• Karimov Yusuf Narzullayevich Jizzax Politexnika Instituti Muhandislik kommunikatsiyalari kafedrasi asisstenti Annotatsiya
  • Kalit so’zlari
  • Keywords
  • Ключевые слова
  • Yer osti muhandislik tarmoqlarini joylashtirish va ularning mustahkamlik parametrlarini aniqlash




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana27.11.2023
    Hajmi0,53 Mb.
    #106394
      1   2   3
    Bog'liq
    402-408



    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    402 
    YER OSTI MUHANDISLIK TARMOQLARINI JOYLASHTIRISH VA 
    ULARNING MUSTAHKAMLIK PARAMETRLARINI ANIQLASH. 
     
    Nazirov Sanjar O’razali o’g’li 
    Jizzax Politexnika Instituti 
    Muhandislik kommunikatsiyalari kafedrasi asisstenti
    Karimov Yusuf Narzullayevich
    Jizzax Politexnika Instituti 
    Muhandislik kommunikatsiyalari kafedrasi asisstenti
    Annotatsiya 
    Maqolada yer osti muhandislik kommunikatsiyalarining mustahkamlik 
    parametrlarini va ularning tashqi taʼsirlarga qarshiligini oʻrganilgan boʻlib. Unda yer 
    osti muhandislik kommunikatsiyalarini mustahkamligini oshirish usullaridan biri 
    sifatida himoya qatlamlarini ishlatishni qoʻllash usuli tadqiq etilgan. 
    Kalit so’zlari: tarmoq, yer osti kommunikatsiya,qoplama,quvurlar. 
    Abstract 
    The article discusses the strength parameters of underground utilities and their 
    resistance to external influences. It examines the ways of using protective layers as one 
    of the ways to increase the strength of underground engineering communications. 
    Keywords: network, underground communication lines, coating, pipes. 
    Аннотация 
    В статье рассматриваются параметры прочности подземных инженерных 
    коммуникаций и их устойчивость к внешним воздействиям. В ней исследованы 
    способы применения защитных слоев как одного из способов повышения 
    прочности подземных инженерных коммуникаций. 
    Ключевые слова: сеть, подземные коммуникации, покрытие, трубы. 


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    403 
    Yer osti kommunal tarmoqlari shahar infratuzilmasining muhim elementi 
    hisoblanib, shahar aholisi uchun komfort sharoit va qulaylikni ta'minlaydi. Kommunal 
    tarmoqlar iste’molchilar uchun uzluzksiz va bir maromda xizmat qilishi lozim, buning 
    uchun muhandislik kommunikatsiyalarini yer ostidan o’tkazayotgan vaqtda talab 
    qilingan darajada ehtiyot choralari ko’rilishi, tarmoqlar uchun ishlatilayotgan 
    materiallar tarkibi va xossalari o’rganilishi lozim. Muhandislik tarmoqlari shahar 
    aholisi, sanoat va transportini quyidagi manbalar bilan ta'minlaydi: 
     gaz (gaz quvuri); 
     suv (suv ta'minoti); 
     issiqlik (issiqlik quvuri); 
     elektr energiyasi (elektr kabellari); 
     telefon, televizion kabellar-aloqa kabellari; 
    Shuningdek, muhandislik tarmoqlari shahar ko'chalari va yo'llaridan (drenajlar) 
    yomg'ir, erigan qor suvlari, texnik suvlarni yer osti muhandislik kanalizatsiya 
    tarmoqlari orqali tozalash inshootiga yoki oqova suvlarni tashlash joylariga olib chiqib 
    ketish, shuningdek kanalizatsiya tizimi orqali ishlab chiqarish chiqindilarini 
    korxonalardan va maishiy-xo’jalik chiqindilarni olib chiqarib tashlashni ta'minlashi 
    kerak. Muhandislik tarmoqlarini joylashtirish bilan bog'liq barcha jihatlar QMQ 
    2.04.02-19 da keltirilgan. 
    Barcha kommunikatsiyalar ko'chaning qatnov qismidan tashqarida joylashgan 
    bo'lishi kerak, chunki bunday holatda ularni ta'mirlash transport vositalari harakatiga 
    jiddiy xalaqit beradi, shuningdek, yo'llarni ochish va keyinchalik tiklash katta iqtisodiy 
    xarajatlarni talab qiladi, buning oldini olish mumkin.Ko'chalarning ajratuvchi 
    chiziqlari ostida va piyodalar yo'laklari ostida aloqa va muhandislik tarmoqlarini 
    o'rnatish ham ma’lum miqdorda muhandislik tarmoqlarini shikastlanishdan asraydi. 
    Shuningdek, kommunal tarmoqlar yo’lning qatnov qismi ostida joylashgan taqdirda: 
     yo'l qoplamalarining ishlash xususiyatlari yomonlashadi; 
     yo'l qoplamalarining xizmat qilish muddati kamayadi; 


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    404 
     qo'shni hududlarning sanitariya sharoitlari yomonlashadi; 
     o'tkazish qobiliyati pasayadi va natijada transport oqimining tezligi pasayadi. 
    Yuqoridagi muammolar yuzaga kelishi mumkin bo'lgan pasayishlar tufayli yo'l 
    ostidagi yer osti kommunal tarmoqlari joylashgan taqdirda turli xil muammolar paydo 
    bo'ladi va cho'kish holatida, zichlik, tekislik va qoplamaga yopishish mos ravishda 
    buziladi, shuningdek qoplamaning yoriqlari va deformatsiyalari paydo bo'lishi 
    mumkin. Ushbu muammolar o’rganilganda muhandislik tarmoqlarini yer ostida 
    joylashtirish vaqtida kamchiliklar mavjudligi ushbu kamchiliklarni esa muhandislik 
    tarmoqlarini himoya qatlamlari orqali joylashtirish yo’llarda yuzaga keladigan buzilish 
    holatlarini bartaraf etish uchun ancha samarali usul hisoblanadi. 

    Download 0,53 Mb.
      1   2   3




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yer osti muhandislik tarmoqlarini joylashtirish va ularning mustahkamlik parametrlarini aniqlash

    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish