiy natijalarga 
    erishdi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston tadqiqotchilari bu yangi soha bilan 
    yaqindan tanishib, mutaxassis-kadrlarni tarbiyalay boshladilar. 
    Din - e’tiqod hamdir, bu esa har bir kishining shaxsiy ishi. Lekin shaxsni har 
    qanday missioner tashkilotlar ixtiyoriga ham tashlab qo’yib bo’lmaydi. Ozod 
    jamiyatda har bir inson o’z shaxsiy munosabatini belgilab olishi uchun unga har 
    tomonlama, boy, xolis-ilmiy axborot zarur. Bunday axborot ko’p qirrali 
    bo’lmog’i, birovning g’arazli sharhisiz asl matnlar shaklida bo’lsa maqsadga 
    muvofiqdir. Eskirgan ma’lumotlar asosida mutaxassis bo’lmagan mualliflar 
    tomonidan yozilgan asarlar hozirgi zamon axborot erkinligi va uning etib kelishi 
    oson bo’lgan sharoitlarda o’quvchilarning ko’z o’ngida mazkur mualliflarning 
    obro’sizlanishiga yoki o’quvchini noto’g’ri tasavvurga ega bo’lib qolishiga olib 
    keladi. 
    Din va Qonun o’zaro munosabatlarini yaxshi bilish demokratik jamiyat 
    poydevorini mustahkamlaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va 
    «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi 
    Qonuni turli diniy jamoa a’zolarining huquqlari, majburiyatlari haqida to’la 
    ma’lumot beradi. O’quvchilarda qonunga hurmat hissini, o’zininggina emas, 
    boshqalarning ham diniy his-tuyg’ularini hurmat qilish, tushunishga harakat 
    qilish, o’z shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan o’tkazish g’ayriqonuniy 
    xatti-harakat ekanligi, jamoat joylarida diniy masalalarda zo’ravonlik, 
    tajovuzkorlikka yo’l qo’ymaslik dunyoqarashini shakllantiradi. 
    O’zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda 
    uning fuqarolari turli konfessiyalar vakillari bilan muloqot etishning yuksak 
    madaniyatiga ega bo’lishi


    Mustaqillik yillarida yurtimizda та ’naviyatni yuksaltirish, vijdon
    rkinligini ta ’minlash, dinlararo bag'rikenglik tamoyilini hayotga
    ,itbiq etish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Buyuk
    (ijdodlarimizyaratgan boy diniy-falsafiy merosni, jahon diniy falsafasi
    isatlarini о ‘rganish va targ'ib qilish keng yo'lga qo'yildi.
    Talabalarga dinshunoslik asoslari, dunyo dinlari tarixi, jahon dinlari
    alsafasini o ‘qitish ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, diniy hisuyg'ularga 
    hurmat ruhida tarbiyalashda muhim omil bo‘lib hizmat
    jilmoqda. Din falsafasi fani yuzasian tuzilgan mazkur о ‘quv-uslbiy
    majmuaning muhim jihatlari shundaki, birinchidan, mavzular
    voritilishida dinning genizisi, tarixiy sharoitda din sifatida
    *hakllanishi, rivojlanishi va qaror topishining о 'ziga xos tomonlariga
    : tibor qaratish; ikkinchidan, о ‘quv fani sifatida SHarq va G ‘arb
    urhunchidan, buddaviylik, xristianlik falsafasi va kalom falsafasi
    о ‘nalishlarining о ‘ziga xos xususiyatlarini sharhlash lozim.
    Mazkur о ‘quv-uslbiy majmua imkon qadar ushbu sohadagi
    !>archa та ’lumot va bilimlarni о ‘zagiga qamrab olib, talabalar uchun
    tin haqidagi falsafiy manba va bilimlarni о ‘rganish; ularni nazariy
    jihatdan tadqiq etish, bu jarayonning natijalarini umumlashtirish
    •mkonini beradi. Mazkur о ‘quv-uslbiy majmua din falsafasi fanining
    lasturi to ‘rt bo ‘limini qamrab olib, hozirgi holatida “Din
    alsafasining shakllanishi va rivojlanishining asosiy yo ‘nalishlari ”,
    Din falsafasining nazariy-falsafiy masalalari” nomli bo ‘limlarning 9
    ta mavzuni o ‘z ichiga oladi. Dasturda belgilangan “Monotiestik
    linlar falsafasi”, ‘‘Din falsafasi va jamiyatdagi ijtimoiy-falsafiy
    jarayonlar” deb nomlangan uchinchi bo'lim va to'rtinchi bo'limlar 2-
    kursda o'qitilishi rejalshtirilgan. Mazkur o'quv-uslbiy majmua
    lalabalarda diniy-falsafiy ongni shakllantirish bilan nazariy va amaliy
    hilimlar orqali ilmiy-falsafiy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat
    (jiladigan bir qator tarkibiy qismlar- ma'ruzalar matni, nazorat
    4ivollari, test topshiriqlarini o ‘z iichiga olgan.. Mazkur o'quv-uslbiy
    ■najmuada dinning falsafiy mohiyati, ibtidoiy, milliy va jahon dinlari
    la ’limotining shakllanishida vujudga kelgan falsafiy qarashlarga
    fualluqli bilimlar о ‘rganiladi. Shuningdek, talaba dinlar falsafasining
    itsosiy tushunchalari bo‘lgan xudo, payg'ambarlar, inson, taqdir,
    oxirat, iymon va boshqa murakkab tushunchalar, diniy-falsafiy
    nqimlar va ularning ta ’limotlarini tushunishi lozim bo ‘ladi. 


