• 1. Umumiy xarakteristika.
  • 2. Membrana potensiallari, tinchlik poten­siali.
  • 2 Ma'ruza. Qitiqlanish va qo‘ZG‘alish fiziologiyasi




    Download 52 Kb.
    bet1/2
    Sana13.04.2023
    Hajmi52 Kb.
    #51099
      1   2
    Bog'liq
    2 Ma\'ruza. Qitiqlanish va qo‘ZG‘alish fiziologiyasi
    Kitob 7170 uzsmart.uz, Document 17, “Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi”futbol, Akademik Yozuv referat, Maktabgacha tarbiya yoshida bilish jarayonlarining rivojlanishi (1), mustaqil ish, There are several big cities in Uzbekistan, 8-sinf monitoring testi, Tarmoq kabellarining turlari va xususiyatlari, TARMOQ ADMINISTRATORLIGI Lesson 1, Kóp funksiyali turar joylar majmualari rivojlanish tendensiyalari, 15-Tema fizika, @ustoz Метод бирлашма рахбарлари бахолаш янги тартиб pdf, informatika 5-6-sinf 68 soat to\'garak

    2 - Ma'ruza.
    QITIQLANISH VA QO‘ZG‘ALISH FIZIOLOGIYASI



    1. Umumiy xarakteristika

    2. Membrana potensiallari, tinchlik potensiali.

    3. Harakat potensiali.

    4. Bo‘sag‘a kuchi, reobaza va xronaksiya.

    5. Labillik, refraktеrlik.



    1. Umumiy xarakteristika.
    Barcha tirik hujayralar qo‘zg‘alish yoki ta'sirlanish xususiyatiga ega, buning natijasida moddalar va energiya almashinuvining o‘zgarishi, shira ajralishi, harakat qilish, elektr impulslar paydo bo‘lishi mumkin. Qo‘zg‘alish qitiqlagichlar ta'sirida vujudga keladi. Qo‘zg‘alishning bu tariqa qitiqlanishga bir to‘qima shira ajralishini (bez to‘qimasi) ikkinchisida qisqarishning (muskul to‘qimasi), uchinchisiga elektr impulslar (nerv to‘qimasi) ishlab chiqarishni ixtisoslashgan javob reaksiyalari deyiladi, to‘qimalarni esa qo‘zg‘aluvchi to‘qimalar deyiladi. Qitiqlagichlar kimyoviy, fizikaviy va biologik bo‘lishi mumkin. Qo‘zg‘aluvchan hujayralarga nisbatan adekvat va noadekvat yoki indekvat qitiqlagichlar tafovut qilinadi (tushuncha berish). Qo‘zg‘alishni paydo qiladigan eng kam kuch bo‘sag‘a kuchi deyiladi (bo‘sag‘a osti va usti kuchlariga ta'rif berish). Qo‘zg‘alish tufayli hujayralarda bir qator fizi­kaviy va kimyoviy o‘zgarishlar sodir bo‘lib, ularning ichida eng xarakterlisi elektr xodisalaridir. Tirik to‘qimalardagi elektr xodisalarni o‘rganish XVIII asrdan boshlandi (A.Galvani, K.Matteuchi, I.Dyubua Reymon va bo­shqalar). Baqa keyingi oyog‘idan tayyorlangan preparatga tok ta'sir qildirishni xarakterlab berish. Baqa orqa miyasi­ning o‘zi elektr toki ishlab chiqarishini A.Galvani aytil­gan preparatlarda isbotladi. Keyinchalik bunday elektr mavjudligini yana italiyalik olim K.Matteuchi maxsus gal­vanometrda o‘lchab ko‘rsatdi.
    2. Membrana potensiallari, tinchlik poten­siali.
