Mavzu: Bosh oyna uchun formalar. Reja: Bosh oyna tushunchasi. Bosh oyna formalari




Download 0.66 Mb.
Sana16.03.2024
Hajmi0.66 Mb.
#173869
Bog'liq
24 Mavzu Bosh oyna uchun formalar.
8 huquq test, Target, 1-ish axborot xavfsizligini boshqarish tizimlari, 1-mustaqil ish sog\'liqni saqlash, 3 kurs Amali matem, Kampyuter xizmati,....EDO, Metallurgik jarayonlarda issiqlik va massa almashinuv, 009 jahon tarixi 2 kursG‘ARB MAMLAKATLARIDA INTEGRATSIYALASHUV JARAYONLARINING, Swift tizimi reja swift tizimi haqida umumiy ma`lumot Tiziming , 12, Baxtiyor.uz-MTM-musiqa-rahbarlari-test-banki, 71764 ruza (1), Mustaqil ish mavzulari, Topologiyaga-kirish.F.Jorayev, valiyeva, Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro

Mavzu: Bosh oyna uchun formalar.
Reja:
1. Bosh oyna tushunchasi.
2. Bosh oyna formalari.
3. C++ Builder bosh oynasi.

Bosh oyna (Project1) ekranning yuqori qismida joylashgan boʻlib, uning birinchi qatorida sarlovha, ya’ni loyihaning nomi (C++ Builder 6 - Project1) joylashgan.


Ikkinchi qatorda asosoiy menyular qatori gorizontal koʻrinishda joylashgan. Asosiy menyular qatori dasturni yaratish uchun kerak boʻladigan barcha buyrugʻlar va funksiyalarga murojaat qilish imkonini yaratadi.
Keyingi qatorning chap tarafida tezkor murojaat etish tugmalari mavjud. Bajaradigan vazifasiga qarab ketmaketlikda birlashtirilgan. Ular tez-tez ishlatiladigan buyruqlarga tezkor murojaat etish imkonini beradi. Oʻng tarafida vizual komponentalar palitrasi VCL (Visual Component Library, vizual komponentalar kutubxonasi) keltirilgan. Windows operatsion tizimi ilovalarni yaratish uchun vizual komponentalarni oʻz ichiga oladi. Vizual komponentalar palitrasi bir nechta qismlardan iborat guruhlarga boʻlingan. Bu vizual komponentalar palitrasi yordamida tezkor va oson usulda dasturlarni yaratish mumkin.

Borland C++ Builder 6 integrallashgan sohasi

Bosh oyna
Forma oynasi (Form1) yangi yaratilishi kerak boʻladigan dasturning koʻrinishi hisoblanadi. Forma oynasi C++
Builder 6 ilovalari uchun asos boʻlib, unda yaratilayotgan dasturga komponentalarni joylashtitrish mumkin. U dasturning sarlavhasidan boshlanadi.

Forma oynasi
Object Inspector oynasi (Object Inspector) obyekt xossalari va hodisalarini taxrirlash uchun xizmat qiladi. Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlashda dastur bu obyektlar tizimi boʻlib, har bir obyekt bir qator xossalarga ega boʻlishi mumkin. Xossa esa ma’lumotlar va ularni boshqarish usullaridan iborat. Obyekt xossalari bu - obyektga berilgan xarakteristika boʻlib, uning koʻrinishi, joylashishi va holatidir. Bundan tashqari obyekt turli hodisalarni ham oʻrnatishi mumkin. Hodisa deb bajarish, boshqarish usuliga aytiladi, masalan, sichqonni bosish, kursorni siljitish va hokazo amallarga aytiladi.
Object Inspector oynasi xossa va hodisalar parametrlarini oʻrnatish uchun moʻljallangan boʻlib, u ikkita sahifadan iborat: Propierities (xossalar:a-rasm) va Events (hodisalar: b-rasm).
b)
Object Inspector oynasi.
a) “Properties” darchasi. b) “Events” darchasi
Propierities sahifasi ajratilgan obyekt yoki komponentaning xossalarini oʻrnatadi. Masalan, Caption (yozuv) yordamida obyekt yozuvini oʻrnatish mumkin, Color (rang) xossasi obyektning rangani oʻrnatadi.
Events (hodisalar) sahifasida Forma ilovasida tanlangan obyekt uchun dastur bajarilishi jarayonida hodisa, ya’ni uni ishga tushirish holati belgilanadi. Har bir holatning standart nomi belgilangan. Masalan, OnClick - sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosish, OnDblClick - sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosish.