    Yahudiylik ta’limoti Xudo tomonidan Musoga nozil qilingan O‘n amrga rioya 
    etishga asoslanadi. Ularning e’tiqodiga ko‘ra, O‘n amr Muso payg‘ambarga 
    Sinay (Tur) tog‘ida ikki marta tushirilgan. 
    Muso O‘n amrni olmoqda Моисей десять заповедей принимает.. 
    Muso O‘n amrni 
    olmoqda. 
    Yahudiylikda aytilishicha, Muso o‘z qavmining qo‘lda yasalgan buzoqqa 
    sig‘inayotganini ko‘rib, bundan g‘azab lanib ketadi va Xudoning amrlari yozilgan 
    lavhalarni sindirib tashlaydi, shundan keyin Xudo quyi dagi O‘n amrni qayta 
    tushirgan. 
    Dunyoni yaratgan, yakka-yu yagona Yahvedan boshqa iloh yo‘qligiga imon 
    keltirish. 
    Yahvedan boshqaga ibodat qilmaslik. 
    Xudoning nomini bo‘lar-bo‘lmasga tilga olavermaslik. 
    Shanba kunini muqaddas bilish va shu kuni dam olish. 
    Ota-onani hurmat qilish. 
    Qotillik qilmaslik. 
    Zino qilmaslik. 
    O‘g‘rilik qilmaslik. 
    O‘z yaqinlari (yahudiylar) haqqiga yolg‘on guvohlik bermaslik. 
    O‘z yaqinlari uyiga, ayoliga, quliga, hayvonlariga, umuman, unga tegishli 
    bo‘lgan narsalarga ko‘z olaytirmaslik. 
    Mazkur amrlar yahudiylarning muqaddas manbasi hisoblangan Tavrot (Tora) 
    kitobida keltirilgan. 
    Musoga tegishli bo‘lgan besh kitobni o‘z ichiga oladi: 
    «Borliq» yoki «Ibtido»; 
    «Chiqish»;3) «Levit»; 
    «Sonlar»; Eron podsho hi 
    «Ikkinchi qonun». Kir II tomonidan 
    TARIXGA NAZAR 
    Eron podshohi Kir II tomonidan Bobil egallangach, yahudiylarning ancha qismi 
    Kan’onga qaytib, podshohning roziligi bilan ikkinchi marta o‘z davlatlarini qayta 
    tiklashga erishdilar. Muhojirlikda qolgan yahudiylarning bir qismi esa Sharqqa, 
    xususan, Markaziy Osiyoga ko‘chib o‘tdi. 


