Fors tilini o‘rganuvchilar uchun tuzilgan ushbu darslik Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasida tuzilgan birinchi kurslar uchun "Fors tili" darsligining izchil davomidir




Download 2.45 Mb.
bet1/149
Sana14.06.2023
Hajmi2.45 Mb.
#72868
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Bog'liq
2 kurslarga darslik, printga
5-mavzu, articles.uz kurs ishi, Aliyev-Tizimli dasturiy taminot, Pq8DTMW8jKGNVPnFG0kpGrsQDUJ2ug0FoTUASLDe, Elektron darslik, Документ Microsoft Word, Valisher Botirov 2-amaliy ish

So‘z boshi
Fors tilini o‘rganuvchilar uchun tuzilgan ushbu darslik Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasida tuzilgan birinchi kurslar uchun “Fors tili” darsligining izchil davomidir.
Qo‘lingizdagi ushbu darslik fors tili o‘qiydigan guruhlarning ikkinchi yili uchun mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilangan oliy ta’lim muassasalarini davlat tilida yaratilgan va jahon standartlariga mos keladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash vazifasiga ko‘ra amalga oshirilgan. Darslik II-kurslar uchun o‘quv rejasida belgilangan nazariy va amaliy mashg‘ulotlardan tashkil topgan. Shunga ko‘ra bu darslik 30 darsdan iborat bo‘lib, har bir dars 6ta mashg‘ulotga bo‘lingan. Birinchi mashg‘ulot nazariy darsdan iborat bo‘lib, keyingi mashg‘ulot asosan nazariy mashg‘ulotni har tomonlama mustahkamlashga mo‘ljallangan. Shu maqsadda ikkinchi mashg‘ulot o‘quv dasturiga kirgan ijtimoiy va maishiy mavzudagi O‘zbekiston va Eron voqeligidan olingan matnlar bo‘lib, bu mantlar ham grammatik mavzuni o‘zlashtirishga va ham 1500-2000 so‘z atrofida so‘z boyligini faol o‘zlashtirishga mo‘ljallangan.
Har bir matndan so‘ng shu matnga yaqin mavzuda og‘zaki suhbat matnlari berilgan bo‘lib, bir tomondan oldingi mashg‘ulotda o‘tilgan so‘z va iboralar yana takrorlanib faollashtirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan jonli muomaladagi til egalari o‘rtasida rasm bo‘lgan muomila odobiga oid xitoblar, iboralar, jumlalarni o‘rgatishga xizmat qiladi. Har bir matn va suhbatdan keyin yangi so‘z va iboralar izohlangan va ko‘plab mashqlar berilgan. Darslikda berilgan mavzular eronliklarning oilada, mehmonda, to‘y marosimlarida, jamoat joylarida ishlatiladigan so‘z va iboralar, undan tashqari xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan so‘z va terminlarni qamrab olish ko‘zda tutilgan, toki til o‘rganuvchi ikkinchi yilning oxirida til egalari bilan ijtimoiy va madaniy turmushning turli mavzularida bemalol muloqot eta olsin.
Bu darslikda, shuningdek, yangi pedagogik texnologiya bo‘yicha talabalarning o‘tilgan mavzularni faol o‘zlashtirishlari uchun talabaning ko‘proq bosh qotirishga, mustaqil fikrlashga va amalda qo‘llay olishga mo‘ljallab mashqlar tuzilgan. Har bir darsning oxirida mustaqil ish mavzulari belgilangan bo‘lib, bu bir hafta davomida o‘tilgan darslar asosida o‘rgangan yangi so‘z, termin va iboralarini amalda qo‘llab mustaqil ishlar bajarishi nazarda tutilgan.
Darslikda berilgan nazariy va amaliy mavzularni to‘la o‘zlashtirgan talaba fors tilidagi badiiy va ilmiy- ommabop asarlarni o‘qishga va anglab yetishga va turli ijtimoiy-madaniy mavzularda fors tilida suhbat olib borishga va suhbatdoshini tushunishga qodir bo‘ladi.
Darslikda berilgan har bir mavzu talabalar tomonidan to‘la o‘zlashtirilgandan keyingina boshqa dars o‘tilishi kerak, aks holda ko‘zlangan maqsadga erishilmaydi.
Bu darslikda 1-10 darslar professor Quronbekov A., 11- 21 darslar katta o‘qituvchi Ziyayeva T. va 22-30 darslar filologiya fanlari nomzodi, dotsent Vohidov A. tomonidan tuzilgan. Darslik O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida fors tili o‘rganayotgan talabalar, magistrant va aspirantlar uchun, shuningdek fors tilini chuqur o‘rganish niyatida bo‘lgan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
Bu darslikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar haqida bildirgan fikr-mulohazalarni keyingi nashrlarda to‘g‘rilashga harakat qilamiz va himmat ko‘rsatgan kishilarga oldindan minnatdorchilik bildiramiz.

Download 2.45 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Download 2.45 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fors tilini o‘rganuvchilar uchun tuzilgan ushbu darslik Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasida tuzilgan birinchi kurslar uchun "Fors tili" darsligining izchil davomidir

Download 2.45 Mb.