VIZUAL KOMPONENTALARDAN FOYDALANISH


Ilovalar interfeysini yaratish uchun Delphi vizual komponentalarining ulkan (keng) to'plamini taqdim qiladi.Ularning asosiylari komponentalar palitrasining Standart, Additional va Win32 varaqlarida joylashgan. Biz ushbu componentalardan foydalanishni turli dasturlash muhitlarida kurishimiz mumkin,


Standart varaqda interfeys komponentalarining aksariyati Windows boshlang'ich versiyalirida ishlatilgan interfeys komponentalaridan iborat:
Frames - Freymlar
MainMenu - Asosiy Menu
PopurMenu - Paydo bo'luvchi menu
Label - Yozuv
Edit - Bir satrli taxrir
Memo - Ko'pqatorli taxrir
Button - Standart tugma
CheckBox - Bog'liqmas (pereklyuchatel)
RadioButton - (pereklyuchatel)
ListBox - Ro'yxat
ComboBox - Ro'yxatli Maydon
ScrollBar - Harakatlantirish yulagi
GroupBox - Guruh
RadioGroup - O'zaro bog'liq (pereklyuchateli) guruhi
Panel - Panel
ActionList - Amallar ro'yhati
Standart Varog'i
R
asmdagi komponentalar , ular sanab utilishiga mos keladi.Birinchi piktogramma komponenta hisoblanmaydi va u varoqda tanlangan komponentadan voz kechish uchun xizmat qiladi.
Additional varog'ida komponentalar quyidagicha joylashgan:

BitBtn - Rasmli tugma


SpeedButton - Tezkor murojaat tugmasi
MaskEdit - Qolip buyicha berilganlar kiritiluvchi bir qatorli taxrir
StringGrid - Satrlar jadvali
DrawGrid - Jadval
Image - Grafik shakl
Shape - Geometrik figura
Bevel - Faska
ScrollBox - Harakatlantirishlar soxasi
CheckListBox - Pereklyuchatellar ro'yhati
Splitter - Ajratuvchi
Statictext - Statik (turg'un) matn
ControlBar - Vositalar (instrumentlar) paneli uchun konteyner
ApplicationEvents - Ilovaning hodisalari
Chart - Diagramma
Additional varog'i
W
in32 varog'ida 32 razryadli Windows interfeysiga ta'luqli komponentalar joylashgan :

TabControl - Zakladka


PageConteol - Bloknot
ImageList - Grafik shakllar ro'yhati
RichEdit - To'liq imkoniyatli matn rejimi
TrackBar - Yugurdak (Begunok)
ProgressBar - Ish bajarish indikatori
UpDown - Xisoblagich
HotKey - Qaynoq tugmalarkombinatsiyalri tahriri
Animate - Videokliplarni tomosha qilish
DateTimePicker - Sanani kiritish satri
MonthCalendar - Kalendar
TreeView - Obektlar daraxti
ListView - Ro'yhat
HeaderControl - Ajratuvchi
StatusBar - Holat satri
ToolBar - Instrumentlar (asboblar) paneli
CoolBar - '' Epchil " instrumentlar paneli
PageScroller - Tasvirda harakatlanish
Win32 varog'i
Vizual komponentalarning umumiy xususiyatlari
B
archa vizual komponentalar uchun TControl sinfi asos hisoblanadi va u elementning o'lchami va joylashuvi, uning sarlohasi ,rangi va shunga uxshash parametrlaridan iborat asosiy funksional atributlarni ta'minlaydi . TControl sinfi vizual komponentalar uchun umumiy bo'lgan xossalar , hodisalar va metodlarni o'z ichiga oladi . Vizual komponentalarni ikkita katta guruhga ajratish mumkin :
1. To'g'ri to'rtburchakli boshqaruv elementlari
2. To'g'ri to'rtburchakli bo'lmagan boshqaruv elementlari
To'g'ri to'rtburchakli boshqaruv elementi o'zida ma'lum bir maqsad uchun aniqlangan maxsus to'g'ri to'rtburchakni ifodalaydi . Bu elementlarga misol
tariqasida boshqaruv tugmalarini , taxrir maydonlari ,xarakatlanish yo'laklarini ko'rsatishimiz mumkin. Ular uchun asos sinf TWinControl hisoblanadi.
To'g'ri to'rtburchak elementlari qiymar kiritish fokuslarini ilishi mumkin . Elementni fokus olganligi ikki xil usulda kursatiladi :
1. Taxrir kursori yordamida
2. To'g'ri to'rtburchak orqali
Matn taxrirlari bo'lgan Edit va Memo elementlari o'z sohasida tahrir kursori (matn kursori) paydo bo'lishi orqali fokus olganligini bildiradi.
Ma'lumotlarni tahrirlash bilan bog'liq bo'lmagan komponentalarda qora punktir chiziqli to'g'ri to'rtburchak paydo bo'lishi uning fokus olganligini anglatadi . Masalan , Button tugmasi fokus olganda sarloha atrofida to'g'ri to'rtburchak paydo bo'ladi , ListBox da esa ro'yxatdagi ayni paytda
tanlangan satrni ajratilgan holda (aksariyat hollarda ko'k fonda) ko'rsatadi.
Bulardan tashqari , to'g'ri to'rtburchak boshqaruv elementlari konteyner sifatida o'z ichida boshqa boshqaruv elementlarini olishi mumkin . Bu holda
boshqaruv elementi o'z ichidagilarga ota hisoblanadi.
To'g'ri to'rtburchak bo'lmagan boshqaruv elementlari TGraphicControl sinfining avlodlari hisoblanadi . Bu guruh elementi qiymat kiritish fokusini
ololmaydi va interfeys elementlari uchun ota bo'la olmaydi . To'g'ri to'rtburchak bo'lmagan boshqaruv komponentalarining afzalligi - ularni nisbatan kam resurs talab qilishida .

Download 0.66 Mb.




Download 0.66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Bosh oyna uchun formalar. Reja: Bosh oyna tushunchasi. Bosh oyna formalari

Download 0.66 Mb.