    Yahudiylikda ibodat tong, peshin va shom paytida qilinadigan kundalik hamda 
    shanba kuni sinagogada bo‘lib o‘tadigan haftalik ibodat shakllariga bo‘linadi. 
    Haftalik ibodat (Shabat-Sabt) juma kuni Quyoshning botishi bilan boshlanadi va 
    shanba kuni nihoyasiga yetadi. 
    Shanba kuni olov yoqish, ishlash, hatto transportdan foydalanish ham 
    taqiqlanadi. Yahudiylik ta’limotiga ko‘ra, Xudo olamni olti kunda yaratib, 
    yettinchi kuni dam olgan. Shuning uchun ham, yahudiylar haftaning yettinchi 
    kuni — shanbani dam olish va ibodatga 
    bag‘ishlaydilar. 
    Sinagoga (yun. «jamlanish»; ibr. — «beyt kneset» — «jamlanish uyi»)da 
    ibodatlar kamida o‘nta balog‘atga yetgan erkak kishi to‘planganda o‘tkaziladi. 
    «Tavrot»da jannat «Adan» nomi bilan atalib, uning sifatlari bayon qilingan. 
    Yahudiylikda ibodat — «avoda she-ba-lev» ibroniycha «Qalb xizmati» degan 
    ma’noni anglatadi. 
    Ibodat vaqtidagi eng muhim lahza va uning asosiy shartlaridan biri «Tavrot» 
    o‘ramalarining tugunlar ichidan chiqarilishi va ruhoniy tomonidan baland 
    ovozda o‘qilishidir. Yahudiylarda faqatgina sinagogada emas, uyda ham ibodat 
    qilinadi. 
    Uylarda kirish eshigining yuqorisida «mezuza» deb nomlangan, uzun bir quvur 
    ichiga o‘rama holida qo‘yilgan «Tavrot» jumlalari yozilgan bo‘ladi. Uyga kirish 
    va chiqishda yahudiylar «mezuza»ga qo‘l tekkizib, barmoqlarini o‘padilar. 
    Yahudiylar «mezuza» ularni yovuz ruhlar yomonligidan saqlaydi, deb e’tiqod 
    qiladilar. Uyda olib boriladigan ibodat vaqtida bosh kiyim kiyilib, yelkaga esa 
    chakmon (tales) tashlanadi. Duolarning eng muhimi sanalgan 16 tasi tik turgan 
    holda aytiladi. Boshqalarini o‘qiyotganda tiz cho‘kish, vujudni tebratib turish 
    kabi harakatlar qilinadi. 
    Sinagogalarda, albatta, uch unsur joy olishi shart. Bu Aron Kodesh, Ner Tamid 
    va Bimadir. Quddusga yo‘nalgan muqaddas sandiq (shkaf) — Aron Kodesh 
    ichida «Tavrot» tumorlari saqlanuvchi maxsus joy bo‘lib, u masjiddagi 
    «mehrob»ga o‘xshash vazifani bajaradi va kirish eshigining to‘g‘risida bo‘ladi. 


