Gruntning hisobiy namlik qiymatini va mustahkamlik xarakteristikalarini aniqlash




Download 0.78 Mb.
bet1/3
Sana02.04.2024
Hajmi0.78 Mb.
#185753
  1   2   3
Bog'liq
7-амелий
2 5211143511692292380 (1), Mavzu bolalarni kattalar namunasi tarbiyalash, Janni rodari (1), Kirish bob matematika darslarida geometrik elementlarni o’qitish, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Boshlang’-kompy.info (4), Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Boshlang’-kompy.info (5), Kasb-hunarga yo’naltirishning tarbiyaviy ahamiyati. Reja, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Boshlang’-kompy.info (1), Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Boshlang’-kompy.info (3), Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Boshlang’-kompy.info (6), 112, Sport fanida ilmiy texnik, Шерлар, Katta ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi amaliy ishlar, 252

7-amaliy mashg‘ulot
GRUNTNING HISOBIY NAMLIK QIYMATINI VA MUSTAHKAMLIK XARAKTERISTIKALARINI ANIQLASH
Ishdan maqsad: Gruntning hisobiy namlik qiymatini va mustahkamlik xarakteristikalarini aniqlash ishlarini o‘rganish.
Nazariy qism
Yo‘l to‘shamasining konstruktiv qatlamlarida ishlatiladigan materiallarni va to‘shama gruntni tavsiflovchi parametrlarning to‘g‘ri qiymatlaridan foydalanilganidagina yo‘l to‘shamasining qalinligini hisoblashda ishonchli natijalar olish mumkin. Yangi yo‘llarni loyihalashda, odatda, gruntlar va yo‘l to‘shamasi konstruktiv qatlamlari materiallari elastiklik modullarining me’yoriy hujjatlarda keltirilgan hisobiy qiymatlaridan foydalaniladi. Yo‘llarni qayta qurish loyihalarini ishlab chiqishda, yemirilgan mavjud yo‘l to‘shamasini kuchaytirish masalasi yuzaga kelganda uning elastiklik moduli tajriba yo‘li bilan topiladi. Buning uchun yeyilgan yo‘l qoplamasining og‘ir yuk avtomobilining g‘ildiragi ostida egilishi o‘lchanadi va u bo‘yicha teskari qayta hisoblash deb yuritiladigan usul bo‘yicha modullar hisoblab topiladi. Bunda o‘lchangan egilishlar bo‘yicha yo‘l qoplamalarini hisoblash formulalaridan foydalaniladi. Bu usul, shuningdek, gruntlarning hisobiy parametrlarini meyorlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plashda ham qo‘llaniladi.
Gruntlar uchun bosim bilan deformatsiya o‘rtasida to‘g‘ri mutanosiblik bo‘lmaganligi sababli elastiklik moduli shtampning gruntga botib kirish chuqurligi bo‘yicha o‘zgaradi. Kichik deformatsiyalarga modullarning bir qancha katta qiymatlari mos keladi.
Yo‘l qoplamasining har qaysi turi uchun egilishning o‘z kritik qiymati bor. Bikr to‘shamalar uchun u nobikr to‘shamalardagiga qaraganda 3...4 marta kam. Shuning uchun, qat’iy qilib aytganda, har qaysi turdagi to‘shamaning ishlash sharoitlariga to‘shama grunt elastiklik modulining individual qiymatlari mos keladi. Gruntning elastiklik moduli juda kichik deformatsiyalarda eng ko‘p o‘zgaradi, bu monolit sement-beton qoplamalarning egilishi uchun xosdir. Egilishga kam qarshilik ko‘rsatuvchi nobikr yo‘l to‘shamalarining yemiruvchi egilishlarga sabab bo‘ladigan katta deformatsiyalarida elastiklik moduli juda kam o‘zgaradi. Ishonchlilik zaxirasiga hisoblashda ham bikr, ham nobikr yo‘l to‘shamalarining hamma turlari uchun elastiklik modulining bir xil qiymatlari qabul qilinadi.
Yo‘l poyining suv-issiqlik rejimi yil davomida o‘zgarib turadi. Shunga mos ravishda yil davomida asos gruntining elastiklik moduli va deformatsiyasi ham o‘zgarib turadi (7.1- rasm). Yo‘l to‘shamasining asosidagi gruntning o‘ta namlanish ehtimoli qancha kam bo‘lsa, ularning hisobiy qiymatlari shuncha yuqori qilib qabul qilinadi.
Bahorgi o‘ta namlanishda, ayniqsa, elastiklik modulining qiymati juda pasayadi. Bu davrga nobikr to‘shamalarni hisoblash bo‘yicha yo‘riqnomalarda keltiriladigan elastiklik modulining qiymatlari to‘g‘ri keladi. Yilning quruq vaqtida, shuningdek, qishda grunt muzlagan holatida bo‘lganida, gruntning moduli jadvaldagi qiymatlardan yuqori bo‘ladi, buni yo‘ldan yil mavsumlariga qarab og‘ir yuklarni o‘tkazish imkoniyatini baholashda hisobga olish o‘rganishda joyning namlanish sharoitlari bo‘yicha turli xarakterli turlari uchun yo‘l qoplamasi ostidagi yo‘l poyi yuqorigi qatlamlarining o‘ziga xos namlanishi aniqlangan. Misol tariqasida 7.1- jadvalda II va IV yo‘l-iqlim zonalari gruntlarining namligi keltirilgan.
7.1-jadval


Download 0.78 Mb.
  1   2   3




Download 0.78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gruntning hisobiy namlik qiymatini va mustahkamlik xarakteristikalarini aniqlash

Download 0.78 Mb.