• Payvandlash va yig‘ishdagi nuqsonlar
  • Chok shakli nuqsonlari
  • 1.1-rasm.
  • 4-Ma’ruza. Payvand birikmalarni nuqsonlari va ularni tekshirish




    Download 3.17 Mb.
    bet1/7
    Sana01.06.2023
    Hajmi3.17 Mb.
    #68724
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    4-ma\'ruza (1)
    CHILANGARLIK ISHLARI TEST, taqdimot Zilolaxon Malaka ishi, Икки тармоқли реактор ёрдамида тез ўзгарувчан юкламали ЭИ лар борлигида кучланишни ростлаш мумкин, 12-маъруза, EE-01-20 albom, 4 amaliy, Avtomatika, Book · January 014 citations reads 4,111 authors Some of the au, Calendar plan-Avtomatik loyihalashning zamonaviy tizimlari (5), rasshirovka elektrod 2, 9-EPTJ, Как вычислить коэффициент корреляции , Лекция-8-Корреляция.-Метод-наименьших-квадратов, File, REZINA

    4-Ma’ruza. Payvand birikmalarni nuqsonlari va ularni tekshirish
    Reja

    1. Nuqsonlarning turlari va ko‘rinishlari

    2. Payvandlashdagi nuqsonlarning konstruktsiyalar ish unumiga ta’siri

    3. Nuqsonlarni tuzatish usullari

    Payvandlash ishida nuqsonlarni quyidagi turlarga ajratish qabul qilingan:
    1. Buyumlarni payvandlashga tayyorlash va yig‘ishdagi nuqsonlar;
    2. Chok shakli nuqsonlari;
    3. Tashqi va ichki nuqsonlar.
    Payvandlash va yig‘ishdagi nuqsonlar.
    Eritib payvandlashda nuqsonlarning o‘ziga xos ko‘rinishlari quyidagilar hisoblanadi: V-simon, X-simon va U-simon choklarda chetlarning og‘ish burchaklarining noto‘g‘riligi, ulanayotgan uchlarning uzunlik bo‘yicha juda ko‘p yoki kam to‘mtoqlashuvi (o‘tmaslashuvi); ulanayotgan elementlari uzunligi bo‘yicha chetlar orasidagi oraliqning bir xil bo‘lmasligi; ulanayotgan tekisliklarning bir-biriga mos kelmasligi, payvandlanayotgan detallar chetlari orasidagi oraliqning juda kattaligi, chetlarining qat-qatlashuvi va ifloslanishi.
    Aytib o‘tilgan nuqsonlar zagotovkalarga ishlov berilgan stanokli qurilmaning nosozligi oqibatida; dastlabki materialning sifati yomonligidan; chizmalardagi xatoliklardan; chilangar va yig‘uvchilar malakasining pastligidan vujudga kelishi mumkin.
    Chok shakli nuqsonlari. Payvand choklarining shakli va o‘lchamlari odatda texnik shartlar bilan beriladi, chizmalarda ko‘rsatiladi va standartlar orqali tartibga solinadi. Uchma-uch choklarning konstruktiv elementlari (1.1-rasm) ularning eni е, kuchaytirish balandligi q va eritib quyishlar q1 hisoblanadi; tavrli va ustma-ust qiya chetlarsiz bo‘lgan burchak choklarning (1.2-rasm) konstruktiv elementlari esa katet К va qalinlik а hisoblanadi. Choklarning o‘lchamlari payvandlanayotgan metallning qalinligi S ga va konstruktsiyalardan foydalanish shartlariga bog‘liq.

    1.1-rasm. Uchma-uch choklarning asosiy konstruktiv elementlari:
    a - kichik qalinlikdagi uchlarni tayyorlamasdan; b - V-simon ajratish bilan.

    1.2-rasm. Burchakli, ya’ni ustma-ust, tavr choklarning asosiy konstruktiv elementlari:
    a - normal (me’yordagi), b - qavariq, d – botiq.

    Payvand birikmalarini eritib payvandlashning istagan uslublari bilan bajarishda choklarning eni va balandligi notekis bo‘lishi, balandliklar, chuqurchalar, katetlari va burchak choklarining balandligi bir tekis bo‘lmasligi mumkin (1.3-rasm).



    1.3-rasm. Chok shakllari nuqsonlari:
    a - dastaki payvandlashda kengligining notekisligi, b - shuning o‘zi avtomatik payvandlashda, d - notekis kuchaytirish-do‘ngliklar va chuqurliklar.

    Choklarning notekis kengligi payvandchining ko‘rish-harakatlanish koordinatsiyasiga (KHK) bog‘liq bo‘ladigan elektrodning noto‘g‘ri harakatlari natijasida, shuningdek, yig‘ishda chetlar orasida vujudga kelgan, berilgan oraliqdan og‘ishlar natijasida paydo bo‘ladi. Avtomatik payvandlashda bunday nuqsonning vujudga kelish sababi simni uzatish tezligining, payvandlash tezligining buzilishi va hokazolar hisoblanadi.


    Chok uzunligi bo‘yicha kuchaytirishning notekisligi, mahalliy balandliklar va chuqurliklar dastaki payvandlashda payvandchining malakasi yetishmasligi sababli va birinchi navbatda payvanchining KHK xususiyati bilan; prixvatkalarni, ya’ni payvand nuqtasi bilan ilintirishni eritishning noto‘g‘ri usullari, elektrodlarning qoniqarsiz sifati bilan izohlanadi.
    Avtomatik payvandlashda bu nuqsonlar kam uchraydi va payvandlash tezligini sozlovchi avtomat mexanizmidagi nosozliklar oqibatida bo‘ladi.
    Chok shaklining sanab o‘tilgan nuqsonlari birikmaning mustahkamligini pasaytiradi va ichki nuqsonlar paydo bo‘lishi mumkinligini bevosita ko‘rsatadi.

    Download 3.17 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 3.17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-Ma’ruza. Payvand birikmalarni nuqsonlari va ularni tekshirish

    Download 3.17 Mb.