    Ner Tamid — (ibr. «abadiy shamchiroq») sinagogada «Tavrot» solingan sandiq 
    ro‘parasida joylashgan bo‘lib, doimo yonib turuvchi shamchiroqdir. 
    Singogalarda Ner Tamid Menorani eslatib turuvchi ramz sifatida qo‘yiladi. 
    Bima (yoki teva, almemar) esa — sinagoganing markazida joylashgan «Tavrot» 
    o‘qiladigan minbardir 
    Qadimgi Xitoyning buyuk donishmandi, bundan 2500 yil avval yashagan va ijod 
    qilgan Konfutsiy "konfutsiychilik " deb ataluvchi axloqiy-siyosiy bilimlar 
    ta'limotini ishlab chiqqan. Bu ta'limotning mazmun-mohiyatini insonning tabiiy 
    axloq-odobini takomillashtirilish, davlatni boshqarish haqida ma'lumotlar 
    berilgan. Konfutsiy ta'limotida hukmdor va quyi qatlam vakillari o'rtasidagi 
    munosabatlar, jamiyatdagi tinchlik va osoyishtalik, nafosatshunoslik qoidalari 
    haqida ma'lumotlar berilgan. 
    Konfutsiy uchun eng muhimi bu insonning axloqi va tarbiyasi, bunda quyidagi 
    beshta tushuncha alohida o'rin tutadi: t (Ren) insonga bo'lgan muhabbat, S (Yi) 
    ma'suliyat, ^L (Li) xulq-atvor me'yorlari, ^ (Zhi) bilimlar, {{ (Xin) ishonch. 
    Bundan tashqari ezgu fazilatlarga kattalarga hurmat ehtirom # ( xiao ) ham 
    kiritiladi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, yuqorida keltirilgan ezgulik 
    tushunchalarining tarjimalari shartli ravishda amalga oshirilgan bo'lib, bu 
    tushunchalarning har biri juda keng ma'noga ega bo'lgan. 
    "Besh ezgulik tushunchalar" ning mohiyati quyidagilardan tashkil topgan: 
    t Ren "Insonga bo'lgan muhabbat", "Insonparvarlik" ma'nosini beradi. Inson 
    xulq-atvor me'yorlari va axloqiy yuksalishlarini ifodalab beradi, ya'ni bunda 
    ko'ngilchanlik, qa'tiyat, kamtarlik, oliyjanoblik, odamlarga nisbatan muhabbat, 
    haqiqatgo'ylik, ochiq ko'ngilllik kabi hislatlar aks ettiriladi. Muallif tomonidan 
    bu ko'rinishlardagi shaxslarga misol tariqasida afsonaviy hukmdorlar - Yao, 
    Shun va Yuy kabilar ko'rsatiladi. Konfutsiy tomonidan insonning ahloqiy 
    takomillashishga harakat qilishi kerakligi ta'kidlab o'tiladi. Odamning barcha 
    ezgu xususiyatlarini u " ren " asosida kelib chiqqan deb ko'rsatadi, bu 
    tushuncha asosida jamiyatdagi munosabatlar shakllantirilishi ta'kidlanadi. 
    Konfutsiy fikricha, inson o'zini o'zi yaratadi, ya'ni hayoti davomidagi barcha 
    qarorlari uning o'ziga bog'liq. Bunda uning boshqa insonlarga bo'lgan 
    munosabati ham inobatga olinadi. 
    S Yi "Ma'suliyat". Insonga bo'lgan oily muhabbat (t ren) hayotda ma'suliyat 
    hissi (S yi ) orqali moddiylashadi. "Yi" tushunchasining o'zi esa ko'p ma'nolarga 


    ega. Bu tushuncha orqali insonning ma'naviy holati belgilanadi. Bu insonnig 
    haqiqat izlashiga va o'z ota-onasiga nisbatan haqiqatgo'y bo'lishi, ular bergan 
    tarbiyalariga minnatdor bo'lishi orqali namoyon bo'ladi. Boshqa insonlarga 
    nisbatan uni mehrli bo'lishi inobatga olinib, uning xudbinligiga qarshi 
    kurashishiga da'vat etadi. 
    Annotatsiya: Zardushtiylik tadqiqotlariga bag'ishlangan "Zardushtiylik urf-odat 
    an'ana va marosimlar" nomli asari taniqli avestashunos olima Meri Boysning 
    1979-yilda nashr qilingan. Meri Boys o'zining ushbu kitobida zardushtiylik dini 
    vujudga kelgandan to hozirgi kungacha bo'lgan davrini zardushtiy jamoalarining 
    urf-odat an'ana va marosimlarini yoritib berishga harakat qiladi. 
    Kalit so'zlar: Zardush, Avesto, Meri Boys, adolat va urf-odat. 
    Meri Boys kitobining birinchi bobida mavzularni batafsil yoritishga harakat 
    qiladi. Kitobning ikkinchi bobida esa mavzu doirasida yuzaga kelgan 
    muammolarni kerakli ma'lumotlar bilan to'ldirishga harakat qiladi. Ushbu 
    kitobda zardushtiylik diniga oid eng ko'p ishlatiladigan atamalar ham berilgan. 
    Bundan tashqari zardushtiylik hududiy taqsimotga ega bo'lganligi sababli, usbu 
    asarda zardushtiylik ta'siri doiralari saqlanib qolgan hududlar to'g'risida aniq 
    tasavvur paydo bo'lishi uchun mo'ljallangan ikkita xarita ilova qilingan.34 
    Ushbu xaritalarda aytib o'tilgan har bir shahar yoki arxeologik joylarni hozirgi 
    kunda topish mushkul, lekin ularning joylashgan manzillarini aniq aytish 
    mumkin. Qadimgi eronlikarning dini zardushtiylik deb atalgan, keyinchalik 
    islom dini yoyilishi natijasida Hindistonga ko'chib o'tgan. Bu din eronliklar 
    orasida parsizm deb atalgan. Qadimgi eronliklarning ajdodlari oriylarning yarim 
    ko'chmanchi qabilalari bo'lgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning o'rtalarida 
    ular shimol orqali harakatlanib, Eronning tog'li hududlariga kelib joylashganlar. 
    Oriylar ikki ilohga: Adolat va tartibni o'rnatuvchi Ahura va tabiat bilan 
    chambarchas bog'liq devlarga sig'inishgan.35 Qadimgi eronliklar orasida olov 
    ibodat vaqtida xudolar va odamlar o'rtasidagi vositachi va hammani 
    poklaydigan kuch sifatida ulug'langan. Qurbonliklar vaqtida ular mast qiluvchi 
    Xaoma ichimligini iste'mol qilishgan. Qadimgi eronliklar dunyoni yettita 
    hududga bo'lingan deb hisoblashgan. Ularning eng kattasi yerning markazida 
    joylashgan va unda odamlar yashaydi deb tasavvur qilishgan. Eronliklar 
    Zardushtni payg'ambar deb hisoblashgan. U miloddan avvalgi VII asrda 
    yashagan ruhoniylar sinfiga mansub oilada dunyoga kelgan. Ba'zi tarixchilar uni 
    tarixiy shaxs deb hisoblashsalar ba'zi olimlar uni afsonaviy shaxs deb 
    hisoblaydilar. Hozirgi kunda Zardusht afsonaviy yoki tarixiy shaxs ekanligi 
    borasida turli xil fikrlar mavjud. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra Zardusht skif 
    qabilasidan chiqqan deb taxmin qilinadi. Zardusht o'zini 40 yoshida payg'ambar 


