• X. Munozaralarni hal qilish 10.1.
  • O‘zbekiston pochtasi




    Download 24,28 Kb.
    bet8/9
    Sana14.05.2024
    Hajmi24,28 Kb.
    #233734
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Oddiy korxonalarga

    IX. Fors-major


    9.1. Agar ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlar qisman yoki to‘liq bajarilmasligi tabiat xodisalari va boshqa yengib bo‘lmaydigan kuch (fors major) holatlari (zilzila, suv toshqini, yong‘in, sel, do‘l, jala va boshqa tabiiy ofatlar) natijasida kelib chiqsa va agar bu holatlar ushbu shartnomaning bajarilishiga bevosita ta’sir etsa, tomonlar bunday bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar.
    Mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari amal qilgan, shuningdek, ushbu holatlar yuzaga keltirgan vaqtga mutanosib ravishda uzaytiriladi.
    9.2. Fors-major holati mavjud bo‘lgan tomon 3 kun ichida boshqa tomonni fors-major xolati boshlangan muddatlarni ko‘rsatgan holda yozma ravishda aloqa vositalari (telefon raqami, ijtimoiy tarmoqdagi profillar va rasmiy sahifalar) orqali ogohlantirishi lozim.


    X. Munozaralarni hal qilish


    10.1. Shartnomani bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish paytida Tomonlar o‘rtasida yuzaga kelgan nizolar, shuningdek yetkazilgan zararni qoplash, odatda muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi.
    10.2. Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda “Buyurtmachi” “Bajaruvchiga” talabnoma taqdim etishga, shu jumladan yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikka asosan qoplanishini talab qilishga haqli.
    Pochta jo‘natmalari topshirilmaganligi, o‘z vaqtida yetkazib berilmaganligi yoki yo‘qotilganligi, buzilganligi (shikastlanganligi) to‘g‘risidagi talabnomalar, shu jumladan pochta jo‘natmalarini qidirish arizalari pochta jo‘natmalari topshirilgan kundan e'tiboran olti oy davomida taqdim etiladi.

    “Bajaruvchi” da’voni qondirishdan bosh tortganida yoki da’voni qisman qondirganda yoki “Bajaruvchi” da’voni ko‘rib chiqish uchun belgilangan muddatlarda javob olinmagan hollarda, “Buyurtmachi” sudga da’vo qilish huquqiga ega bo‘ladi.


    Tomonlar o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar va nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudi orqali hal qilinadi.

    Download 24,28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 24,28 Kb.