    Hozirgi paytda nerv hujayralarining ichki va tashqi yuzasi sitoplazma ichida qutblanishlar mavjudligini o‘lchashda maxsus elektrodlar (uchi - 5 mk) ishlatiladi (mikroe­lektrod texnikani batafsil tushuntirish, chizmalar, ras­mlar oladilar). Agar hayvon yoki o‘simlikning alohida olingan hujayrasida (tinchlik paytida) mikroelektrod ti­kib zanjir sezgir galvanometrga ulansa, uning ichki yuzasi manfiy, tashqisi musbat zaryadga ega ekanligini ko‘rish mumkin. Buning o‘lchami yoki membrana potensiali o‘rtacha 70 mV atrofida bo‘lib, uni membrananing tinchlik potensiali (MTP) deyiladi. Elektron mikroskop yordamida hujayra, uning membranasi, sitoplazma, organellalari yetarli darajada o‘rganilgan. Membrana 5-10 nm qalinlikdagi ikki tomondan lipid o‘rtada esa oqsil qavati bor bo‘lgan qatlam. Undagi oqsil qavat suv va ionlar o‘ta oladigan maxsus kanallarni shakllantiradi. Lipidli qavatning ustidagi mukopolisaxarid qatlamdan retseptorlar (muayyan moddalarni «tanib» oladigan molekulalar) shakl­lanadi. Membrana katta elektr qarshiligiga va sig‘imga ega. Yog‘da eruvchi moddalar membranadagi lipidlar asosida olib undan hujayra ichida oson o‘tadi. Suv va suvda eruvchi dia­metri kichik ionlar aytib o‘tilgan kanallardan o‘ta oladi. Lekin katta molekulali organik moddalar hujayra ichiga kira olmaydi. Buning uchun maxsus mexanizmlar ishga tu­shishi kerak.
    Qo‘zg‘aluvchi to‘qimalar faoliyati uchun hujayraga K+, Na+, Cl-- va Ca++ ionlari o‘tib turishi kerak. Bu ionlarning membranada alohida-alohida kanallari (spetsifik) bor. Hujayra tinch turganida K+ kanallari ochiq (aksariyati) Na+ kanallari yopiq bo‘ladi. Yana nospetsifik kanallar ham membranada bor. Ular doim ochiq bo‘ladi, ular orqali aytib o‘tilgan ionlar o‘tib turishi mumkin.
    MTP hujayra ichi va tashqarisidagi ionlar qonsentratsiyasi tufayli shakllanadi. Masalan, hujayra ichida 100 000 K+ kationi bo‘lsa, tashqarida 2000 ta xolos. (50 marta ko‘p). Na+ esa buning teskarisicha ichkarida ko‘p, tashqarida oz. Cl- anioni hujayra ichida tashqarida qaraganda 20-100 marta kam va hokoza. Tinchlik paytida membrana orqali Na+ va Cl- ionlari harakati juda kuchsiz, shu tufayli uning tashqi yuzasi musbat, ichkisi esa manfiy zaryadlangan bo‘ladi (Kalmar aksoni 1mm yo‘g‘onlikka esa manfiy zaryadlangan bo‘ladi). MTP hujayra uchun, muhim ahamiyat kasb etadi (ma'lum elektr maydoni hosil qilib, u yerdagi moddalar almashinuviga faol ta'sir qiladi. Hujayraning tashqarisi va ichkarisida qayd qilingan ion­lar qonsentratsiyasini saqlashda alohida mexanizmlar xiz­mat qiladi, ularni natriy kaliy nasosi deyi­ladi. Membranada mavjud bo‘lgan Na-ATFaza va K-ATFazalar bu nasosning asosini tashkil qiladi. Nasos ishi uchun zarur energiya ATF parchalanishidan hosil bo‘ladi.
    Ionlarning membrana orqali harakati ikki xil kuchga tayanib sodir bo‘ladi, ya'ni qonsentratsion gradient (ko‘pgina diffuziya yo‘li bilan) va faol o‘tkazish (tashuvchi­lar) orqali (bunda ma'lum energiya ATF dan ajralib chiqadi.

    Download 52 Kb.
      1   2




    Download 52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 Ma'ruza. Qitiqlanish va qo‘ZG‘alish fiziologiyasi

    Download 52 Kb.