    deb e'lon qilgan. Keyinchalik Zardushtning shaxsiyati mifalogiyali obrazlar va 
    g'ayritabiy fazilatlar bilan ifodalangan. Zardusht insoniyat tarixida insonlarning 
    bu dunyo hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri ham bo'lajagi haqidagi 
    ta'limotni yaratgan. Bu ta'limot asosida har bir inson o'lgandan so'ng o'z 
    qilmishiga yarasha mukofot yoki jazo topish g'oyasi yotadi 


    Xulosa : 
    Men Majidov Dõstumuhammad mavzulardan shuni tshundim ki Din dunyo, 
    inson, mavjudotlarning kelib chiqishi, insonning yashashdan maqsadi kabi 
    savollarga javob beradi. Dunyoviy ilm nuqtai nazarid din kishilik jamiyati tarixiy 
    taraqqiyotining maʼlum bosqichida paydo boʻlgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. 
    Bu dunyoqarash jamiyatning maʼlum tarixiy davr va sharoitlaridagi talablari, 
    ehtiyojlari asosida shakllanadi. Har qanday jamiyatda din maʼlum ijtimoiy, 
    maʼnaviy va ruhiy vazifalarni bajaradi. Uning ijtimoiy hayotga taʼsiri kuchlidir. 
    Har bir din dindorlarini oʻz taʼlimoti doirasida saklashga harakat qiladi, oʻz 
    qavmlari uchun tasalli beruvchi, ovutuvchilik vazifasini oʻtaydi. Dinlar oʻz 
    marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan qatiy tartibga amal qilgan 
    holda bajarilishini shart qilib qoʻyadi, shuningdek, oʻz qavmlarining birligini
    jamiyat va shaxsning oʻzaro aloqada boʻlishini taʼminlashga intiladi. Din insonga 
    yashashdan maqsad, hayot mazmuni, bu dunyo va u dunyo masalalariga oʻz 
    munosabatini bildirib turadi. U umuminsoniy axloq meʼyorlarini oʻziga 
    singdirib, xulq-atvor qoidasiga aylantiradi. 


    Foydalanilgan manbalar: 
    uz.wikipedia.org 

    Download 248.47 Kb.




    Download 248.47 Kb.
    Pdf ko'rish